So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 425
(390-427)
Ham, dunyoda yoshlikka muhabbat, ya`ni ibodatda yoshlik quvvatini sarf etishning natijasi Dori Saodatda abadiy bir yoshlikdir.
UCHINCHI ISHORA: Rafiqa-i hayotingga mashru` doirada, ya`ni latif shafqatiga, go’zal xislatiga, siyrat go’zalligiga binoan samimiy muhabbat ila rafiqa-i hayotingni ham noshizolikdan, boshqa gunohlardan muhofaza etishning uxroviy natijasi esa Rahiymi Mutlaq u rafiqa-i hayotni hurlardan ham go’zal bir suratda va yanada ziynatli bir tarzda, yanada jozibador bir shaklda unga dori saodatda abadiy bir rafiqa-i hayotni va dunyodagi eski mojarolarini bir-biriga lazzatlanib naql etmoq va eski xotiralarini bir-biriga eslatadigan anis, latif, abadiy bir do’st, bir muhib va mahbub sifatida berilishini va`da qilgandir. Albatta, va`da qilgan narsasini qat`iy berajakdir.
TO’RTINCHI ISHORA: Ota-ona va farzandlarga mashru` muhabbatning natijasi: (Nassi Qur`on ila) Janobi Arhamur Rahimiyn ularning maqomlari boshqa-boshqa bo’lsa ham, yana u mas`ud oilaga sof o’laroq suhbat lazzatini Jannatga loyiq bir go’zal munosabat suratida dori baqoda abadiy muloqot ila ehson etar. Va o’n besh yoshga kirmasdan, ya`ni balog’at chegarasiga yetmasdan vafot etgan bolalar وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ ila ta`bir qilingan Jannat bolalari shaklida va Jannatga loyiq bir tarzda g’oyat bezalgan, sevimli bir suratda ularni Jannatda ham padar va volidalarining quchoqlariga berar, bolaparvarlik tuyg’ularini mamnun qilar, abadiy u zavqni va u lazzatni ularga berar. Zero, bolalar balog’at yoshiga yetmaganlari bois abadiy sevimli, shirin bola holatida qolajaklar. Dunyodagi har lazzatli narsaning eng a`losi Jannatda bordir. Faqat juda shirin bo’lgan bolaparvarlik, ya`ni bolalarini sevib erkalash zavqi, Jannat nasl davom ettirish joyi bo’lmagani uchun, Jannatda yo’q deb o’ylanar edi. Mana bu shaklda u ham bordir. Ham eng zavqli va eng shirin bir tarzda bordir. Mana, balog’atga yetmagan farzandi vafot etganlarga xushxabar...
BESHINCHI ISHORA: Dunyoda "Al-hubbu fillah" hukmiga binoan solih ahboblarga muhabbatning natijasi Jannatda عَلٰى سُرُرٍ مُتَقَابِلِينَ ila ta`bir qilingan bir-biriga qarata o’rnatilgan Jannat o’rindiqlarida o’tirib xush, shirin, go’zal, shirin bir suratda dunyo mojarolarini va eski xotiralarini bir-birlariga naql etib, vaqtlarini chog’ qilish suratida firoqsiz, sof bir muhabbat va suhbat tarzida ahboblari ila ko’rishtirishi Qur`onning nassi ila sobitdir.
OLTINCHI ISHORA: Payg’ambarlar va avliyolarga Qur`on ta`rif etgan tarzda muhabbatning natijasi: U payg’ambarlar va avliyolarning shafoatlaridan barzohda, hashrda foydalanmoq ila birga, g’oyat ulviy va ularga loyiq maqom va fayzlardan u muhabbat vositasi ila fayz olmoqdir. Ha,
اَلْمَرْءُ مَعَ مَنْ اَحَبَّ siriga ko’ra, oddiy bir odam eng yuksak bir maqomga muhabbat qo’ygan oliy maqom bir zotga tobeligi ila kira olar.
YETTINCHI ISHORA: Go’zal narsalarga va bahorga mashru` muhabbatning, ya`ni "Qanday go’zal yaratilgan" nazari ila u asarlarning ortidagi ishlarning go’zalligini va intizomini va fe`l intizomi ortidagi go’zal ismlarning jilvalarini va u go’zal ismlar ortida sifatning tajalliylarini va hokazo sevmoqlikning natijasi: Dori baqoda u go’zal ko’rgan san`atli asarlardan ming marta yanada go’zal bir tarzda ismlarning jilvasini va ismlar ichidagi jamol va sifatini Jannatda ko’rmoqdir. Hatto Imomi Rabboniy (R.A.) demishki: "Jannat go’zalliklari ismlar jilvalarining akslaridir". O’ylab ko’r!..
Аудио мавжуд эмас