So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 424
(390-427)
MUQADDIMA: Janobi Haq jalil uluhiyati ila, jamiyl rahmati ila, kabir rububiyati ila, kariym marhamati ila, azim qudrati ila, latif hikmati ila shu kichkina insonning vujudini bu qadar havas va hissiyot ila, bu daraja badan a`zolari va jihozlar ila va muxtalif a`zo va vositalar ila va turli-tuman latif tuyg’ular va ma`naviyat ila jihozlagan va ziynatlagan, toki turli-tuman va juda ko’p vositalar ila hadsiz ne`matlarining navlarini, ehsonotining turlarini, rahmatining tabaqalarini u insonga his ettirsin, bildirsin, tottirsin, tanittirsin, sevdirsin. Va u insondagi ko’p kasratli vositalar va jihozlarning har birisining boshqa-boshqa xizmati, ubudiyati bo’lgani kabi, boshqa-boshqa lazzati, alami, vazifasi va mukofoti bordir. Masalan, ko’z suratlardagi go’zalliklarni va ko’ringan borliqlar olamida go’zal qudrat mo’`jizalarining navlarini tomosha qilar. Vazifasi ibrat nazari ila Sone`iga shukrondir. Nazarga maxsus lazzat va alam ma`lumdir, ta`rifga hojat yo’q. Masalan, quloq sadolarning navlarini, latif ohanglarini va san`atli asarlar olamida Janobi Haqning rahmat tuyg’ularini his etar. Boshqacha bir ubudiyat, boshqacha bir lazzat, boshqacha bir mukofoti ham bor. Masalan, hid sezish tuyg’usi hidlar toifasidagi rahmat tuyg’ularini his etar. O’ziga maxsus bir shukr vazifasi, bir lazzati bordir. Albatta, mukofoti ham bordir. Masalan, tildagi ta`m sezish tuyg’usi barcha taomlarning zavqlarini anglamoq ila g’oyat muxtalif bir ma`naviy shukr ila vazifa ko’rar va hokazo... Butun inson jihozlarining va qalb va aql va ruh kabi buyuk va muhim latif tuyg’ularning bunday boshqa-boshqa vazifalari, lazzatlari va alamlari bordir.
Xullas, Janobi Haq va Hakiymi Mutlaq bu insonda xizmat ettirgan bu jihozlarning, albatta, har birlariga loyiq haqlarini berajakdir. U ko’p muhabbat navlarining sobiqan bayon etilgan dunyodagi naqd natijalarini har kas vijdonan his qilar. Va bir sodiq qat`iyat ila isbot etilar. Oxiratdagi natijalari esa, qat`iyan vujudlari va haqiqatlashishlari ijmolan O’ninchi So’zning o’n ikki porloq aniq va shubhasiz haqiqati ila va Yigirma To’qqizinchi So’zning olti yaqqol asoslari ila isbot etilgani kabi tafsilan
اَصْدَقُ الْكَلاَمِ وَاَبْلَغُ النِّظَامِ كَلاَمُ اللهِ الْمَلِكِ الْعَزِيزِ الْعَلاَّمِ
bo’lgan Qur`oni Hakimning oyati bayyinoti ila tasrih va talveh va ramz va ishorasi ila qat`iyan sobitdir. Ortiq uzoq hujjatlar keltirishga ehtiyoj yo’q. Zotan, boshqa So’zlarda va Jannatga doir Yigirma Sakkizinchi So’zning arabiy bo’lgan ikkinchi maqomida va Yigirma To’qqizinchi So’zda ko’p hujjatlar keltirilgandir.
BIRINCHI ISHORA: Laziz taomlarga, shirin mevalarga shokirona mashru` muhabbatning uxroviy natijasi, Qur`onning nassi ila, Jannatga loyiq bir tarzda laziz taomlari, go’zal mevalaridir. Va u taomlarga va u mevalarga ishtahali bir muhabbatdir. Hatto dunyoda yegan meva ustida aytganing “Alhamdulillah” kalimasi jannat mevasi o’laroq moddiylashtirilib senga taqdim etilar. Bu yerda meva yeysan, u yerda “Alhamdulillah” yeysan. Va ne`matda va taom ichida Ilohiy in`omni va Rahmoniy iltifotni ko’rganing uchun u lazzatli ma`naviy shukr Jannatda g’oyat laziz bir taom suratida senga berilishi hadisning nassi ila, Qur`onning ishoralari ila va hikmat va rahmatning taqozosi ila sobitdir.
IKKINCHI ISHORA: Dunyoda mashru` bir suratda nafsingga muhabbat, ya`ni go’zalliklari ustiga bino qilingan muhabbat emas, balki nuqsonliklarini ko’rib kamolga erishtirish ustiga bino qilingan shafqat ila uni tarbiya etmoq va uni xayrga yo’llamoq natijasi u nafsga loyiq mahbublarni Jannatda beradi. Nafs, modomiki dunyoda havo va havasini Janobi Haq yo’lida chiroyli iste`mol qilmish. Jihozlarini, tuyg’ularini go’zal surat ila xizmat qildirmish. Kariymi Mutlaq unga dunyodagi mashru` va ubudiyatkorona muhabbatining natijasi sifatida Jannatda Jannatning yetmish xilma-xil ziynat va latofat navlarining namunalari bo’lmish yetmish xilma-xil ko’ylakni kiydirib, nafsdagi barcha tuyg’ularni mamnun qiladigan, silaydigan yetmish husn ila vujud navlarini bezab, har biri ruhli kichik bittadan Jannat hukmida bo’lgan hurlarni u boqiy olamda berishi juda ko’p oyatlar ila ochiqlangan va isbot qilingandir.
Аудио мавжуд эмас