So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 403
(390-427)
Bu Arabiy Ifodaning Boshlanishi Shudir:
فَسُبْحَانَ مَنْ جَعَلَ حَدِيقَةَ اَرْضِهِ: مَشْهَرَ صَنْعَتِهِ، مَحْشَرَ خِلْقَتِهِ، مَظْهَرَ قُدْرَتِهِ، مَدَارَ حِكْمَتِهِ، مَزْهَرَ رَحْمَتِهِ، مَزْرَعَ جَنَّتِهِ، مَمَرَّ الْمَخْلُوقَاتِ، مَسِيلَ الْمَوْجُودَاتِ، مَكِيلَ الْمَصْنُوعَاتِ، فَمُزَيَّنُ الْحَيْوَانَاتِ، مُنَقَّشُ الطُّيُورَاتِ، مُثَمَّرُ الشَّجَرَاتِ، مُزَهَّرُ النَّبَاتَات،ِ مُعْجِزَاتُ عِلْمِهِ، خَوَارِقُ صُنْعِهِ، هَدَايَا جُودِهِ، بَشَائِرُ لُطْفِهِ، تَبَسُّمُ اْلاَزْهَارِ مِنْ زِينَةِ اْلاَثْمَارِ، تَسَجُّعُ اْلاَطْيَارِ فِى نَسْمَةِ اْلاَسْحَارِ، تَهَزُّجُ اْلاَمْطَارِ عَلٰى خُدُودِ اْلاَزْهَارِ تَرَحُّمُ الْوَالِدَاتِ عَلٰى اْلاَطْفَالِ الصِّغَارِ، تَعَرُّفُ وَدُودٍ تَوَدُّدُ رَحْمٰنٍ تَرَحُّمُ حَنَّانٍ تَحَنُّنُ مَنَّانٍ لِلْجِنِّ وَاْلاِنْسَانِ وَالرُّوحِ وَالْحَيَوَانِ وَالْمَلَكِ وَالْجَاۤنِّ
Xullas, Bu Arabiy Tafakkurning Qisqa Bir Ma`nosi Shudirki:
Butun mevalar va ichidagi tuxumchalar Rabboniy hikmatning bittadan mo’`jizasi.. Ilohiy san`atning bittadan g’aroyibi.. Ilohiy rahmatning bittadan hadyasi.. Ilohiy vahdatning bittadan moddiy burhoni.. oxiratda Ilohiy lutflarning bittadan xushxabarchisi.. qudratining ihotasiga va ilmining shumuliga bittadan sodiq shohid bo’lganliklari kabi; shular kasrat olamining har tarafida va shu daraxt kabi ko’paygan bir navi olamning atrofida vahdat oynalaridirlar. Nazarni kasratdan vahdatga o’giradilar. Hol lisoni ila har birisi der: "Shox-shoda solgan shu katta daraxtning ichida tarqalma, bo’g’ilma, butun u daraxt bizdadir. Uning kasrati vahdatimizda dohildir". Hatto har mevaning qalbi hukmida bo’lgan har bir urug’ ham vahdatning bittadan moddiy oynasi bo’lganliklari kabi; qalbdan qilingan yashirin zikr ila katta daraxtning jahriy zikr surati ila chekkan va o’qigan butun ismlarni zikr etar, o’qir. Ham u mevalar, tuxumlar vahdatning oynalari bo’lganliklari kabi, qadarning ko’ringan ishoralari va qudratning mujassam ramzlaridirki, qadar ular bilan ishora etar va qudrat u kalimalar ila ramzan der: "Qandayki shu daraxtning kasratli shox va shodalari bitta urug’dan kelgan va shu daraxtning san`atkorining ijod va tasvirda vahdatini ko’rsatadi. So’ngra shu daraxt shox va shoda solib ko’payib va yoyilgandan so’ng butun haqiqatini bir mevada to’plar. Butun ma`nosini bir urug’da joylashtirar. U bilan Xoliqi Zuljalolining ijod va tadbiridagi hikmatini ko’rsatar".
Xuddi shuning kabi: Shu koinot daraxti bir vahdat manbaidan vujud olar, tarbiya ko’rar. Va u koinotning mevasi bo’lgan inson shu mavjudotning ko’pligi ichida vahdatni ko’rsatgani kabi qalbi ham iymon ko’zi ila kasrat ichida vahdat sirini ko’rar.
Ham u mevalar va tuxumlar Rabboniy hikmatning talvehlaridir. Hikmat ular bilan idrok ahliga shunday ifoda etadi va deydiki: "Qandayki shu daraxtga yuzlangan kulliy nazar, kulliy tadbir kulliyati ila va umumiyati ila bitta mevaga boqar. Chunki u meva u daraxtga bir kichraytirilgan misoldir. Ham u daraxtdan maqsud udir. Ham u kulliy nazar va umumiy tadbir bir mevaning ichida har bir urug’ga ham nazar etar. Chunki urug’ umum daraxtning ma`nosini, mundarijasini tashiydi. Demak daraxtning tadbirini ko’rgan zot u tadbir ila aloqador butun ismlari ila daraxtning vujudidan istanilgan va ijodining g’oyasi bo’lgan har bir mevaga yuzlangandir. Ham shu katta daraxt u kichik mevalar uchun ba`zan chopilar, kesilar, yangilanmoq uchun ba`zi taraflari buzilar. Yanada go’zal, boqiy mevalar bermoq uchun payvandlanar.
Xuddi shuning kabi: Shu koinot daraxtining samarasi bo’lgan bashar koinotning vujudidan va ijodidan istanilgan udir va mavjudot ijodining g’oyasi ham udir. Va u mevaning urug’i bo’lgan insonning qalbi ham Sone`i Koinotning eng munavvar va eng jome` bir oynasidir. Xullas, shu hikmatdandirki, shu kichkina inson nashr va hashr kabi muazzam inqiloblarga mador bo’lgan. Koinotning buzilish va almashinishiga sabab bo’lar. Uning muhokamasi uchun dunyo eshigi yopilib, oxirat eshigi ochilar.
Аудио мавжуд эмас