So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 416
(390-427)
Xuddi shuningdek, suiixtiyoridan kelib chiqqan kufr sarxushligi ila va zalolat devonaligi ila Sone`i Hakiymning shu dunyo musofirxonasini tasodif va tabiat o’yinchog’i deb o’ylab va Ilohiy ismlar jilvasini yangilab turgan san`atli asarlarning zamon o’tishi ila vazifalarining bitganidan g’ayb olamiga o’tishlarini yo’qlik va i`dom tasavvur etib va tasbehot sadolarini zavol va abadiy firoq faryodi bo’lganliklarini xayol etganidan va Samadoniy maktublar bo’lmish shu mavjudot sahifalarini ma`nosiz, tartibsiz tasavvur qilganidan va rahmat olamiga yo’l ochgan qabr eshigini yo’qlik zulmatining og’zi tasavvur etganidan va ajalni haqiqiy ahboblarga visol da`vati bo’lgani holda, butun ahboblardan firoq navbati tasavvur etganidan; ham o’zini dahshatli bir ayanchli azoblarga giriftor qiladi, ham mavjudotni, ham Janobi Haqning ismlarini, ham maktublarini inkor va kamsitgani va pastga urgani uchun marhamat va shafqatga loyiq bo’lmagani kabi, shiddatli bir azobga ham haqdordir. Hech bir jihatda marhamatga loyiq emasdir.
Xullas, ey badbaxt zalolat va safohat ahli! Shu dahshatli sukutga qarshi va ezuvchi ma`yusiyatga muqobil qaysi takammulingiz, qaysi fanlaringiz, qaysi kamolingiz, qaysi madaniyatingiz, qaysi taraqqiyotingiz qarshi kela olar? Bashar ruhining ashaddiy ehtiyoj ila muhtoj bo’lgan haqiqiy tasallini qayerda topa olasan? Ham ishonganingiz va bel bog’laganingiz va Ilohiy asarlarni va Rabboniy ehsonlarni ularga isnod etganingiz qaysi tabiatingiz, qaysi sabablaringiz, qaysi sherigingiz, qaysi kashfiyotingiz, qaysi millatingiz, qaysi botil ma`budingiz sizni sizningcha abadiy yo’qlik bo’lgan o’limning zulmatidan qutqarib, qabr hududidan, barzoh hududidan, mahshar hududidan, sirot ko’prigidan hokimona o’tqaza olar, abadiy saodatga mazhar eta olar? Holbuki qabr eshigini berkita olmaganingiz uchun siz qat`iyan bu yo’lning yo’lchisidirsiz. Bunday bir yo’lchi shunday bir zotga tayanarki, butun bu buyuk doira va bu keng hududlar uning amri ostida va tasarrufidadir.
Ham yana, ey badbaxt zalolat va g’aflat ahli! "G’ayri mashru` bir muhabbatning natijasi marhamatsiz azob chekmoqdir" qoidasi siriga ko’ra, siz fitratingizdagi Janobi Haqning zot va sifatlar va ismlariga sarf etilishi lozim bo’lgan muhabbat va ma`rifat iste`dodini va shukr va ibodat jihozlarini nafsingizga va dunyoga g’ayri mashru` bir suratda sarf qilganingizdan, haqli bo’lib jazosini chekmoqdasiz. Chunki Janobi Haqqa oid muhabbatni nafsingizga berdingiz. Mahbubingiz bo’lmish nafsingizning hadsiz balosini chekayotirsiz. Chunki haqiqiy bir rohatni u mahbubingizga bermayotirsiz. Ham uni haqiqiy mahbub bo’lgan Qodiyri Mutlaqqa tavakkul ila taslim etmayotirsiz, doimo alam chekayotirsiz. Ham, Janobi Haqning ism va sifatlariga oid muhabbatni dunyoga berdingiz va san`at asarlarini olamning sabablariga taqsim etdingiz, balosini chekayotirsiz. Chunki u hadsiz mahbublaringizning bir qismi sizga sog’ bo’ling demasdan, sizga orqasini o’girib, tashlab ketmoqda. Bir qismi sizni hech tanimaydi. Tanisa ham, sizni sevmaydi. Sevsa ham, sizga bir foyda bermaydi. Doimo hadsiz firoqlardan va umidsiz qaytmaslik ila zavollardan azob chekmoqdasiz.
Xullas, zalolat ahlining hayotdagi saodat va insoniy takammul va madaniyat mahosini va hurriyat lazzati degan narsalarining ich yuzlari va mohiyatlari budir. Safohat va sarxushlik bir pardadir, vaqtinchalik his ettirmas. "Tuf ularning aqliga!" de...
Ammo Qur`onning nuroniy yo’li butun zalolat ahlining chekayotgan yaralarni iymon haqiqatlari ila davolar. Butun avvalgi yo’ldagi zulmatlarni tarqatar. Butun zalolat va halokat eshiklarini yopar. Shundayki:
Insonning zaiflik va ojizligini va faqirlik va ehtiyojini bir Qodiyri Rahiymga tavakkul ila davolar. Hayot va vujudning yukini Uning qudratiga, rahmatiga taslim etib, o’ziga yuklamasdan, balki o’zi u hayotiga va nafsiga mingandek bir rohatbaxsh maqom topar. O’zining "notiq bir hayvon" emas, balki haqiqiy bir inson va maqbul bir musofiri Rahmon ekanligini bildirar.
Аудио мавжуд эмас