So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 397
(390-427)
Ha, muxtalif va kichik jismlarni va yoxud hayvonlarni aylantirgan va bir vazifa uchun aylantirgan va bir maxsus mezon ila har birini muayyan bir yo’lda yo’naltirgan bir zotning iqtidor va hikmat darajasini va harakat etgan jismlarning unga itoat va musahhariyat darajalarini ko’rsatganlari kabi, katta samovot u dahshatli azamati ila, hadsiz yulduzlari ila va u yulduzlar ham dahshatli kattaliklari ila va g’oyat shiddatli harakatlari ila barobar zarra miqdor va bir soniyacha qadar hududlaridan tajovuz etmasliklari, daqiqaning bir ashirasi qadar vazifalaridan orqa qolmasliklari Sone`i Zuljalollarining naqadar nozik bir maxsus mezon ila rububiyatini ijro etganini diqqat nazariga ko’rsatadilar. Hamda shu oyat kabi Amma Surasida va boshqa oyatlarda bayon etilgan Shams va Qamar va yulduzlar tashiri ila ishora etgani kabi:
تَشَعْشُعُ سِرَاجِهَا، تَهَلْهُلُ مِصْبَاحِهَا، تَلَئْلُؤُ نُجُومِهَا، تُعْلِنُ ِلاَهْلِ النُّهٰى، سَلْطَنَةً بِلاَ اِنْتِهَاۤءٍ
Ya`ni: Samoning ziynatli shipiga Quyosh kabi ishiq beradigan, isituvchi bir chiroqni toqmoq, kecha-kunduz xatlari ila, qish-yoz sahifalarida Samadoniy maktublarni yozishiga bir nurli siyoh hukmiga keltirmoq va yuksak minora va havozalardan katta soatlarning porlagan millari kabi ko’k qubbasida Qamarni zamonning buyuk soatiga bir mil qilmoq; bir-biridan farqli ko’p hilollar suratida har kechaga go’yo boshqa bir hilol qoldirib, so’ng qaytib o’ziga to’plamoq, manzillarida mukammal mezon ila, nozik hisob ila harakat ettirmoq va ko’k qubbasida porlagan, tabassum etgan yulduzlar ila ko’kning go’zal yuzini charog’on etmoq, albatta nihoyatsiz bir rububiyat saltanatining alomatidir. Idroklilarga uni anglatgan muhtasham bir uluhiyatning ishorasidir. Fikr ahlini iymonga va tavhidga da`vat etar.

Boq kitobi koinotning xush va go’zal yuziga
Oltin qalami qudrat boq ne tasvir aylamish
Qolmamish bir nuqta-i muzlim chashmi dil arbobiga
Xuddi oyoti Xudo nur ila tahrir aylamish
Boq ne mo’`jiza-i qudrat iz`onro’bo-i koinot
Boq ne oliy bir tomoshadir fazoyi koinot
Tingla-da yulduzlarni, shu xutba-i shirinini
Noma-i nurini hikmat, boq na taqrir aylamish.
Xo’p barobar nutqqa kelmish, haq lisoni ila derlar:
“Bir Qodiyri Zuljalolning hashamatli Sultoniga
Bittadan burhoni nurafshonmiz vujudi Sone`ga
Ham vahdatga, ham qudratga shohidlarmiz biz.
Shu zamin yuzini porlatgan
Nozanin mo’`jizoti chun malak sayroniga.
Shu samoning Arzga boqqan, Jannatga diqqat etgan
Minglab mudaqqiq ko’zlarimiz biz.
Tubo-i xilqatdan samovot qismiga, butun Kahkashon shoxlariga
Bir Jamiyli Zuljalolning, dasti hikmati ila taqilmish xo’p go’zal mevalarmiz biz.
Shu samovot ahliga bittadan masjidi sayyor, bittadan xona-i davvor, bittadan yuksak oshiyon,
Bittadan munavvar chiroq, bittadan kema-i jabbor, bittadan tayyoralarmiz biz.
Bir Qodiyri Zulkamolning, bir Hakiymi Zuljalolning bittadan mo’`jiza-i qudrat, bittadan horiqo-i san`ati xoliqona,
Bittadan nodira-i hikmat, bittadan dohiya-i xilqat, bittadan nur olamimiz biz.
Bunday yuz ming til ila yuz ming burhon ko’rsatamiz, eshittiramiz inson bo’lgan insonga.
Ko’r bo’lgur dinsiz ko’zi, ko’rmas bo’ldi yuzimizni, ham eshitmas so’zimizni, haq so’ylagan oyatlarmiz biz.
Tamg’amiz bir, muhrimiz bir, Rabbimizga musahharmiz. Musabbihmiz, zikr etamiz obidona.
Kahkashonning xalqa-i kubrosiga mansub bittadan majzublarmiz biz!”
Аудио мавжуд эмас