So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 406
(390-427)
Qandayki bir askar o’nboshisiga qarshi mukammal itoat va hurmatni ko’rsatadi, butun yaxshiliklarni undan ko’radi, podshohni oz o’ylaydi. Uni o’ylasa ham yana tashakkurlarini o’nboshiga beradi. Xullas bunday bir askarga qarshi deyilar: "Menga qara, podshoh sening o’nboshingdan yanada buyukdir. Yolg’iz unga tashakkur et". Hozir shu so’z haqiqatdagi podshohning hashamatli haqiqiy qo’mondonligi ila o’nboshisining juz`iy, zohiriy qo’mondonligini muvozanat emas; chunki u muvozanat va ustun tutish ma`nosizdir. Balki askarning nazari ahamiyat va bog’liqligiga ko’radirki, o’nboshisini ustun tutar, tashakkurlarini unga berar, yolg’iz uni sevar.
Xullas, buning kabi Xoliq va Mun`im deb o’ylangan zohiriy sabablar g’aflat ahlining nazarida Mun`imi Haqiqiyga parda bo’lar. G’aflat ahli ularga yopishar, ne`mat va ehsonni ulardan bilar. Madh va sanolarini ularga berar. Qur`on derki: "Janobi Haq yanada buyukdir, yanada go’zal bir Xoliqdir, yanada yaxshi bir Muhsindir. Unga qaranglar, unga tashakkur qilinglar".
TO’RTINCHI ISHORA: Muvozanat va ustun tutish bo’lgan mavjudlar ichida bo’lgani kabi, imkoniy, hatto faraziy ashyolar ichida ham bo’la olar. Qandayki aksar mohiyatlarda ko’pgina martabalar bor. Xuddi shuning kabi: Allohning ismlari va muqaddas sifatlarning mohiyatlarida ham aql e`tibori ila hadsiz martabalar bo’lishi mumkin. Holbuki Janobi Haq u sifat va ismlarning mumkin va tasvir etilgan butun martabalarining eng akmalida, eng ahsanidadir. Butun koinot kamoloti ila bu haqiqatga shohiddir. "Lahul Asma-ul Husna" butun ismlarini ahsaniyat ila vasflamoq shu ma`noni ifoda etadi.
BESHINCHI ISHORA: Shu muvozanat va mufozala Janobi Haqning masivoga muqobil emas, balki ikki navi tajalliy va sifatlari bor.
Biri: Vohidiyat siri ila va vositalar va sabablar pardasi ostida va bir umumiy qonun suratida tasarruflaridir.
Ikkinchisi: Ahadiyat siri ila, pardasiz, to’g’ridan-to’g’riga xususiy bir tavajjuh ila tasarrufdir. Xullas, ahadiyat siri ila to’g’ridan-to’g’riga bo’lgan ehsoni va ijodi va kibriyosi esa vositalar va sabablarning mazharlari ila ko’ringan ehson asarlaridan va ijod va kibriyosidan yanada buyuk, yanada go’zal, yanada yuksak demakdir. Masalan, qandayki bir podshohning, faqat avliyo bir podshohningki, umum ma`murlari va qo’mondonlari faqat bir parda bo’lib butun hukm va ijroot uning qo’lida faraz etamiz. U podshohning tasarruflari va ijrooti ikki turdir. Birisi: Umumiy bir qonun ila, zohiriy ma`murlarning va qo’mondonlarning suratida va maqomlarning qobiliyatiga ko’ra bergan amrlari va ko’rsatgan ijrootlaridir. Ikkinchisi: Umumiy qonun ila emas va zohiriy ma`murlarni ham parda qilmasdan, to’g’ridan-to’g’riga shohona ehsonlari va ijrooti yanada go’zal, yanada yuksak deb bo’ladi. Xuddi shuning kabi: Azal va Abad Sultoni bo’lgan Xoliqi Koinot garchi vositalar va sabablarni ijrootiga parda qilgan, rububiyati hashamatini ko’rsatgan. Faqat bandalarining qalbida xususiy bir telefon qoldirganki, sabablarni orqada qoldirib, to’g’ridan-to’g’riga unga yuzlanmoq uchun samimiy ubudiyat ila mukallaf qilib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ denglar deya koinotdan yuzlarini o’ziga o’girar.
Xullas
اَللهُ أَكْبَرُ
اَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ
اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ
ma`nolari shu ma`noga ham boqadi.
Vakilning ikkinchi qism savoliga "Besh Ramz" ila javobdir:
BIRINCHI RAMZ: Savolda deydiki: "Bir narsaning ziddi bo’lmasa, u narsaning qanday kamoli bo’la olar?
JAVOB: Shu savol sohibi haqiqiy kamolni bilmaydi. Yolg’iz nisbiy bir kamol deb o’ylaydi. Holbuki g’ayrga boqqan va g’ayrga nisbatan hosil bo’lgan maziyatlar, fazilatlar, ustunliklar haqiqiy emaslar, nisbiydirlar, zaifdirlar. Agar g’ayr nazardan soqit bo’lsalar, ular ham sukut etarlar. Masalan:
Аудио мавжуд эмас