So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 426
(390-427)
SAKKIZINCHI ISHORA: Dunyoda dunyoning oxirat ekinzori va Alloh ismlarining oynasi bo’lgan ikki go’zal yuziga qarshi mutafakkirona muhabbatning uxroviy natijasi: Dunyo qadar, faqat foniy dunyo kabi foniy emas, boqiy bir Jannat berilajakdir. Ham, dunyoda yolg’iz zaif soyalari ko’rsatilgan ismlar u Jannatning oynalarida eng porloq bir suratda ko’rsatilajakdir. Ham, dunyoni oxirat ekinzori yuzida sevmoqning natijasi: Dunyoni ko’chatzor, ya`ni faqat ko’chatlarni bir daraja yetishtirgan kichik bir ekinzori hukmida bo’ladigan shunday bir Jannatni beradiki, dunyoda havas va inson hissiyoti kichik nihollar bo’lgani holda, Jannatda eng mukammal bir suratda inkishof va dunyoda urug’chalar hukmida bo’lgan iste`dodlarni lazzat va kamolot navlari ila sunbullanadigan suratda unga berilishi rahmatining va hikmatining taqozosi bo’lgani kabi, hadisning nasslari ila va Qur`onning ishoralari ila sobitdir. Ham, modomiki dunyoning har xatoning boshi bo’lmish yomonlangan muhabbati emas, balki ismlarga va oxiratga qaragan ikki yuzini ismlar va oxirat uchun sevgan va fitriy ibodat ila u yuzlarni ma`mur etgan, go’yo butun dunyosi ila ibodat etgan. Albatta, dunyo qadar bir mukofot olishi rahmat va hikmat taqozosidir. Ham, modomiki oxiratning muhabbati ila uning ekinzorini sevgan va Janobi Haqning muhabbati ila ismlari oynasini sevgan, albatta dunyo kabi bir mahbub istar. U ham dunyo qadar bir Jannatdir.
Savol: Bu qadar katta va xoli Jannat nimaga yarar?
Javob: Qandayki agar mumkin bo’lsa edi xayol tezligi ila zaminning atrofini va yulduzlarning aksarisini kezsang, "Butun olam menikidir" deya olasan. Malaklar va inson va hayvonlarning ishtiroklari sening u hukmingni buzmas. Xuddi shuningdek, u Jannat ham to’la bo’lsa, "U Jannat menikidir" deyishing mumkin. Hadisda ba`zi Jannatlilarga berilgan besh yuz yillik bir Jannat siri Yigirma Sakkizinchi So’zda va Ixlos Yog’dusida bayon etilgandir.
TO’QQIZINCHI ISHORA: Iymon va muhabbatullohning natijasi: Kashf va tahqiq ahlining ittifog’i ila, dunyoning ming yillik mas`udona hayoti bir soatiga arzimagan Jannat hayoti va Jannat hayotining ham ming yili bir soat mushohadasiga arzimagan bir muqaddas, munazzah jamol va kamol sohibi bo’lmish Zoti Zuljalolning mushohadasi, ru`yatidirki;(Izoh) qat`iy hads ila va Qur`onning nassi ila sobitdir. Hazrati Sulaymon Alayhissalomday muhtasham bir jamol ila mashhur bir zotning ru`yatiga ishtiyoqmand bir qiziqish, Hazrati Yusuf Alayhissalomday bir jamol ila mumtoz bir zotning shuhudiga qiziqishli bir ishtiyoqni har kas vijdonan his etar. Ajabo, dunyoning butun mahosin va kamolotidan minglab daraja yuksak bo’lgan Jannatning butun mahosin va kamoloti jamoli va kamolining bir jilvasi bo’lmish bir Zotning ru`yati na qadar marg’ub, maroqlantiruvchi va shuhudi qay daraja matlub va ishtiyoq beruvchi ekanini qiyos eta olsang et...

اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا فِى الدُّنْيَا حُبَّكَ وَحُبَّ مَا يُقَرِّبُنَاۤ اِلَيْكَ وَاْلاِسْتِقَامَةَ كَمَاۤ اَمَرْتَ وَفِى اْلاٰخِرَةِ رَحْمَتَكَ وَرُؤْيَتَكَ
سُبْحَانَكَ لاَعِلْمَ لَنَاۤ اِلاَّ مَاعَلَّمْتَنَاۤ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ وَعَلٰۤى اٰلِهِ وَصَحْبِهِۤ اَجْمَعِينَ اٰمِينَ
---------------------------------------------------------
(Izoh) Hadisning nassi ila: "U shuhud bytun Jannat lazzatlaridan shu daraja yuksakdirki, ularni unuttirar. Va shuhuddan keyin shuhud ahlining jamol go’zalligi shu daraja ziyodalasharki, qaytganlari vaqt saroylaridagi oilalari juda diqqat ila zo’rg’a ularni taniy oladilar", hadisda vorid bo’lgandir.
Аудио мавжуд эмас