So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 420
(390-427)
Ham, payg’ambarlar va avliyolarni sevmoq Janobi Haqning maqbul bandasi bo’lish jihati ila Janobi Haq nomidan va hisobidandir va u nuqtai nazardan Unga oiddir.
Ham, hayotni Janobi Haqning insonga va senga bergan eng qiymatdor va boqiy hayotni senga qozontiradigan bir sarmoya va bir dafina va boqiy kamolotning jihozlarini o’zida jamlagan bir xazina sifatida sevmoq, muhofaza etmoq Janobi Haqning xizmatida ishlattirmoq, yana u muhabbat bir jihatda Ma`budga oiddir.
Ham, yoshlikning latofatini, go’zalligini Janobi Haqning latif, shirin, go’zal bir ne`mati nuqtai nazaridan tahsin etmoq, sevmoq, go’zal iste`mol etmoq shokirona bir navi mashru` muhabbatdir.
Ham, bahorni Janobi Haqning nuroniy ismlarining eng latif, go’zal naqshlarining sahifasi va Sone`i Hakiymning antiqa san`atining eng ziynatli va porloq san`atlarining bir namoyishgohi bo’lgani sifatida mutafakkirona sevmoq Janobi Haqning ismlarini sevmoqdir.
Ham, dunyoni oxirat ekinzori va Ilohiy ismlarning oynasi va Janobi Haqning maktublari va vaqtinchalik bir mehmonxonasi jihatida sevmoq, nafsi ammora aralashmaslik sharti ila, Janobi Haqqa oid bo’lar.
Al-hosil: Dunyoni va undagi maxluqotni harfiy ma`no ila sev. Ismiy ma`no ila sevma. "Naqadar go’zal yaratilgan!" de. "Naqadar go’zaldir!" dema. Va qalbing botiniga boshqa muhabbatlarning kirishiga yo’l berma. Chunki qalbning botini oyna-i Samaddir va Unga maxsusdir. اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا حُبَّكَ وَحُبَّ مَا يُقَرِّبُنَاۤ اِلَيْكَ de.
Xullas, butun sanab o’tganimiz muhabbatlar agar shu suratda bo’lsa, ham alamsiz bir lazzat berar, ham bir jihatda zavolsiz bir visoldir. Ham Alloh muhabbatini ziyodalashtirar, ham mashru` bir muhabbatdir. Ham ayni lazzat bir shukrdir. Ham ayni muhabbat bir fikrdir.
Masalan: Qandayki bir oliy podshoh(Izoh) senga bir olma ehson etsa, u olmada ikki muhabbat va unda ikki lazzat bor. Biri: olma olma bo’lgani uchun sevilar va olmaga maxsus va olma nisbatida bir lazzat bor. Shu muhabbat podshohga oid emas. Balki huzurida u olmani og’ziga olib yegan odam podshohni emas, olmani sevar va nafsiga muhabbat etar. Ba`zan shunday bo’ladiki, podshoh u nafsparvarona muhabbatni yoqtirmas, undan nafratlanar. Ham, olma lazzati ham juz`iydir, ham zavol topar, olmani yeb bo’lingach u lazzat ham ketar, bir taassuf qolar. Ikkinchi muhabbat esa, olma ichidagi olma ila ko’rsatilgan shohona iltifotlardir. Go’yo u olma shohona iltifotlarning namunasi va mujassamidir deya boshiga ko’targan odam podshohni sevishini izhor etar. Ham iltifotning g’ilofi bo’lgan u mevada shunday bir lazzat borki, ming olma lazzatidan ham ustundir. Xullas, shu lazzat ayni shukrondir. Shu muhabbat podshohga nisbatan hurmatli bir muhabbatdir.
Xuddi shuning kabi, butun ne`matlarga va mevalarga zotlari uchun muhabbat etilsa, yolg’iz moddiy lazzatlari ila g’ofilona lazzatlanilsa, u muhabbat nafsoniydir. U lazzatlar ham o’tkinchi va alamlidir. Agar Janobi Haqning rahmat iltifotlari va ehsonlarining mevalari jihati ila sevsa va u ehson va iltifotlarning lutf darajalarini taqdir etmoq suratida mukammal ishtaha ila lazzat olsa, ham ma`naviy bir shukr, ham alamsiz bir lazzatdir.
UCHINCHI NUKTA: Janobi Haqning ismlariga qarshi bo’lgan muhabbatning tabaqalari bor. Sobiqan bayon etganimizdek, ba`zan asarlarga muhabbat surati ila ismlarni sevar. Ba`zan ismlarni Ilohiy kamolotning unvonlari bo’lgani jihat ila sevar. Ba`zan inson mohiyatining jome`iyati jihati ila hadsiz ehtiyojlar nuqtasida ismlarga muhtoj va mushtoq bo’lar va u ehtiyoj ila sevar. Masalan: Sen butun shafqat etganing qarindoshlar va faqirlar va zaif va muhtoj maxluqlarga qarshi ojizona madad ehtiyojini his etganing holda, biri chiqsa, istaganingdek ularga yaxshilik qilsa, u zotning in`om etuvchi unvoni va kariym ismi naqadar senga yoqar, naqadar u zotni unvoni ila sevasan.
-------------------------------------------------------------
(Izoh) Bir vaqtlar ikki qabila raisi bir podshohning huzuriga kirganlar, yozilgan ayni vaziyatda bo’lganlar.
Аудио мавжуд эмас