So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 378
(369-389)
UCHINCHI ASOS
Me`rojning hikmati nimadir?
Javob: Me`rojning hikmati shu qadar yuksakdirki, bashar fikri ulasholmaydi. Shu qadar chuqurdirki, unga yetisholmaydi. Shu qadar nozik va latifdirki, aql bir o’zi ko’rolmaydi. Faqat ba`zi ishoralar ila haqiqatlari bilinmasa ham vujudlarini bildirib bo’ladi. Shundayki:
Shu koinotning Xoliqi shu sanoqsiz tabaqalarda vahdat nurini va ahadiyat tajalliyini ko’rsatmoq uchun sanoqsiz tabaqalarining muntahosidan to mabda`i vahdatga bir bog’laydigan ip suratida bir Me`roj ila bir mumtoz shaxsni butun maxluqot hisobiga o’ziga muxotob qabul qilib butun idroklilar nomiga Ilohiy maqsadlarini unga anglatmoq va u orqali bildirmoq va uning nazari ila maxluqot oynasida san`at go’zalligini, rububiyat mukammalligini mushohada etmoq va ettirmoqdir. Ham Sone`i Olamning asarlarining shahodati ila nihoyatsiz jamol va kamoli bordir. Jamol ham kamol, ikkisi ham mahbubi lizotihiydirlar, ya`ni shaxsan seviladilar. Shunday ekan, ul jamol va kamol sohibining jamol va kamoliga benihoyat bir muhabbati bordir. U benihoyat muhabbatni san`atli asarlarida ko’p tarzlarda namoyon bo’lmoqda. San`atli asarlarini sevar, chunki san`atli asarlarining ichida jamolini, kamolini ko’rar. San`atli asarlar ichida eng sevimli va eng oliysi hayot sohiblaridir. Hayot sohiblari ichida eng sevimli va oliysi idrok sohiblaridir. Va idroklilar ichra jome`iyat e`tibori ila eng sevimlisi insonlar ichida bo’lar. Insonlar ichida esa iste`dodi tamomi ila inkishof etgan, butun san`atli asarlarda yoyilgan va ko’ringan kamolotining namunalarini ko’rsatgan shaxs eng sevimlidir... Xullas, Sone`i mavjudot butun mavjudotda yoyilgan muhabbat tajalliyining butun turlarini bir nuqtada, bir oynada ko’rmoq va butun go’zallik navlarini ahadiyat siri ila ko’rsatmoq uchun yaratilish daraxtidan bir munavvar meva darajasida va qalbni u daraxtning asos haqiqatlarini ichiga oladigan bir urug’ hukmida bo’lgan bir zotni ul mabda-i avval bo’lgan urug’dan to muntaho bo’lgan mevaga qadar bir bog’lovchi ip hukmida bo’lgan bir Me`roj ila u shaxsning koinot nomidan mahbubiyatini ko’rsatmoq va huzuriga jalb etmoq va jamolining ru`yatiga musharraf etmoq va undagi muqaddas holatni bashqalarga ham ulashtirmoq uchun kalomi ila iltifot ko’rsatib, farmoni ila vazifador etmoqdir.
Endi shu oliy hikmatga boqmoq uchun ikki tamsil durbini ila diqqat ila kuzatamiz.
Birinchi tamsil: O’n Birinchi So’zning tamsiliy hikoyasida batafsil bayon etilgani kabi, qandayki bir Sultoni Ziyshonning juda ko’p xazinalari va u xazinalarda juda ko’p javohirlar navlari mavjud bo’lsa, ham g’aroyib hunarlarda yuksak mahorati bo’lsa va hisobsiz ajib fanlarga ma`rifati, ihotasi bo’lsa, nihoyatsiz ulumi badiadan ilm va xabari bo’lsa... har jamol va kamol sohibi o’zining jamoli va kamolini ko’rish va ko’rsatishni istashi siricha, albatta u sultoni zifunun ham bir namoyishgoh ochmoq istarki, ichida ko’rgazmalar qo’ysin, toki insonlar nazariga saltanatining hashamatini, ham sarvatining dabdabasini, ham o’z san`atining g’aroyiblarini, ham o’z ma`rifatining hadyalarini izhor etib ko’rsatsin. Toki ma`naviy jamol va kamolini ikki jihat ila mushohada etsin. Bir jihati: Bizzot nazari daqoiq-oshinasi ila ko’rsin. Boshqasi: Boshqalarning nazari ila boqsin. Va shu hikmatga ko’ra albatta ulkan, muhtasham, keng bir saroy qurmoqni boshlar. Shohona bir tarzda doiralarga, manzillarga taqsim qilar. Xazinalarining turli-tuman qiymatli duru-javharlari ila bezantirib, o’z san`at qo’lining eng go’zal, eng latif san`atlari ila ziynatlantirar. Fanlar va hikmatining eng nozik jihatlari ila nizomga solar. Va ilmlarining mo’`jizakorona asarlari ila yasatar, mukammallashtirar. So’ngra ne`matlarining har xillari ila, taomlarining lazizlari ila har toifaga xos dasturxonlarni solar. Bir umumiy ziyofat hozirlar. So’ngra raiyatiga o’z kamolotini ko’rsatmoq uchun ularni sayrga va ziyofatga taklif etar. So’ngra birisini Yovari Akram qilar, quyi tabaqa va manzillardan yuqoriga da`vat etar. Qavatlar osha qavatlarda, ust-ustdagi tabaqalarda kezdirar. U ajib san`atining uskunalarini va tazgohlarini va pastdan kelgan mahsulotning xazinalarini ko’rsata-ko’rsata, to xos doirasiga qadar keltirar.
Аудио мавжуд эмас