So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 414
(390-427)
Va "Aliym va Hakiym" Ismini u san`atli asarning intizomli, hikmatli a`zosi ila o’qittirar. U ilm va hikmat esa, tartiblash, tasvir, tashkil fe`llarini taqozo etar. "Musavvir va Muqoddir" ismlarini san`atli asarning surati ila, shakli ila o’qittirar, ko’rsatar.
Xullas, Sone`i Zuljalol butun san`atli asarlarini shunday bir tarzda qilganki, aksarisi, xususan jonli qismi ko’p Ilohiy ismlarni o’qittirar. Go’yo har bir san`atli asariga boshqa-boshqa, bir-biri ustida yigirma ko’ylak kiydirgan, yigirma pardaga o’ragan. Har ko’ylakda, har pardada boshqa-boshqa ismlarini yozgan. Masalan: Tamsilda ko’rsatilgani kabi, bitta go’zal gul bilan insonning ikkinchi qismidan bir go’zal ayolning yolg’iz zohiriy yaratilishlarida ko’p sahifalar bordir. Boshqa katta va kulliy san`atli asarlarni u ikki juz`iy misolga qiyos et.
Birinchi sahifa: Umumiy shakl va miqdorini ko’rsatgan shakldirki: "Yo Musavvir, yo Muqoddir, yo Munazzim" ismlarini yod etar.
Ikkinchi sahifa: Suratlarida boshqa-boshqa a`zolarning inkishofi ila hosil bo’lgan gul va insonning oddiy shaklidirki, u sahifada "Aliym, Hakiym" ismlari kabi ko’p ismlar yoziladi.
Uchinchi sahifa: U ikki maxluqning boshqa-boshqa a`zolari ila, boshqa-boshqa husn va ziynat bermoq ila u sahifada "Sone` va Bari'" ismlari kabi ko’p ismlar yoziladi.
To’rtinchi sahifa: Shunday bir ziynat va husn u ikki san`atli asarga beriladiki; go’yo lutf va karam jismlashgan, ular bo’lgan. U sahifa "Yo Latif, Yo Kariym" kabi ko’p ismlarni yod etar, o’qir.
Beshinchi sahifa: U gulga laziz mevalar, u go’zal ayolga sevimli bolalar, go’zal axloqlar toqmoq ila u sahifa "Yo Vadud, yo Rahiym, yo Mun`im" kabi ismlarni o’qittiradilar.
Oltinchi sahifa: U in`om va ehson sahifasida, "Yo Rahmon, yo Hannon" kabi ismlar o’qiladi.
Yettinchi sahifa: U ne`matlarda, u natijalarda shunday husn va jamol yog’dulari ko’rinadiki, haqiqiy bir shavq va shafqat ila singdirilgan xolis bir shukr va sof bir muhabbatga loyiq bo’lar. U sahifada "Yo Jamiyli Zulkamol, yo Komili Zuljamol" ismlari yozilgan o’qiladi.
Xullas, yolg’iz bir go’zal gul va go’zal bir ayol va yolg’iz moddiy va zohir suratida bu qadar ismlarni ko’rsatsa, ajabo umum gullar va butun jonlilar va katta va kulliy mavjudot qay daraja ulviy va kulliy ismlarni o’qitishini qiyos eta olasan.
Ham inson ruh, qalb, aql jihati ila va hayot va latif tuyg’ular sahifalari ila "Hay, Qayyum va Muhyi" kabi naqadar nuroniy muqaddas ismlarni o’qishini va o’qittirishini qiyos eta olasan.
Xullas, Jannat bir guldir. Huriy toifasi ham bir guldir. Ro’yi zamin ham bir guldir. Bahor ham bir guldir. Samo ham bir guldir, yulduzlar u gulning zarrin naqshlaridir. Quyosh ham bir guldir, ziyosidagi yetti rangi u gulning naqshli bo’yoqlaridir. Olam go’zal va katta bir insondir, qandayki inson kichik bir olamdir. Huriylar navi va ruhoniylar jamoati va malak jinsi va jin toifasi va inson navi bittadan go’zal shaxs hukmida tasvir va tartib va ijod etilgandir. Ham har biri kulliyati ila, ham har bir fardi bir o’zi Sone`i Zuljamolining ismlarini ko’rsatganlari kabi, uning jamoliga, kamoliga, rahmatiga va muhabbatiga bittadan boshqa-boshqa oynalardir. Va nihoyatsiz jamol va kamoliga va rahmat va muhabbatiga bittadan sodiq shohiddir. Va u jamol va kamolning va rahmat va muhabbatning bittadan oyatlaridir, bittadan nishonlaridir. Xullas, shu nihoyatsiz kamolot navlari vohidiyat va ahadiyat doirasida maydonga kelar. Demak, u doira xorijida tavahhum qilingan kamolot kamolot emasdir.
Xullas, ashyo haqiqatining Ilohiy ismlarga tayanganini va istinod etganini, balki haqiqiy haqiqatlar u ismlarning jilvalari bo’lganini va hamma narsaning ko’p jihatlar ila, ko’p tillar ila Sone`ini zikr va tasbeh etganini angla. وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ ning bir ma`nosini bil va
سُبْحَانَ مَنِ اخْتَفٰى بِشِدَّةِ ظُهُورِهِ degin. Va oyatlarning oxirlarida bo’lgan
وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ –
وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ –
وَهُوَ الْعَلِيمُ الْقَدِيرُ
kabi zikr va takrorlaridagi bir sirni fahm etgin.
Agar bir gulda ismlarni o’qiy olmasang va ochiq ko’rolmasang, Jannatga boq, bahorga diqqat et, zaminning yuzini tomosha et. Rahmatning shu buyuk gullari bo’lgan Jannat va bahor va zaminda yozilgan ismlarni ochiqcha o’qiy olasan, jilvalarini va naqshlarini anglaysan, ko’rasan.
Аудио мавжуд эмас