So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 422
(390-427)
TO’RTINCHI NUKTA: Sen deysan: "Mening taomlarga, nafsimga, rafiqamga, ota-onamga, farzandlarimga, ahbobimga, avliyolarga, payg’ambarlarga, go’zal narsalarga, bahorga, dunyoga bog’liq boshqa-boshqa har xil muhabbatlarimning (Qur`on amr etgan tarzda bo’lsa) natijalari, foydalari nedir?"
Javob: Hamma natijalarini bayon etish uchun katta bir kitob yozmoq lozim kelar. Hozircha yolg’iz qisqagina bir-ikki natijaga ishora etiladi. Avvalo, dunyodagi naqd natijalari bayon qilinadi. So’ngra oxiratda namoyon bo’ladigan natijalari zikr etiladi. Shundayki:
Sobiqan bayon qilinganidek, g’aflat ahli va dunyo ahli kabi va nafs hisobiga bo’lgan muhabbatlarning dunyoda balolari, alamlari, mashaqqatlari ko’pdir. Safolari, lazzatlari, rohatlari ozdir. Masalan, shafqat ojizlik tufayli alamli bir musibat bo’lar. Muhabbat firoq tufayli baloli bir kuyish bo’lar. Lazzat zavol yuzidan zaharli bir sharbat bo’lar. Oxiratda esa Janobi Haq hisobiga bo’lmaganlari uchun yo foydasizdir yoki azobdir. (Agar haromga kirgan bo’lsa.)
Savol: Payg’ambarlar va Avliyolarga muhabbat qanday foydasiz qolar?
Javob: Nasroniylarning Iso Alayhissalomga va Rofiziylarning Hazrati Ali Roziyallohu Anhga muhabbatlari foydasiz qolgani kabi.
Agar u muhabbatlar Qur`on irshod etgan tarzda va Janobi Haq hisobiga va Rahmon muhabbati nomiga bo’lsalar, u payt ham dunyoda, ham oxiratda go’zal natijalari bor. Ammo dunyoda esa laziz taomlarga, go’zal mevalarga muhabbating alamsiz bir ne`mat va ayni shukr bir lazzatdir.
Nafsingga muhabbat esa: Unga achinmoq, tarbiya etmoq zararli havaslardan man etmoqdir. U vaqt nafs senga minmas, seni havosiga asir etmas. Balki sen nafsingga minasan. Uni havoga emas, hidoyatga yetaklaysan.
Rafiqa-i hayotingga muhabbating modomiki siyrat go’zalligi va shafqat ma`dani va rahmat hadyasi bo’lganiga bino etilgan. U rafiqangga samimiy muhabbat va marhamat ko’rsatsang, u ham senga jiddiy hurmat va muhabbat ko’rsatar. Ikkingiz keksayganingiz sari u hol ziyodalashar, mas`udona hayotingni kechirasan. Yo’qsa, surat go’zalligiga muhabbat nafsoniy bo’lsa, unday muhabbat tezda buzilar, yaxshi munosabatni ham buzar.
Padar va volidaga qarshi muhabbating Janobi Haq hisobiga bo’lganidan ham bir ibodat, ham ular keksayganlari sari hurmat va muhabbatni ziyodalashtirasan. Eng oliy bir his ila, eng mardona bir hurmat ila ularning umrlarining uzayishini jiddiy orzu qilib, baqolariga duo etmoq, to bular tufayli yanada ko’proq savob qozonayin deya samimiy hurmat ila ularning qo’llarini o’pmoq, ulviy bir ruhoniy lazzat olmoqdir. Bo’lmasa nafsoniy, dunyo e`tibori ila bo’lsa, ular keksayganlarida va senga yuk bo’ladigan bir holatga tushganlarida, eng past va eng olchoq bir his ila borliklarini yoqtirmaslik, hayoting sababi bo’lmish u muhtaram zotlarning o’limlarini orzu etishdek vahshiy, ayanchli ruhiy bir alamdir.
Farzandlaringga muhabbat esa: Janobi Haqning nazoratingga va tarbiyangga omonat qilib bergan sevimli, unsiyatli u maxluqlarga muhabbat esa saodatli bir muhabbat, bir ne`matdir. Na musibatlari ila ortiqcha alam chekasan, nada o’limlari ila ma`yusona faryod etasan. Sobiqan aytib o’tilganidek, ularning Xoliqlari ham Hakiym, ham Rahiym bo’lganidan, “Ular uchun o’lim bir saodatdir” deysan. Sen haqqingda esa, ularni senga bergan Zotning rahmatini o’ylaysan, firoq alamidan qutulasan.
Do’stlarga muhabbating esa: Modomiki “Lilloh” uchundir, u do’stlarning firoqlari, hatto o’limlari suhbatingizga va uxuvvatingizga mone bo’lmagani uchun u ma`naviy muhabbat va ruhoniy bog’liqlikdan foydalanasan. Va muloqot lazzati doimiy bo’ladi. “Lilloh” uchun bo’lmasa, bir kunlik muloqot lazzati yuz kunlik firoq alamini natija beradi.(Izoh)
-------------------------------------------------------
(Izoh) Lilloh uchun bir soniya muloqot bir yildir. Dunyo uchun bo’lsa, bir yil bir soniyadir.
Аудио мавжуд эмас