So’zlar | birinchi so’z | 9
(1-10)
اَللّهُمَّ يَا رَحْمنُ يَا رَحِيمُ بِحَقِّ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اِرْحَمْنَا كَمَا يَلِيقُ بِرَحِيمِيَّتِكَ وَ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

كَمَا يَلِيقُ بِرَحْمَانِيَّتِكَ آمِينَ

OLTINCHI SIR: Ey hadsiz ojizlik va nihoyatsiz faqirlik ichida qimirlab yurgan bechora inson! Rahmat naqadar qiymatdor bir vasila va naqadar maqbul bir shafoatchi ekanini bundan angla: u Rahmat shunday bir Sultoni Zuljalolga vasiladirki, yulduzlar bilan zarralar barobar bo’lib mukammal intizom va itoat ila uning qo’shinida xizmat etayotirlar. Va u Zoti Zuljalolning va Sultoni Azal va Abadning zotiy ehtiyojsizligi bor. Va mutlaq ehtiyojizlik ichidadir.
Hech bir jihat ila koinotga va mavjudotga ehtiyoji bo’lmagan bir G’aniyi Alalitloqdir. Va butun koinot uning amri va idorasi ostida, haybat va azamati ostida nihoyat itoatda, jaloliga nisbatan zillatdadir. Xullas, ey inson, Rahmat seni Mustag’niyi Alalitloqning va Sultoni Sarmadiyning huzuriga chiqarar va unga do’st qilar. Va unga suhbatdosh etar. Va sevgili bir abd vaziyatini berar. Faqat, masalan sen Quyoshga yetisha olmaganing, undan uzoq bo’lganing hech bir jihat ila unga yaqinlasha olmaganing, balki Quyoshning ziyosi uning aksini, jilvasini sening oynang vositasi ila sening qo’lingga bergani kabi, u Zoti Aqdasga va u Shamsi Azal va Abadga biz garchi nihoyatsiz uzoqmiz, yaqinlasha olmaymiz, ammo uning Rahmat ziyosi uni bizga yaqin qilayotir.
Xullas, ey inson! Bu Rahmatni topgan odam abadiy tuganmas bir Nur xazinasini topar. U xazinani topishning chorasi -Rahmatning eng porloq bir misoli va timsoli va u Rahmatning eng notiq bir lisoni va dalloli bo’lgan va Qur`onda "Rahmatan lil-olamin" unvoni ila ismlangan Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalamning sunnatidir va unga ergashishdir. Va Rahmatan lil-olamin bo’lgan bu mujassam rahmatga bog’laydigan amal esa salovotdir. Ha, salovotning ma`nosi Rahmatdir. Va u hayot sohibi mujassam Rahmatga rahmat duosi bo’lgan salovot esa u Rahmatan lil-olaminga erishishga vasiladir. Shunday ekan, sen salovotni o’zing uchun u Rahmatan lil-olaminga vasila et va u Zotni ham Rahmati Rahmonga vasila qabul et.
Umum ummatning Rahmatan lil-olamini bo’lgan Alayhissolatu Vassalam haqida hadsiz bir kasrat ila Rahmat ma`nosi ila salovot keltirishlari Rahmat naqadar qiymatdor Ilohiy bir hadya va naqadar keng bir doirasi ekanini porloq bir suratda isbot etar.
Аудио мавжуд эмас