So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 418
(390-427)
Ham Azal va Abad Sultoni bo’lgan Zoti Zuljalolni tanittirmoq ila insonni Unga bir ma`mur abd va bir vazifador musofir vaziyatini berar. Ham dunyo mehmonxonasida, ham barzohiy va uxroviy manzillarda mukammal rohat ila sayohatini ta`min etar. Qandayki bir podshohning mustaqim bir ma`muri uning mamlakati doirasida, ham har viloyatning hududlaridan osonlik bilan tayyora, kema, poyezd kabi tezyurar sayohat vositalari yordamida kezar, o’tar. Shuning kabi, Sultoni Azaliyga iymon ila bog’langan va solih amal ila itoat etgan inson shu dunyo mehmonxonasi manzillaridan va barzoh olami va mahshar olami doiralaridan va hokazo qabrdan keyingi butun olamlarning keng hududlaridan yashin va Buroq tezligida o’tar. To abadiy saodatni topar. Va shu haqiqatni qat`iy isbot etar va asfiyo va avliyolarga ko’rsatar.
Hamda Qur`onning haqiqati deydiki: "Ey mo’`min! Sendagi nihoyatsiz muhabbat qobiliyatini chirkin va nuqson va ko’p yomonlik qiladigan va senga zararli bo’lgan nafsi ammorangga berma. Uni mahbub va uning havasini o’zingga ma`bud deb qabul etma. Balki sendagi u nihoyatsiz muhabbat qobiliyatini nihoyatsiz bir muhabbatga loyiq, ham nihoyatsiz senga ehson eta oladigan, ham istiqbolda seni nihoyatsiz mas`ud etgan, ham butun aloqador bo’lganing va ularning saodatlari ila mas`ud bo’lganing butun zotlarni ehsonoti ila baxtiyor etgan, ham nihoyatsiz kamoloti bo’lgan va nihoyatsiz darajada muqaddas, ulviy, pok, qusursiz, nuqsonsiz, zavolsiz jamol sohibi bo’lgan va butun ismlari nihoyat darajada go’zal bo’lgan va har ismida g’oyat ko’p husn va jamol nurlari bo’lgan va Jannat butun go’zalliklari ila va ne`matlari ila Uning rahmati jamolini va jamoli rahmatini ko’rsatadigan va sevimli va sevilgan butun koinotdagi butun husn va jamol va mahosin va kamolot Uning jamoliga va kamoliga ishora etgan va dalolat etgan va nishon bo’lgan bir Zotni mahbub va ma`bud deb qabul et!.."
Ham yana deydi: "Ey inson! Uning ism va sifatlariga oid muhabbat iste`dodini boshqa bebaqo mavjudotga berma, befoyda maxluqotga tarqatma. Chunki asarlar va maxluqot foniydirlar. Faqat u asarlarda va u masnu`otda naqshlari, jilvalari ko’ringan Asmoyi Husna boqiydirlar, doimiydirlar. Va ism va sifatlarining har birida minglab ehson va jamol martabalari va minglab kamol va muhabbat tabaqalari bor. Sen yolg’iz Rahmon ismiga boqki: Jannat bir jilvasi va abadiy saodat bir yog’dusi va dunyodagi butun rizq va ne`mat bir qatrasidir".
Xullas, shu muvozanat zalolat ahli ila iymon ahlining hayot va vazifa mohiyatlariga ishora etgan
لَقَدْخَلَقْنَا اْلاِنْسَانَ فِىۤ اَحْسَنِ تَقْوِيمٍ - ثُمَّ رَدَدْناَهُ اَسْفَلَ سَافِلِينَ -
اِلاَّ الَّذِينَ اٰمَنوُا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ
ham natija va oqibatlariga ishora qiluvchi فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ السَّمَاۤءُ وَاْلاَرْضُ bo’lgan oyatga diqqat et. Naqadar ulviy, mo’`jizona ifoda etganimiz muvozanatni ifoda etarlar. Birinchi oyat O’n Birinchi So’zda batafsil u oyatning i`jozkorona va ijozkorona ifoda etgan haqiqatni o’sha So’zda bayon etilganidan uni u yerga havola qilamiz. Ikkinchi oyat esa yolg’iz bir kichik ishora ila naqadar ulviy bir haqiqatni ifoda etishini ko’rsatamiz. Shundayki:
Shu oyat to’g’ridan tushunilgan ma`no ila shunday farmon etmoqda: "Zalolat ahlining o’lishi ila samovot va zamin ularning ustida yig’lamaydilar". Va aksidan tushunilgan ma`no ila dalolat etmoqdaki: "Iymon ahlining dunyodan ketishi ila samovot va zamin ularning ustida yig’laydi". Ya`ni: Zalolat ahli modomiki samovot va arzning vazifalarini inkor etadi. Ma`nolarini bilmaydi. Ularning qiymatlarini yerga uradi. Sone`larini tanimaydi. Ularga qarshi bir haqorat, bir adovat qilganidan, albatta samovot va zamin ularga yig’lamoq emas, balki ularga nafrat etar, ularning o’lishi ila mamnun bo’larlar. Va aksidan tushunilgan ma`no ila deydi: "Samovot va arz iymon ahlining o’lishi ila yig’larlar". Zero, iymon ahli bo’lsa (chunki) samovot va arzning vazifalarini bilar. Haqiqiy haqiqatlarini tasdiq etadi. Va ular ifoda etgan ma`nolarni iymon ila anglaydi. "Naqadar go’zal yaratilganlar, naqadar go’zal xizmat etmoqdalar"- deydi. Va ularga loyiq qiymat beradi va hurmat ko’rsatadi. Janobi Haq hisobiga ularga va ular oyna bo’lgan ismlarga muhabbat etadi. Xullas, shu sir uchundirki, samovot va zamin iymon ahlining zavolidan xuddi yig’laganday mahzun bo’ladilar.
Аудио мавжуд эмас