So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 374
(369-389)
Endi tinglash maqomida bo’lgan mulhidga qaraymiz. Xotiraga keladiki, u mulhid qalbdan der: "Men Allohni tanimayman, Payg’ambarni bilmayman, qanday qilib Me`rojga ishonayin?"
Biz ham deymizki: Modomiki shu koinot va mavjudot bor va ichida ishlar va ijod bor. Ham, modomiki muntazam bir fe`l foilsiz bo’lmas. Ma`nodor bir kitob kotibsiz bo’lmas. San`atli bir naqsh naqqoshsiz bo’lmas. Albatta, shu koinotni to’ldirgan hakimona ishlarning bir foili va yer yuzining faslma-fasl yangilab turguvchi hayratli naqshlarining, ma`nodor maktublarining bir kotibi, bir naqqoshi bordir. Ham, modomiki bir ishda ikki hokimning bo’lishi u ishning intizomini buzadi. Ham modomiki, chivin qanotidan to samovot qandiliga qadar mukammal bir intizom bor. Unday bo’lsa, u hokim birdir. (Bir bo’lmasa) chunki har narsada san`at va hikmat shu daraja ajibdirki, u narsaning san`atkori har narsaga muqtadir bo’ladi, har bir ishni biladigan bir darajada qodiyri mutlaq bo’lishi lozim. Shunday ekan, bir bo’lmasa, mavjudot adadicha ilohlarning bo’lishi lozim keladi. U ilohlar ham bir-birlariga zid, ham bir-birlariga o’xshash bo’ladilar va u holda shu ajib intizomning buzilmasligi yuz ming karra maholdir. Ham, modomiki shu mavjudot tabaqalari bir armiyadan ming karra yanada muntazam bir amr ila harakat qilgani yaqqol ko’rinmoqda. Yulduzlarning, quyosh va oyning muntazam harakatlaridan tortib to bodom gullarigacha har bir toifa shu qadar muntazam, shu qadar mukammal bir suratda Qodiyri Azaliyning u toifaga bergan nishonlarni, shakllarni, go’zal liboslarni va tayin etgan harakatlarni lashkardan ming karra yanada muntazam bir tarzda ko’rsatmoqda. Unday bo’lsa shu koinotning mavjudoti, (uning amriga qarar va tobe bo’lar) g’ayb pardasi orqasida bir Hokimi Mutlaqi bordir. Ham, modomiki u Hokim butun qilgan hakimona ijroot shahodati ila, ham namoyon etgan hashamat asarlari ila bir Sultoni Zuljaloldir. Ham, ko’rsatgan ehsonlari ila g’oyat Rahiym bir Rabbdir. Ham, namoyon etgan go’zal san`atlari ila san`atparvar va san`atini juda ham sevadigan bir Sone`dir. Ham, ko’rsatgan bezashlar va aqllarni lol qoldiruvchi san`atlari ila idroklilarning tahsin nazarini asarlariga jalb etmoq istagan bir Xoliqi Hakiymdir. Ham olamning yaratilishida ko’rasatgan aqllarni hayratda qoldirgan bezashlarning ma`nosini va maxluqot qayerdan kelib qayerga ketajagini rububiyatining hikmati ila idroklilarga bildirmoq istagani anglashilmoqda. Albatta, bu Hokimi Hakiym va Sone`i Aliym rububiyatini ko’rsatmoq istar. Ham, modomiki bu qadar ko’rsatayotgan lutf va marhamat asarlari va san`at g’aroyiblari ila idroklilarga o’zini tanittirmoq va sevdirmoq istar. Albatta, idroklilardan orzularini va ulardaki marziyoti nima bo’lganini bir muballig’ vositasi ila bildirajakdir. Shunday ekan, idroklilardan birisini tayin etib, u orqali u rububiyatini e`lon etajakdir. Va sevgan san`atlarini namoyish etish uchun bir e`lonchini huzurining yaqiniga musharraf qilib ko’rsatishga vosita etajakdir. Va u oliy maqsadlarini boshqa idroklilarga bildirmoq ila kamolotini ko’rsatish uchun bir kishini muallim qilib tayin etajakdir. Va shu koinotda joylashtirgan tilsim va shu mavjudotda yashirgan muammo-i rububiyat ma`nosiz qolmasligi uchun, har holda bir rahbar tayin etajakdir. Va ko’rsatgan va nazarlarning tomoshasiga nashr etgan san`at go’zalliklari foydasiz va bo’sh qolmasligi uchun ulardagi maqsadlarni dars beradigan bir rahbar tayin qilib qo’yajakdir. Ham, marziyotini idroklilarga yetkazish uchun birisini butun idroklilardan ustun bir maqomga chiqarajak va marziyotini unga bildirajak, ularga yuborajakdir. Modomiki haqiqat va hikmat shuni lozim topmoqda va shu vazifaga eng loyiq Hazrati Muhammad Alayhissolatu Vassalamdir. Chunki yolg’iz o’zi eng mukammal bir suratda u vazifalarni qilgandir. U tashkil etgan Islom olami va ko’rsatgan Islomiyat nuri bir odil va sodiq shohiddir. Shunday bo’lgach, u zot to’g’ridan-to’g’ri butun koinot ustiga chiqib, butun mavjudotdan o’tib bir maqomga kirmoq lozimdirki, butun mahluqotning Xoliqi ila umumiy, yuksak, kulliy bir suhbat etsin. Xullas, Me`roj ham bu haqiqatni ifoda etadi.
Al-hosil: Modomiki shu buyuk koinotni mazkur maqsadlar kabi juda buyuk maqsadlar va juda buyuk g’oyalar uchun shu suratda tashkil, tartib va bezagan ekan, ham modomiki shu mavjudot ichida shu umumiy rububiyatni butun nozikliklari ila, shu azim uluhiyat saltanatini butun haqiqatlari ila ko’radigan inson navi bor ekan, albatta, u Hokimi Mutlaq u inson ila so’zlashajakdir, maqsadlarini bildirajakdir.
Аудио мавжуд эмас