So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 372
(369-389)
IKKINCHI ASOS
Me`rojning haqiqati nimadir?
Javob: Zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) kamolot martabalarida sayri sulukidan iboratdir. Ya`ni, Janobi Haqning tartibi maxluqotda tajalliy ettirgan boshqa-boshqa ism va unvonlar ila rububiyat saltanatida tashkil etgan tadbir va ijod doiralarida hamda u doiralarda bittadan rububiyat arshi va bittadan tasarruf markaziga mador bo’lgan bir osmon tabaqasida namoyon etgan rububiyat asarlarini bir-bir u xos abdiga ko’rsatmoq ila u abdni ham butun kamoloti insoniyani o’zida jamlagan, ham butun Ilohiy tajalliylarga mazhar, ham butun koinot tabaqalariga nozir va rububiyat saltanatining e`lonchisi va Alloh marziyotining muballig’i va koinot tilsimining kashshofi qilmoq uchun Buroqqa mindirib, yashin kabi samovotni sayr qildirib, martabalarni oshtirib, oy kabi manzildan manzilga, doiradan doiraga Alloh rububiyatini tomosha ettirib, u doiralarning samolarida maqomlari bo’lgan va do’stlari bo’lgan anbiyolarni birma-bir ko’rsatib, to Qobi Qavsayn maqomiga chiqargan, ahadiyat ila kalomiga va ru`yatiga musharraf qilgandir. Shu yuksak haqiqatga “ikki tamsil” durbini ila boqsa bo’ladi.
Birinchisi: Yigirma To’rtinchi So’zda izoh etilganidek, qandayki bir podshohning o’z hukumati doiralarida boshqa-boshqa unvonlari va raiyatining tabaqalarida boshqa-boshqa nom va vasflari va saltanatining martabalarida turli-tuman ism va nishonlari bordir. Misol uchun: Adliya doirasida hokimi odil va mulkiyada sulton va askariyada qo’mondoni a`zam va ilmiyada xalifa va hokazo... boshqa ism va unvonlari bordir. Har bir doirada bittadan ma`naviy taxti hukmida bo’lgan maqomi va kursisi bo’lar. U birgina podshoh saltanat doiralarida va hukumat tabaqalari martabalarida ming xil ism va unvon sohibi bo’la olar. Bir-birining ichida minglab saltanat taxti bo’la olar. Go’yo u hokim har bir doirada ma`naviy shaxsiyat e`tibori ila va telefoni ila mavjud va hozir bo’lar, bilar. Va har tabaqada qonuni ila, nizomi ila, mumassili ila ko’rinar, ko’rar. Va har martabada parda orqasida hukmi ila, ilmi ila, quvvati ila idora qilar, kuzatar. Va har bir doiraning boshqa bir markazi, bir manzili bordir. Ahkomlari bir-biridan boshqadir. Tabaqalari bir-biridan boshqadir. Xullas, shunday bir sulton o’zi istagan bir zotni butun u doiralarida kezdirib, har doiraga maxsus shoxona saltanatini va hokimona amrlarini ko’rsatib, doiradan doiraga, tabaqadan tabaqaga kezdirib, huzurigacha keltirar. So’ngra butun u doiralarga taalluqli ba`zi umumiy kulliy amrlarni unga omonat qilib berar, yuborar.
Xuddi bu misol kabi, Azal va Abad Sultoni bo’lgan Rabbul Olamiyn uchun rububiyatining martabalarida boshqa-boshqa, faqat bir-biriga boqar sha`n va nomlari bordir. Va uluhiyatining doiralarida boshqa-boshqa, faqat bir-biri ichida ko’rinadigan ism va alomatlari bordir. Va hashamatli ijrootida boshqa-boshqa, ammo bir-biriga o’xshash tajalliy va jilvalari bordir. Va qudratining tasarrufotida boshqa-boshqa, faqat bir-birini his ettirgan unvonlari bordir. Va sifatlarining tajalliylarida boshqa-boshqa, faqat bir-birini ko’rsatadigan muqaddas zuhurlari bordir. Va ishlarining jilvalarida turli-tuman, faqat bir-birini mukammallashtiradigan tasarrufoti bordir. Va rango-rang san`antida va san`atli asarlarida turli-tuman, ammo bir-birini tomosha etadigan hashamatli rububiyati bordir.
Xullas, shu buyuk sirga binoan koinotni hayratkorona ajib bir tartib ila tartiblagan. Eng kichik maxluqot tabaqalaridan bo’lgan zarralardan to samovotga va samovotning birinchi tabaqasidan to arshi a`zamga qadar bir-biri ustida tashkilot bor. Har bir samo bir boshqa olamning tomi va rubibiyat uchun bir arsh va Allohning tasarrufoti uchun bir markaz hukmidadir. U doiralarda va u tabaqalarda garchi ahadiyat e`tibori ila jami ismlar topilishi mumkin. Butun unvonlar ila tajalliy etar. Faqat qandayki adliyada hokimi odil unvoni asosiydir, hokimdir, boshqa unvonlari u yerda uning amriga boqar, unga tobedir. Xuddi shuningdek, har bir maxluqot tabaqalarida, har bir samoda bir ism, bir Ilohiy unvon hokimdir. Boshqa unvonlar ham uning zimnidadir. Masalan, Qodiyr Ismiga mazhar Hazrati Iso Alayhissalom qaysi samoda Payg’ambar Alayhissolatu Vassalam ila uchrashgan bo’lsa, demak o’sha samo doirasida Janobi Haq Qodiyr unvoni ila bizzot u yerda tajalliy etadi.
Аудио мавжуд эмас