So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 394
(390-427)
So’ngra u da`vogar yerda yer topolmagani uchun ketar Quyoshga. Kalbidan derki: "Bu juda katta bir narsadir, balki ichida bir g’ovak topib, bir yo’l ochaman. Yerni ham musahhar etaman". Quyoshga shirk nomiga va shaytonlashmish falsafa lisoni ila Majusiylarning aytganlari kabi derki: "Sen bir sultonsan, o’z-o’zingga sohibsan, istaganingday tasarruf etasan". Quyosh bo’lsa Haq nomiga va haqiqat lisoni ila va Ilohiy hikmat tili ila unga der: "Aslo, yuz ming marta yo’q va aslo!.. Men musahhar bir ma`murman. Sayyidimning musofirxonasida bir mumdorman. Bir pashshaga, balki bir pashshaning qanotiga ham haqiqiy sohib bo’lolmayman. Chunki pashshaning vujudida shunday ma`naviy javharlar va ko’z, quloq kabi antiqa san`atlar borki, mening do’konimda yo’q. Iqtidor doiramning xorijidadir." der, da`vogarni malomat etar.
So’ngra u da`vogar qayrilar, fir`avnlashmish falsafa lisoni ila derki: "Modomiki o’zingga ega va sohib emassan, bir xizmatkorsan. Sabablar nomiga menikisan",- der. U vaqt Quyosh haq va haqiqat nomiga va ubudiyat lisoni ila derki: "Men shunday birisiniki bo’lishim mumkinki, butun o’xshashlarim bo’lgan yuksak yulduzlarni ijod etgan va samovotida mukammal hikmat ila yerlashtirgan va mukammal hashamat ila aylantirgan va mukammal ziynat ila bezagan bir zot bo’lishi mumkin".
So’ngra u da`vogar qalbidan derki: "Yulduzlar juda gavjumdirlar. Ham tarqalgan, tartibsiz ko’rinmoqdalar. Balki ularning ichida vakillarim nomiga biron narsa qozonaman",- der. Ularning ichiga kirar. Ularga sabablar nomiga, sheriklari hisobiga va tug’yon etgan falsafa lisoni ila, nujumparast bo’lgan sobiiyunlarning deganlari kabi derki: "Sizlar juda ham tarqoq bo’lganingizdan, boshqa-boshqa hokimlarning taxti hukmida turibsizlar". U vaqt yulduzlar nomiga bir yulduz derki: "Naqadar sarsam, aqlsiz va ahmoq va ko’zsizsanki, bizning yuzimizdagi vahdat muhrini va ahadiyat imzosini ko’rmayotirsan, tushunmayotirsan. Va bizning oliy nizomlarimizni va ubudiyat qonunlarimizni bilmaysan. Bizni intizomsiz deb o’ylayotirsan. Bizlar shunday bir zotning san`atimiz va xizmatkorlarimizki, bizning dengizimiz bo’lgan samovotni va shajaramiz bo’lgan koinotni va sayrongohimiz bo’lgan nihoyatsiz olam fazosini tasarrufi ostida tutgan bir Vohidi Ahaddir. Bizlar elektr chiroqlar floti kabi uning mukammal rububiyatini ko’rsatgan nuroniy shohidlarmiz va rububiyat saltanatini e`lon etgan ishiqli burhonlarmiz. Har bir toifamiz uning saltanati doirasida ulviy, sufliy, dunyoviy, barzohiy, uxroviy manzillarda saltanati hashamatini ko’rsatgan va ziyo bergan nuroniy xizmatkorlarmiz.
Ha, har birimiz Vohidi Ahad qudratining bittadan mo’`jizasi va yaratilish daraxtining bittadan muntazam mevasi va vahdoniyatning bittadan munavvar burhoni va malaklarning bittadan manzili, bittadan tayyorasi, bittadan masjidi va ulviy olamlarning bittadan chirog’i, bittadan quyoshi va rububiyat saltanatining bittadan shohidi va olam fazosining bittadan ziynati, bittadan qasri, bittadan guli va samo dengizining bittadan nuroniy balig’i va ko’k yuzining bittadan go’zal ko’zi(Izoh1) bo’lganimiz kabi, hay`ati majmuamizda sukunat ichida bir sukut va hikmat ichida bir harakat va hashamat ichida bir ziynat va intizom ichida bir xilqat go’zalligi va mavzuniyat ichida bir mukammal san`at bo’lganidan Sone`i Zuljalolimizni nihoyatsiz tillar ila vahdatini, ahadiyatini, samadiyatini va jamol va jalol va kamol sifatlarini butun koinotga e`lon etganimiz holda, biz kabi nihoyat darajada sof, toza, mute, musahhar xizmatkorlarni qormaqorishiqlik va intizomsizlik va vazifasizlik, hatto sohibsizlik ila ittihom etganingdan ta`zirga haqdorsan",- der. U da`vogarning yuziga shaytonni quvish kabi bir yulduz shunday bir ta`zir urarki, yulduzlardan to jahannamning tubiga uni otar. Va barobarida bo’lgan tabiatni(Izoh2) vahima daralariga va tasaddufni yo’qlik chuquriga va sheriklarni imkonsizlik va maholiyat zulmatiga va dinga qarshi falsafani asfali sofiliynning tubiga otar.
------------------------------------------------------------
(Izoh1) Janobi Xaqning san`atli asar ajoyibotlariga boqib, tomosha etib va ettirgan ishoralarmiz. Ya`ni: Samovot hadsiz ko’zlar ila zamindagi Allohning g’aroyib san`atlarini tomosha etar kabi ko’rinar. Samoning malaklari kabi yulduzlar ham mahshari ajoyib va g’aroyib bo’lgan yerga boqadilar va idroklilarni diqqat ila boqtiradilar demakdir.
(Izoh2) Faqat tushishdan so’ngra tabiat tavba qildi. Xaqiqiy vazifasi ta`sir va fe`l bo’lmaganini, balki qabul va infiol bo’lganini tushundi. Va o’zi Alloh qadarining bir navi daftari -faqat o’zgarish va almashinishga qobiliyatli bir daftari va Rabboniy qudratning bir navi dasturi va Qodiyri Zuljalolning bir navi fitriy shariati va bir navi qonunlari majmuasi bo’lganini bildi. Mukammal ojizlik va itoat ila ubudiyat vazifasini oldi. Va Ilohiy fitrat va Rabboniy san`at ismini oldi.
Аудио мавжуд эмас