So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 407
(390-427)
Issiqlikning nisbiy lazzati va fazilati sovuqning ta`siri iladir. Ovqatning nisbiy lazzati ochlik alamining ta`siri iladir. Ular ketsa, bular ham kamayar. Holbuki haqiqiy lazzat va muhabbat va kamol va fazilat udirki, g’ayrning tasavvuriga bino etilmasin, zotida bo’lsin va bizzot bir qarorlashmish haqiqatlar bo’lsin. "Vujud lazzati va hayot lazzati va muhabbat lazzati va ma`rifat lazzati va iymon lazzati va baqo lazzati va rahmat lazzati va shafqat lazzati va nurdagi go’zallik va ko’zdagi go’zallik va so’zdagi go’zallik va karamdagi go’zallik va siyratdagi go’zallik va suratdagi go’zallik va zotning kamoli va sifatlarning kamoli va fe`llarning kamoli" kabi bizzot maziyatlar, g’ayr bo’lsin-bo’lmasin, shu maziyatlar o’zgarmas.
Xullas, Sone`i Zuljalol va Fotiri Zuljamol va Xoliqi Zulkamolning butun kamoloti haqiqiydir, zotiydir. G’ayr va masivo unga ta`sir etmas. Yolg’iz mazhar bo’la oladilar.
IKKINCHI RAMZ: Sayyid Sharif Jurjoniy "Sharh-ul Mavoqif"da deganki: "Muhabbat yo lazzat yoki manfaat sababi yo mushokalat (ya`ni jinsiyat mayli), yo komillikdir. Chunki komillik mahbubi lizotihiydir". Ya`ni, nima narsani sevsang yo lazzat uchun sevasan, yo manfaat uchun, yo avlodga mayl kabi bir mushokala-i jinsiya uchun, yo komillik bo’lgani uchun sevasan. Agar komillik bo’lsa, boshqa bir sabab, bir g’araz lozim emas. U bizzot sevilar. Masalan; eski zamonda komil insonlarni harkas sevgan, ularga qarshi hech bir aloqa bo’lmagani holda tahsinkorona muhabbat etilgan.
Xullas, Janobi Haqning butun kamoloti va asmoyi husnasining butun martabalari va butun fazilatlari haqiqiy kamolot bo’lganliklaridan bizzot seviladilar. "Mahbubatun Lizotiha"dirlar. Mahbubi Bilhaq va Habibi Haqiqiy bo’lgan Zoti Zuljalol haqiqiy bo’lgan kamolotini va sifat va ismlarining go’zalliklarini o’ziga loyiq bir tarzda sevar, muhabbat etar. Ham u kamolotning mazharlari, oynalari bo’lgan san`atini va san`atli asarlarini va maxluqotining mahosinini sevar, muhabbat etar. Anbiyolarini va avliyolarini, xususan Sayyid-ul Mursalin va Sulton-ul Avliyo bo’lgan Habibi Akramini sevar. Ya`ni o’z jamolini sevishi ila u jamolning oynasi bo’lgan Habibini sevar. Va o’z ismlarini sevishi ila u ismlarning jome` mazhari va idrok sohibi bo’lgan u Habibini va do’stlarini sevar. Va san`atini sevishi ila u san`atning dallol va e`lonchisi bo’lgan u Habibini va o’xshashini sevar. Va san`atli asarlarini sevishi ila u san`atli asarlarga qarshi "Mashaalloh, Barakalloh, na qadar go’zal qilinganlar" degan va taqdir etgan va tahsin etgan u Habibini va uning orqasida bo’lganlarni sevar. Va maxluqotining mahosinini sevishi ila u axloqiy mahosinning umumini jamlagan u Habibi Akramini va uning tobelarini va do’stlarini sevar, muhabbat etar.
UCHINCHI RAMZ: Umum koinotdagi umum kamolot bir Zoti Zuljalolning kamolining oyatlaridir va jamolining ishoralaridir. Balki haqiqiy kamoliga nisbatan butun koinotdagi husn va kamol va jamol zaif bir soyadir. Shu haqiqatning besh hujjatiga qisqacha ishora etamiz.
Birinchi Hujjat: Qandayki mukammal, muhtasham, naqshlangan, ziynatli bir saroy mukammal bir ustochilik, bir duradgorchilikka shaksiz dalolat etar. Va mukammal fe`l bo’lgan u duradgorchilik, u naqqoshchilik, albatta mukammal bir foilga, bir ustoga, bir muhandisga va "naqqosh va musavvir" kabi unvon va ismlari ila barobar dalolat etar. Va mukammal u ismlar ham, shubhasiz u ustoning mukammal, san`atkorona sifatiga dalolat etar. Va u mukammal san`at va sifat, shaksiz u ustoning iste`dodining kamoliga va qobiliyatiga dalolat etar. Va u mukammal iste`dod va qobiliyat, albatta u ustoning zotining kamoliga va mohiyatining mukammalligiga dalolat etar.
Aynan shuning kabi: Shu olam saroyi, shu mukammal, ziynatli asar; ochiqchasiga g’oyat kamoldagi fe`llarga dalolat etar. Chunki asardagi kamolot u fe`llarning kamolotidan kelib chiqar va uni ko’rsatar. Fe`llardagi kamolot esa, albatta bir mukammal foilga va u foilning ismlarining mukammalligiga, ya`ni asarlarga nisbatan mudabbir, musavvir, hakiym, rahiym, muzayyin kabi ismlarning kamoliga dalolat etar. Ismlarning va unvonlarning kamoli esa, shaksiz-shubhasiz u foil vasflarining mukammalligiga dalolat etar. Zero sifat mukammal bo’lmasa, sifatdan kelib chiqqan ismlar, unvonlar mukammal bo’lolmas. Va u vasflarning kamoli, shaksiz zotiy shuunotining kamoliga dalolat etar.
Аудио мавжуд эмас