So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 400
(390-427)
Unday bo’lsa; koinotning mavjudotida bir alomat yo’qki bir shirk ehtimoli unga bino etilsin. Demak shirk da`vosi faqat ma`nosiz iddio va ma`nosiz so’z va quruq da`vo bo’lganidan, shirkni da`vo etmoq to’liq johillik, ayni ahmoqlikdir.
Xullas, zalolat ahlining vakili bunga qarshi aytadigani qolmaydi. Yolg’iz deydiki: "Shirkka alomat koinotdagi sabablarning tartibidir. Hamma narsaning bir sabab ila bog’liq bo’lganidir. Demak sabablarning haqiqiy ta`sirlari bordir. Ta`sirlari bo’lsa, sherik bo’la oladilar?"
Javob: Iroda va Ilohiy hikmatning taqozosi ila va ko’p ismlarning tazohur etmoq istashlari ila musabbabot sabablarga bog’langan. Har bir narsa bir sabab ila bog’langan. Faqat ko’p yerlarda va ko’pgina So’zlarda qat`iy isbot etganmizki: "Sabablarda haqiqiy ijodga oid ta`sir yo’q". Hozir yolg’iz bu qadar deymizki: Sabablar ichida, shaksiz eng ashrafi va ixtiyori eng keng va tasarrufoti eng bepoyon insondir. Insonning ham eng zohir ixtiyoriy fe`llari ichida eng zohiri; ekl va kalom va fikrdir. Ya`ni: Yemoq, gapirmoq, tafakkurdir. Shu yemoq, gapirmoq, tafakkur esa g’oyat muntazam, ajib, hikmatli bittadan silsiladir. U silsilaning yuz juzidan insonning ixtiyor qo’liga berilagani faqat bir juzidir. Masalan: Yemoqdan, badan hujayralarining ozuqlanishidan tut to mevalarning shakllanishiga qadar bo’lgan ishlar silsilasi ichida insonning ixtiyor qo’liga berilgani yolg’iz og’izdagi tishlar tegirmonini harakatlantirib uni chaynamoqdir. Va gapirmoq silsilasidan yolg’iz harflarning maxrajlari eshiklariga havoni solib chiqarmoqdir. Holbuki og’zida bitta kalima bir urug’ kabi ekan, bir daraxt hukmidadir. Havo ichida millionlab ayni kalima kabi mevalarni berar. Millionlab tinglaganlarning quloqlariga kirar. Bu misoliy boshoqqa insondagi xayolning qo’li zo’rg’a yetisha olar. Ixtiyorning qisqagina qo’li qanday yetishsin? Modomiki sabablar ichida eng ashrafi va eng ziyoda ixtiyor sohibi bo’lgan inson bunday haqiqiy ijoddan qo’li uzoq bo’lsa, boshqa jonsizlar va hayvonlar va unsurlar va tabiat qanday haqiqiy mutasarrif bo’la olarlar? Yolg’iz u sabablar bittadan qopdir va Rabboniy san`atli asarlarga bir g’ilofdirlar va Rahmoniy hadyalarga bittadan taqdimchidirlar. Albatta bir podshohning hadyasining idishi yoki hadyaga o’ralgan ro’molcha va yoxud hadya qo’liga berilib keltirgan xizmatchi u podshohning saltanatiga sherik bo’lolmaslar. Va ularni sherik tavahhum etgan bo’lmag’ur bir hazayon etar. Xuddi shuning kabi zohiriy sabablar va ko’rinishdagi vositalar Ilohiy rububiyatdan hech bir jihatda hissalari bo’lolmas. Ubudiyat xizmatidan boshqa hissalari yo’qdir.
IKKINCHI MAQSAD
Shirk ahlining vakili shirk maslagini hech bir jihatda isbot etolmaganidan va uning isbotidan ma`yus qolganidan, tavhid ahlining maslagini shaklari ila va shubhalari ila buzmoqqa harakat qilmoq istaganidan, shunday ikkinchi bir savol etmoqda. Deydiki:
Ey tavhid ahli! Siz aytmoqdasizki: قُلْ هُوَ اللهُ اَحَدٌ - اَللهُ الصَّمَدُ Olamning Xoliqi birdir. Ahaddir, Samaddir. Ham hamma narsaning Xoliqi udir. Ahadiyati zotiyasi ila barobar to’g’ridan-to’g’riga hamma narsaning tizgini uning qo’lida; hamma narsaning kaliti qabzasida, hamma narsaning yuzini qoplaydi; bir ish bir ishga mone bo’lmaydi. Butun ashyoda butun ahvoli ila bir onda tasarruf eta olar". Bunday ajib bir haqiqatga qanday ishonilishi mumkin? Mushahhas birgina zot nihoyatsiz yerlarda nihoyatsiz ishlarni zahmatsiz qila olarmi?
JAVOB: Shu savolga g’oyat chuqur va nozik va g’oyat yuksak va keng bo’lgan bir Ahadiyat va Samadiyat sirining bayoni ila javob berilar. Bashar fikri esa u sirga faqat bir tamsil durbini ila va masal rasadi ila boqa olar. Janobi Haqning zot va sifatida misl va misoli yo’q. Faqat masal va tamsil ila bir daraja shuunotiga boqila olar. Xullas, biz ham moddiy tamsillar ila u sirga ishora etamiz.
Birinchi Tamsil: Shundayki: O’n Oltinchi So’zda isbot etilgani kabi: Bitta mushahhas zot muxtalif oynalar vositasi ila kulliyat kasb etar. Bir haqiqiy juz`iy ekan ko’plab shuunotga sohib bir kulliy hukmiga o’tar.
Аудио мавжуд эмас