So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 410
(390-427)
Xullas, butun u san`atli asarlar butun ulardan matlub natijalarni nihoyat darajada va g’oyat go’zal bir suratda ko’rsatganlaridan va maxsus ibodat va xususiy tasbehot va muayyan tahiyyot ila ta`bir etilgan taqviniy amrlarga qarshi ularning itoatlari va ulardan matlub bo’lgan Rabboniy maqsadlarning maydonga kelishidan hosil bo’lgan va iftixor va mamnuniyat va sevinch ila ta`bir etolmaganimiz muqaddas ma`nolar va munazzah shuun shu daraja oliy va muqaddasdirki, butun bashar aqli ittihod etib bir aql bo’lsa, yana ularning asliga yetisholmas va ihota etolmas.
Ham, masalan adolatparvar, haqqi ila haqini berishni sevadigan va undan zavq oladigan bir hokim mazlumlarning haqlarini bermoqdan va mazlumlarning tashakkurlaridan zolimlarni jazolantirmoq ila mazlumlarning qasdlarini olmoqdan qanday mamnun bo’lar, bir zavq olar. Xullas, Hakiymi Mutlaq va Odili Bilhaq va Qahhori Zuljalol yolg’iz jin va insda emas, balki butun mavjudotda haqqi ila haqini berishdan, ya`ni hamma narsaga vujud haqini va hayot haqini bermoqdan va vujud va hayotiga tajovuz etganlardan muhofaza etmoqdan va dahshatli mavjudlarni tajovuzlardan tutmoqdan va saqlamoqdan, xususan mahsharda va oxirat yurtida jin va insning muhokamasidan boshqa butun jonzotlarga qarshi tajalli-i kubro-i adl-u hikmatdan kelgan muqaddas ma`nolarni qiyos eta olasan.
Xullas, shu uch misol kabi Allohning ming bir ismining har birida juda ko’p husn va jamol va fazl va kamol tabaqalari bo’lgani kabi, juda ko’p muhabbat martabalari va iftixor va izzat va kibriyo bordir. Xullas, bundandirki: "Vadud" ismiga mazhar bo’lgan muhaqqiqiyn avliyolar "Butun koinotning asosi muhabbatdir. Butun mavjudotning harakatlari muhabbat iladir. Butun mavjudotdagi injizob va jazba va joziba qonunlari muhabbatdandir",- deganlar. Ulardan birisi degan:
فَلَكْ مَسْت مَلَكْ مَسْت نُجُومْ مَسْت سَمٰوَاتْ مَسْت
شَمْس مَسْت قَمَرْ مَسْت زَمِين مَسْت عَنَاصِرْ مَسْت
نَبَاتْ مَسْت شَجَرْ مَسْت بَشَرْ مَسْت سَرَاسَرْ ذِى حَيَاتْ مَسْت
هَمَه ذَرَّاتِ مَوْجُودَاتْ بَرَابَرْ مَسْت دَرْ مَسْتَسْت
Ya`ni: Alloh muhabbatining tajalliysida va u muhabbat sharobidan harkas iste`dodiga ko’ra mastdir. Ma`lumdirki: Har qalb o’ziga ehson etganni sevar va haqiqiy kamolga muhabbat etar va ulviy jamolga maftun bo’lar. O’zi bilan barobar sevgan va shafqat etgan zotlarga ham ehson etganni yanada juda ko’p sevar. Ajabo, sobiqan bayon etganimiz kabi, har bir ismida minglab ehson xazinalari bo’lgan va butun sevganlarimizni ehsonlari ila mas`ud etgan va minglab kamolotning manbai bo’lgan va minglab jamol tabaqalarining madori bo’lgan ming bir ismlarining musammosi bo’lgan Jamiyli Zuljalol, Mahbubi Zulkamol qay daraja ishq va muhabbatga loyiq bo’lgani va butun koinot uning muhabbati ila mast va sargardon bo’lishining loyiq bo’lgani anglashilmasmi?
Xullas, shu sirdandirki; "Vadud" ismiga mazhar bir qism avliyolar: "Jannatni istamaymiz. Bir Ilohiy muhabbatning bir shu`lasi abadan bizga yetarlidir",- deganlar.
Ham undandirki, hadisda kelgani kabi: "Jannatda bir daqiqa ru`yati jamoli Ilohiy butun Jannat lazzatlaridan ustundir".
Xullas, shu nihoyatsiz muhabbat kamoloti vohidiyat va ahadiyat doirasida Zoti Zuljalolning o’z ismlari va maxluqlari ila hosil bo’lar. Demak, u doira xorijida tavahhum qilingan kamolot kamolot emasdir.
Аудио мавжуд эмас