So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 376
(369-389)
Ham, malaklar haqida deymizki: Sayyoralar ichida o’rtacha va yulduzlar ichida kichik va xira bo’lgan Yer kurrasida mavjudotlar ichida eng qiymatdor va nuroniy bo’lgan hayot va idrok behisob bir suratda mavjuddirlar. Albatta, zulmatli bir xona hukmida bo’lgan shu arzga nisbatan ziynatli qasrlar, mukammal saroylar hukmida bo’lgan yulduzlar va yulduzlarning dengizlari bo’lgan osmonlar idrok va hayot sohiblari va juda ko’p va jinslari muxtalif bo’lgan malaklar va ruhoniylarning maskanlaridir. Juda qat`iy bir suratda "Ishorat-ul I`joz" nomidagi tafsirimda
ثُمَّ اسْتَوٰىۤ اِلَى السَّمَاۤءِ فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ oyatida samovotning ham vujudi, ham ko’pligi isbot etilganidan va maloikalar haqida Yigirma To’qqizinchi So’zda ikki karra ikki to’rt bilish darajasida maloikalarning vujudini isbot qilganimizdan, ular ila kifoyalanib bu yerda tugatamiz.
Al-hosil: Efir moddasidan qilingan elektr, ziyo, harorat, joziba kabi oquvchi latif moddalarning madori bo’lgan va hadisda اَلسَّمَاۤءُ مَوْجٌ مَكْفُوفٌ ishorasi ila sayyoralar va yulduzlarning harakatlariga moslashgan va Samon Yo’li deb atalgan “Mojarot-us Samo”dan to eng yaqin sayyoraga qadar turli vaziyat va shakllanishda yetti tabaqa, har bir tabaqa arz olamidan to barzoh olamiga, misol olamiga, to oxirat olamiga qadar bittadan olamning tomi hukmida bittadan osmonning mavjudligi hikmatan, aqlan lozimdir.
Ham, xotirga keladiki: Ey mulhid! Sen deysan: "Ming qiyinchiliklar ila tayyora vositasi ila zo’rg’a bir-ikki kilometr yuqoriga chiqish mumkin. Qanday qilib bir inson jismi ila minglab yillik masofani bir necha daqiqa ichida bosib o’tar, ketar, kelar?"
Biz ham deymiz: Yerday og’ir bir jism, faningiz dalolatga ko’ra yillik harakati davomida bir daqiqa ichida taqriban yuz sakson sakkiz soatlik masofani bosadi. Bir yilda taqriban yigirma besh ming yillik masofani bosib o’tadi. Ajabo, shu muntazam harakatni unga qildirgan va bir sopqon toshi kabi aylantirgan bir Qodiyri Zuljalol bir insonni arshga keltira olmasmi? Quyoshning tortish kuchi deb atalgan Rabboniy bir qonun ila Mavlaviy kabi atrofida juda og’ir bo’lgan Yer jismini kezdirgan bir hikmat rahmati Rahmon jozibasi ila va Shamsi Azal muhabbatining injizobi ila bir inson jismini yashin kabi Rahmon arshiga chiqara olmasmi?
Yana xotirga keladiki, demoqdasan: “Xo’p mayli, chiqishi mumkin. Lekin nima uchun chiqqan? Nima keragi bor? Avliyolar kabi ruhi va qalbi ila ketsa etmas-mi?”
Biz ham deymizki: Modomiki Sone`i Zuljalol mulk va malakutidagi ajib oyatlarini ko’rsatmoq va shu olamning tazgoh va manbalarini tomosha ettirmoq va insoniyat amallarining oxiratga taalluqli natijalarini ko’z o’ngiga keltirmoqni xohlagan ekan, albatta shu ko’rilayotgan olamning kaliti hukmida bo’lgan ko’zini va eshitilayotganlar olamidagi oyatlarni tomosha etgan qulog’ini Arshga qadar barobar olishi lozim kelgani kabi ruhining hadsiz vazifalarga mador bo’lgan asbob va jihozlarining uskunasi hukmida bo’lgan muborak jismini ham to Arshga qadar barobar chiqarmog’i aql va hikmat taqozosidir. Qandayki Jannatda Ilohiy hikmat jismni ruhga oshno qiladi. Chunki juda ko’p ubudiyat vazifalariga va hadsiz lazzatlar va alamlarga mador bo’lgan jasaddir. Albatta, u muborak jasad ruhga o’rtoq bo’lajakdir. Modomiki Jannatga jism ruh bilan birga ketar, albatta Jannat-ul Ma`voning jussasi bo’lgan Sidrat-ul Muntahoga ko’tarilgan Zoti Ahmadiya (S.A.V.) ila muborak jasadini hamroh ettirmog’i ayni hikmatdir.
Yana xotirga keladiki, deysan: "Bir necha daqiqada minglab yillik masofani kesib o’tmoq aqlan maholdir?"
Аудио мавжуд эмас