So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 392
(390-427)
So’ngra u da`vogar unga ham ma`yus bo’ldi. Bir insonning badaniga uchraydi. Yana ko’r tabiat va bebosh falsafa lisoni ila Tabiiyunning deganlari kabi derki: "Sen menikisan? Seni qilgan menman. Yoki senda hissam bor". Javoban u inson badani haqiqat va hikmat tili ila va intizomining hol lisoni ila derki: "Agar butun o’xshashlarim va yuzimizdagi qudrat muhri va fitrat imzosi bir bo’lgan butun insonlarning badanlariga haqiqiy mutasarrif bo’ladigan bir qudrat va ilm senda bo’lsa, ham suvdan va havodan tut, to nabotot va hayvonotga qadar mening ozuqalarimning mahzanlariga sohib bo’ladigan bir sarvating va bir hokimiyating bo’lsa, ham men g’ilof bo’lgan g’oyat keng va yuksak bo’lgan ruh, qalb, aql kabi ma`naviy tuyg’ularni men kabi tor, sufliy bir qobiqda yerlashtirib, mukammal hikmat ila ishlattirib ibodat ettiradigan senda nihoyatsiz bir qudrat, hadsiz bir hikmat bo’lsa, ko’rsat, so’ngra "Men seni qildim" deb ayt. Bo’lmasa jim bo’l! Ham mendagi mukammal intizomning shahodati ila va yuzimdagi vahdat muhrining dalolati ila, mening Sone`im hamma narsaga Qodiyr, hamma narsaga Aliym, hamma narsani ko’radigan va hamma narsani eshitadigan bir zotdir. Sen kabi sarsam, ojizning barmog’i uning san`atiga qo’shilolmas. Zarra miqdor aralasha olmas".
U sheriklarning vakili badanda ham aralasha oladigan yer topolmas, ketar, inson naviga uchrar. Qalbidan derki: "Balki bu tarqoq, tartibsiz bo’lgan jamoat ichida, shayton ularning ixtiyoriy va ijtimoiy ishlariga qo’shilgani kabi, balki men ham vujud va fitrat ahvollariga qo’shila olaman va aralasha oladigan bir yer topaman. Va unda bir yer topib meni quvgan badanga va badan hujayrasiga hukmimni ijro etaman". Shuning uchun basharning naviga yana garang tabiat va sarsam falsafa lisoni ila derki: "Siz juda aralash bir narsa ko’rinayotirsizlar. Men sizga Rab va sohibman va yoxud hissadorman",- der. U vaqt inson navi haq va haqiqat lisoni ila, hikmat va intizom tili ila derki: "Agar butun Yer kurrasiga kiydirilgan va navimiz kabi butun hayvonot va nabototning yuzlab ming navlaridan, rang-barang kashta va iplardan mukammal hikmat ila to’qilgan va tikilgan ko’ylakni va yer yuziga yoyilgan va yuz minglab jonzot navlaridan to’qilgan va g’oyat naqshli bir suratda ijod etilgan gilamlarni qiladigan va har vaqt mukammal hikmat ila yaratib yangilaydigan bir qudrat va hikmat senda bo’lsa, ham agar biz meva bo’lganimiz Yer kurrasiga va urug’ bo’lganimiz koinotga tasarruf etadigan va hayotimizga lozim moddalarni hikmat mezoni ila olamning har tarafidan bizga yuboradigan bir muhit qudrat va shomil bir hikmat senda bo’lsa, va yuzimizdagi qudrat muhri bir bo’lgan butun ketgan va keladigan o’xshashlarimizni ijod etadigan bir iqtidor senda bo’lsa, balki menga rububiyat da`vo etishing mumkin. Bo’lmasa, qani jim bo’l! Mening navimdagi aralash-quralashlikka qarab aralasha olaman dema. Chunki intizom mukammaldir. U aralash-quralash deb o’ylagan vaziyatlaring qudratning qadar kitobiga ko’ra mukammal intizom ila bir nusxa ko’paytirishdir. Chunki bizdan ko’p past bo’lgan va bizning nazoratimiz ostida bo’lgan hayvonot va nabototning mukammal intizomlari ko’rsatadiki, bizdagi aralash-quralashliklar bir navi kitobatdir.
Hech mumkinmidirki: Bir gilamning har tarafiga yoyilgan bir kashta ipini san`atkorona yerlashtirgan gilamning ustasidan boshqasi bo’lsin. Ham bir mevaning yaratuvchisi daraxtining yaratuvchisidan boshqasi bo’lsin. Ham urug’ni ijod etgan urug’li jismning Sone`idan boshqasi bo’lsin. Ham ko’zing ko’rdir. Yuzimizdagi qudrat mo’`jizalarini, mohiyatimizdagi fitrat g’aroyibotlarini ko’rmayotirsan. Agar ko’rsang, tushunasanki: Mening Sone`im shunday bir zotdirki, hech bir narsa undan yashirinolmas, hech bir narsa unga nozlanib og’ir kelolmas. Yulduzlar zarralar qadar unga oson kelar. Bir bahorni bir gul qadar osonlik ila ijod etar. Katta koinotning mundarijasini mukammal intizom ila mening mohiyatimda joylashtirgan bir zotdir. Bunday bir zotning san`atiga sen kabi jonsiz, ojiz va ko’r, garang barmoq qorishtira olarmi? Unday bo’lsa, jim bo’l! Daf bo’lib ket!" deb uni quvar.

-------------------------------------
(Izoh1) Faqat shu holicha ham hayotdordir, ham intizomli bir tebranishdadir. Har vaqt naqshlari mukammal hikmat va intizom ila o’zgarar. Toki to’quvchisining muxtalif ismlarining jilvasini boshqa-boshqa ko’rsatsin.
Аудио мавжуд эмас