So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 419
(390-427)
MUHIM BIR SAVOL: Demoqdasizki: "Muhabbat ixtiyoriy emas. Ham fitriy ehtiyojga binoan laziz taomlarni va mevalarni sevaman. Padar va volida va farzandlarimni sevaman. Rafiqa-i hayotimni sevaman. Do’st va ahboblarimni sevaman. Payg’ambarlarni va avliyolarni sevaman. Hayotimni, yoshligimni sevaman. Bahorni va go’zal narsalarni va dunyoni sevaman. Qanday qilib bularni sevmayin? Qanday qilib barcha bu muhabbatlarni Janobi Haqning zot va sifat va ismlariga bera olaman? Bu nima degani?"
Javob: "To’rt Nukta"ni tingla.
BIRINCHI NUKTA: Muhabbat garchi ixtiyoriy emas. Faqat ixtiyor ila muhabbatning yuzi bir mahbubdan boshqa bir mahbubga o’girila olar. Masalan, bir mahbubning xunukligini ko’rsatish ila va yoxud muhabbatga haqiqiy loyiq bo’lgan boshqa bir mahbubga parda yoki oyna ekanligini ko’rsatmoq ila muhabbatning yuzi majoziy mahbubdan haqiqiy mahbubga o’girilishi mumkin.
IKKINCHI NUKTA: Sanab o’tgan sevganlaringni sevma demaymiz. Balki ularni Janobi Haqning hisobiga va Uning muhabbati nomidan sev deymiz. Masalan: Laziz taomlarni, go’zal mevalarni Janobi Haqning ehsoni va Rahmoni Raxiymning in`omi sifatda sevmoq "Rahmon" va "Mun`im" ismlarini sevmoqdir, ham ma`naviy bir shukrdir. Shu muhabbat yolg’iz nafs hisobiga bo’lmaganini va Rahmon nomiga bo’lganini ko’rsatgan narsa mashru` doirada qanoatkorona ishlamoq va mutafakkirona, mutashakkirona yemoqdir.
Ham, padar va volidani shafqat ila jihozlagan va seni ularning marhamatli qo’llari ila tarbiya qildirgan hikmat va rahmat hisobiga ularga hurmat va muhabbat Janobi Haqning muhabbatiga oiddir. U muhabbat va hurmat, shafqat Alloh uchun ekanining alomati shudirki: Ular keksayib ketgan va senga hech bir foydalari qolmagan va seni zahmat va mashaqqatga qo’ygan paytlarida yanada ziyoda muhabbat va marhamat va shafqat ko’rsatishdir.
اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَاۤ اَوْ كِلاَهُمَا فَلاَ تَقُلْ لَهُمَاۤ اُفٍّ
oyati besh martaba hurmat va shafqatga farzanlarni da`vat etishi, Qur`onning nazarida ota-onaning huquqlari naqadar ahamiyatli va ularga itoatsizlik qay daraja chirkin bo’lganini ko’rsatar. Modomiki padar hech kimni emas, yolg’iz o’g’lining o’zidan yanada ziyoda yaxshi bo’lishini istar. Bunga muqobil farzand ham padarga qarshi haq da`vo qilolmas. Demak, ota-ona ila farzand o’rtasida fitratan munoqashaga sabab bo’ladigan narsa yo’q. Zero, munoqasha yo rashk va hasaddan kelar. Padarda o’g’liga nisbatan u yo’q. Yoxud munoqasha haqsizlikdan kelar. O’g’ilning haqqi yo’qdirki, padariga qarshi haq da`vo etsin. Padarini haqsiz ko’rsa ham, unga isyon qilolmas. Demak, padariga isyon etgan va uni ranjida etgan yarim inson bir yirtqichdir.
Va farzandlarini u Zoti Rahiymi Kariymning hadyalari bo’lgani uchun mukammal shafqat va marhamat ila ularni sevmoq va muhofaza etmoq yana Haqqa oiddir. Va u muhabbat esa Janobi Haq hisobiga ekanini ko’rsatadigan alomat esa, vafot etganlarida sabr ila shukr qilmoqdir, ma`yusona faryod qilmaslikdir. "Xoliqimning mening nazoratimga bergan sevimli bir maxluqi edi, bir mamluki edi. Endi hikmati taqozo etib, mendan oldi, yanada yaxshi bir yerga ko’chirdi. Mening u mamlukda zohiriy bir hissam bo’lsa, haqiqiy ming hissa uning Xoliqiga oiddir. “Al-hukmu Lillah” deb taslim bo’lmoqdir.
Ham, do’st va ahbob esa, agar ular iymon va solih amal sababidan Janobi Haqning do’stlari bo’lsalar, “Al-hubbu Fillah” siriga ko’ra u muhabbat ham Haqqa oiddir.
Ham, rafiqa-i hayotingni Ilohiy rahmatning munis, latif bir hadyasi bo’lgani sifatida sev va muhabbat ko’rsat. Faqat tez buziladigan surat go’zalligiga muhabbatingni bog’lama. Balki ayolning eng jozibador, eng shirin go’zalligi ayollarga xos bir latofat va nazokat ichidagi siyrat go’zalligidir. Va eng qiymatdor va eng shirin jamoli esa ulviy, jiddiy samimiy, nuroniy shafqatidir. Shu shafqat jamoli va siyrat go’zalligi oxir hayotiga qadar davom etar, ziyodalashar. Va u zaifa, latifa maxluqning hurmat huquqi u muhabbat ila muhofaza qilinar. Yo’qsa, surat go’zalligining zavoli ila eng muhtoj bo’lgan bir paytida bechora haqqini yo’qotar.
Аудио мавжуд эмас