So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 413
(390-427)
Va u mustag’niy va hech kimsaga ehtiyoji bo’lmagan zotda bo’lgan marhamat etmoq va shafqat ko’rsatmoq ma`nosini harakatlantirgan va izhorga chorlagan, albatta u zotdagi ma`naviy jamol va kamoldirki, tazohur etmoq istarlar. Va u jamolning eng shirin juzi bo’lgan muhabbat va eng totli qismi bo’lgan rahmat esa, san`at oynasi ila ko’rinmoq va mushtoqlarning ko’zlari ila o’zlarini ko’rmoq istarlar. Ya`ni jamol va kamol, (chunki bizzot sevilarlar) har narsadan ziyoda o’z-o’zini sevarlar. Ham husndir, ham ishqdirlar. Husn va ishqning ittihodi bu nuqtadandir. Jamol modomiki o’zini sevar, o’zini oynalarda ko’rmoq istar. Xullas, haykalga qo’yilgan va suratga taqilgan sevimli ne`matlar, go’zal mevalar u ma`naviy jamolning o’z qobiliyatlariga ko’ra bittadan yog’dusini tashiydilar. U yog’dularni ham jamol sohibiga, ham boshqasiga ko’rsatadilar.
Aynan shuning kabi: Sone`i Hakiym Jannatni va dunyoni, samovotni va zaminni, nabotot va hayvonotni, jin va insni, malak va ruhoniylarni, kulliy va juz`iy butun ashyoni ismlarining jilvasi ila shaklini hududlaydi, tartiblaydi, bittadan muayyan miqdor beradi. U bilan bularga "Muqoddir, Munazzim, Musavvir" ismlarini o’qittiradi. Shunday bir tarzda umumiy shaklining hududini ta`yin etarki, "Aliym, Hakiym" ismini ko’rsatar. So’ngra ilm va hikmat jadvali ila u hudud ichida u narsaning tasvirini boshlar. Shunday bir tarzdaki, sun` va inoyat ma`nolarini va "Sone` va Kariym" ismlarini ko’rsatadi. So’ngra san`atning yedi bayzosi ila inoyatning panjasi ila u suratning (agar bitta inson va bitta gul bo’lsa) ko’z, quloq, yaproq, popuk kabi a`zolariga bir husn, bir ziynat ranglari beradi. Agar zamin bo’lsa, ma`danlar, o’simliklar va hayvonlariga bir husn va ziynat ranglari beradi. Agar Jannat bo’lsa, bog’lariga, qasrlariga, huriylariga bir husn va ziynat ranglari beradi va hokazo... Boshqalarini qiyos et.
Ham shunday bir tarzda bezar va oydinlatarki: Lutf va Karam ma`nolari unda shu daraja hukm etadiki, xuddi u bezalgan mavjud, u munavvar san`at jismlashgan bir lutf, jasadlashgan bir karam hukmiga o’tar. "Latif va Kariym" ismini zikr etar. So’ngra u lutf va karamni shu jilvaga yo’llagan, albatta tavaddud va taarrufdir, ya`ni o’zini jonzotlarga sevdirmoq va idroklilarga bildirmoq ishlaridirki, "Latif, Kariym" ismlarining orqalarida "Vadud va Ma`ruf" ismlarini o’qitadi va san`atli asarning hol lisonidan eshitiladi. So’ngra u bezalgan mavjudni, u go’zal maxluqni laziz mevalar, sevimli natijalar ila bezab, ziynatdan ne`matga, lutfdan rahmatga o’girar. "Mun`im va Rahiym" ismini o’qittirar va zohiriy pardalar orqasida u ikki ismning jilvasini ko’rsatar. So’ngra bu Rahiym va Kariymni (Mustag’niyi Alalitloq bo’lgan Zotda) bu jilvaga chorlagan, albatta bir marhamat qilish, shafqat ko’rsatish ishlaridirki, "Hannon va Rahmon" ismini o’qittiradi va ko’rsatadi. Shu marhamat qilmoq, shafqat ko’rsatmoq ma`nolarini jilvaga chorlagan, albatta zotiy bir jamol va kamoldirki, tazohur etmoq istar. "Jamiyl" ismini va Jamiyl ismida joylashgan "Vadud va Rahiym" ismlarini o’qittiradi. Chunki jamol bizzot sevilar. Zijamol va jamol o’z-o’zini sevar. Ham husndir, ham muhabbatdir. Kamol ham bizzot mahbubdir, sababsiz bo’lib sevilar. Ham sevgandir, ham sevilgandir. Modomiki nihoyatsiz mukammallik darajasida bir jamol va nihoyatsiz jamol darajasida bir kamol nihoyat darajada sevilar, muhabbatga va ishqqa loyiqdir. Albatta oynalarda va oynalarning qobiliyatlariga ko’ra yog’dularini va jilvalarini ko’rmoq va ko’rsatmoq ila tazohur etmoq istar. Demak, Sone`i Zuljalolning va Hakiymi Zuljamolning va Qodiyri Zulkamolning zotidagi zotiy jamoli va zotiy kamoloti marhamat etmoq va shafqat ko’rsatmoq istar va "Rahmon va Hannon" ismlarini tajalliyga chorlar. Marhamat etmoq va shafqat ko’rsatmoq esa rahmat va ne`matni ko’rsatmoq ila "Rahiym va Mun`im" ismlarini tajalliyga chorlar. Rahmat va ne`mat bo’lsa tavaddud, taarruf ishlarini taqozo etib "Vadud va Ma`ruf" ismlarini tajalliyga chorlar. San`atli asarning bir pardasida ularni ko’rsatar, tavaddud va taarruf esa lutf va karam ma`nolarini harakatlantirar. "Latif va Kariym" ismlarini san`atli asarning ba`zi pardalarida o’qittiradi. Lutf va karam ishlari esa, ziynatlash va nurlantirish fe`llarini harakatlantirar. "Muzayyin va Munavvir" ismlarini san`atli asarning husn va nuroniyati lisoni ila o’qittirar. Va u ziynatlash va tahsin ishlari esa, sun` va inoyat ma`nolarini taqozo etar. Va "Sone` va Muhsin" ismlarini u san`atli asarning go’zal siymosi ila o’qittirar. Va u sun` va inoyat esa, bir ilm va hikmatni taqozo etar.
Аудио мавжуд эмас