So’zlar | birinchi so’z | 8
(1-10)
Toki ko’plikni xotirga keltirmasin. Qalbga to’g’ridan-to’g’ri Zoti Aqdasga bog’laydigan yo’l ochsin. Ham Ahadiyat muhriga nazarlarni burish va qalblarni jalb etish uchun u Ahadiyat muhri ustida g’oyat jozibador bir naqsh va g’oyat porloq bir nur va g’oyat shirin bir halovat va g’oyat sevimli bir jamol va g’oyat quvvatli bir haqiqat bo’lgan Rahmat muhrini va Rahimiyat muhrini bosgandir. Ha, u Rahmatning quvvatidirki, ongli maxluqotning nazarlarini jalb etar va Ahadiyat muhriga bog’lar. Va Zoti Ahadiyani mulohaza ettirar va bu orqali اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dagi haqiqiy xitobga mazhar etar. Xullas, "Bismillahirrohmanirrohiym" Fotiha surasining mundarijasi va Qur`onning qisqa bir xulosasi jihati bilan bu mazkur azim sirning unvoni va tarjimoni bo’lgan. Bu unvonni qo’liga olgan odam Rahmatning tabaqalarida keza olar. Va bu tarjimonni gapirtira olgan Rahmat sirlarini o’rganar va Rahimiyat nurlarini va shafqatni ko’rar.
BESHINCHI SIR: Bir hadisi sharifda aytilganki: اِنَّ اللّهَ خَلَقَ اْلاِنْسَانَ عَلَى صُورَةِ الرَّحْمنِ av kama qol. Bu hadisni ayrim tariqatchilar iymon asoslariga munosib tushmaydigan ajib bir tarzda tafsir etganlar. Hatto ulardan ishq ahli bo’lgan ba`zilari insonning ma`naviy siymosini Rahmonning bir surati deb qaraganlar. Tariqatchilarning aksarisida Allohning sevgisi ila sarxushlik; ishq ahlining ko’pida o’zini unutish va bir narsani boshqa narsa deb qabul qilish hollari bo’lganidan, haqiqatga zid tasavvurlarida balki ma`zurdirlar. Ammo aqli joyida bo’lganlar fikran ularning iymon asoslariga zid bo’lgan ma`nolarini qabul etolmas. Qabul etsa xato qilar. Ha, butun koinotni bir saroy, bir uy kabi muntazam idora etayotgan va yulduzlarni zarralar kabi hikmatli va oson aylantirib kezdirayotgan va zarralarni muntazam ma`murlar kabi xizmat qildirib qo’ygan Zoti Aqdasi Ilohiyning sherigi, noziri, ziddi, o’xshashi bo’lmagani kabi, لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَىْءٌ وَهُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ ning siriga ko’ra surati, misli, misoli, shabihi ham bo’lolmas. Ammo وَلَهُ الْمَثَلُ اْلاَعْلَى فِى السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ning siri ila, masal va o’rnak ila ishlari va sifat va ismlariga qaralar. Demak, masal va o’rnak ishlar nuqtai nazarida bordir. Mazkur hadisi sharifning ko’p g’oyalaridan biri shuki: inson Janobi Haqning Rahmon ismini tamomi ila ko’rsatadigan bir suratdadir. Ha, sobiqan bayon etganimizdek, koinot siymosida ming bir ismning shualaridan paydo bo’lguvchi Ismi Rahmon ko’ringani va zamin yuzining siymosida mutlaq Ilohiy Rububiyatning hadsiz jilvalari ila namoyon bo’lgan Rahmon Ismi ko’rsatilgani kabi, insonning sermazmun suratida ham kichik bir miqyosda zaminning siymosi va koinotning siymosi kabi yana u Rahmon Ismining to’liq jilvasini ko’rsatadi demakdir. Ham ishoradirki: Zoti Rahmonir Rahiymning dalillari va oynalari bo’lgan jonzotlar va inson kabi mazharlar u Zoti Vojib-ul Vujudga dalolatlari shu qadar qat`iy va yaqqol va ravshandirki, Quyoshning timsolini va aksini tutgan porloq bir oyna porloqligiga va dalolatining shubhasizligiga ishoratan "U oyna Quyoshdir" deyilgan vaqt, "Insonda Rahmon surati bor" deyuvchilar ham dalolatining shubhasizligiga va mukammal munosabatiga ishoratan aytilgan va aytilar. Va vahdat-ul vujud ahlining mo’`tadil qismi "La mavjuda illa hu"ni shu ma`noga ko’ra bu dalolatning shubhasizligiga va bu munosabatning kamoliga bir unvon sifatida deganlar.
Аудио мавжуд эмас