So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 380
(369-389)
Shunday ekan, u kitobni yozgan, albatta uni bildirajakdir, har toifaning iste`dodiga ko’ra bir qismini anglattirajakdir. Ham umumini eng umum nazarli, eng kulliy idrokli, eng mumtoz iste`dodli bir kishiga dars berajakdir. Unday bir kitobning umumini va kulliy haqiqatlarini dars bermoq uchun g’oyat yuksak bir sayri suluk ettirmoq hikmatan lozimdir. Ya`ni, birinchi sahifasi bo’lmish kasrat tabaqalarining eng oxiridan tortib to so’nggi sahifasi bo’lgan ahadiyat doirasiga qadar bir sayr ettirmoq lozim keladi. Xullas, shu tamsil ila Me`rojning yuksak hikmatlariga bir daraja qaray olasan.
Endi tinglash maqomida bo’lgan mulhidga qarab, qalbiga quloq solamiz, ne holga kelganini ko’ramiz. Xullas, xotirga keladiki, uning qalbi demoqda: "Men ishonishni boshladim. Faqat yaxshi tushunolmayotirman. Uch muhim mushkulim yana bor.
Birinchisi: Shu buyuk Me`roj nima uchun Muhammadi Arabiy Alayhissolatu Vassalamga maxsusdir?
Ikkinchisi: U Zot qanday qilib shu koinotning urug’idir? "Koinot Uning nuridan yaratilgan, ham koinotning eng oxirgi va munavvar mevasidir", deysiz. Bu nima deganidir?
Uchinchisi: Sobiq bayonlaringizda dedingizki, yuksak olamga chiqmoq shu yer olamidagi asarlarning uskunalarini, tazgohlarini va natijalarining xazinalarini ko’rmoq uchun ko’tarilgandir. Bu nima deganidir?
Javob:
Birinchi mushkulingiz: O’ttiz adad So’zlarda batafsil hal qilingandir. Faqat shu yerda Zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) kamolotiga va payg’ambarlik dalillariga va u Me`roji a`zamga eng loyiq u ekaniga qisqacha ishoralar suratida bir muxtasar mundarija ko’rsatamiz. Shundayki:
Avvalo: Tavrot, Injil, Zabur kabi Muqaddas Kitoblardan juda ko’p o’zgartishlarga ma`ruz qolganlari holda, shu zamonda ham Husayn Jisriy kabi bir muhaqqiq nubuvvati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir bir yuz o’n to’rtta ishoriy bashoratlarni chiqarib "Risola-i Hamidiya"da ko’rsatgandir.
Ikkinchidan: Tarixda sobit bo’lishicha, Shiq va Satih kabi mashhur ikki kohinning nubuvvati Ahmadiyadan (S.A.V.) bir oz avval nubuvvatiga va oxirzamon payg’ambari U ekaniga bayonotlari kabi ko’p bashoratlar sahih bir suratda tarixan naql etilgandir.
Uchinchidan: Valodati Ahmadiya (S.A.V.) kechasida Ka`badagi sanamlarning qulab tushishi ila Eron podshohi Kisroning mashhur saroyi bo’lmish Ayvonining ikkiga bo’linib yorilishi kabi irhosot deb atalgan yuzlab g’aroyiblar tarixan mashhurdir.
To’rtinchidan: Bir qo’shinga barmog’idan kelgan suvni ichirishi va masjidda bir katta jamoat huzurida qurigan ustunning minbar boshqa tarafga ko’chirilganligi sababli Zoti Ahmadiyadan (S.A.V.) ayrilgani uchun tuya kabi ingrab yig’lashi, وَانْشَقَّ الْقَمَر xabari ila Shaqqi Qamar kabi muhaqqiqlarning tahqiqotlari ila mingga yetgan mo’`jizalar ila sarfiroz bo’lganini tarix va siyar ko’rsatadi.
Beshinchidan: Do’st va dushmanning ittifoqi ila go’zal axloqning shaxsida eng yuksak darajada, va butun muomalalarining shohidligi ila vazifasida va tablig’otida yuksak vasflar eng oliy bir darajada, va Islom Dinidagi axloq go’zalliklarining guvohligi ila shariatida eng oliy go’zal xislatlarda eng mukammal darajada bo’lganiga insof va diqqat ahli ikkilanmas.
Oltinchidan: O’ninchi So’zning Ikkinchi Ishorasida ko’rsatilgani kabi, uluhiyat hikmat taqozosi bo’lib tazohur istashiga muqobil, eng a`zamiy bir darajada Zoti Ahmadiya (S.A.V.) dinidagi a`zamiy ubudiyati ila eng porloq bir darajada ko’rsatgandir. Ham Xoliqi Olamning nihoyat kamoldagi jamolini bir vosita ila ko’rsatmoq hikmat va haqiqat taqozosi bo’lib istashiga muqobil eng go’zal bir suratda ko’rsatguvchi va ta`rif etguvchi, shaksiz u Zotdir.
Аудио мавжуд эмас