So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 417
(390-427)
Dunyoning bir musofirxona-i Rahmon ekanligini ko’rsatmoq ila va dunyodagi mavjudot esa Ilohiy ismlarning oynalari bo’lganliklarini va san`atli asarlari esa har vaqt yangilanib turadigan Samadoniy maktublar bo’lganliklarini bildirmoq ila insonning dunyo fanosidan va ashyo zavolidan va o’tkinchi narsalarni sevgidan kelgan yaralarini go’zal bir tarzda davolar va vahimalarning zulmatidan qutqarar. Ham, o’lim va ajalni barzoh olamiga ketgan va baqo olamida bo’lgan ahboblarga visol va muloqot muqaddimasi sifatida ko’rsatar. Zalolat ahlining nazarida barcha ahbobidan abadiy bir firoq deb o’ylagan o’lim yaralarini shu tariqa davolar. Va u firoq ayni qovushish ekanini isbot etar. Ham, qabrning olami rahmatga va dori saodatga va Jannat bog’lariga va Rahmonning nuristoniga ochilgan bir eshik ekanini isbot etmoq ila insonning eng mudhish qo’rquvini bartaraf etib, eng alamli va qayg’uli va yurakni ezuvchi bo’lgan barzoh sayohatini eng laziz va unsiyatli va sevinchli bir sayohat ekanini ko’rsatar. Qabr ila ajdarho og’zini yopar, go’zal bir bog’chaga eshik ochar. Ya`ni, qabr ajdarho og’zi bo’lmaganini, balki rahmat bog’istoniga ochilgan bir eshik bo’lganini ko’rsatar.
Ham, mo’minga der: "Ixtiyoring juz`iy bo’lsa, o’z sohibingning kulliy irodasiga ishingni topshir. Iqtidoring kichik bo’lsa, Qodiyri Mutlaqning qudratiga e`timod et. Hayoting oz bo’lsa, boqiy hayotni o’yla. Umring qisqa bo’lsa, abadiy bir umring bor, maroq etma. Fikring so’niq bo’lsa, Qur`onning quyoshi ostiga kir, iymoning nuri ila boqki, xira bo’lgan fikring o’rniga har bir Qur`on oyatlari bittadan yulduz kabi senga ishiq berar. Ham hadsiz umidlaring, alamlaring bor bo’lsa, nihoyatsiz bir savob va hadsiz bir rahmat seni kutmoqda. Ham hadsiz orzularing, maqsadlaring bo’lsa, ularni o’ylab iztirob chekma. Ular bu dunyoga sig’maydilar. Ularning joylari boshqa bir diyordir va ularni bergan ham boshqadir".
Ham der: "Ey inson! Sen o’zingga sohib emassan. Sen qudrati nihoyatsiz bir Qodiyr, rahmati hadsiz bir Rahiymi Zoti Zuljalolning mamlukisan. Shunday ekan, sen o’z hayotingni o’zingga yuklab zahmat chekma, chunki hayotni bergan Udir. Idora etgan ham Udir. Ham dunyo sohibsiz emaski, sen o’z boshingga dunyo yukini yuklatib olib ahvolini o’ylab maroq etma. Chunki uning sohibi Hakiymdir, Aliymdir. Sen esa mehmonsan, fuzuliy bo’lib qo’shilma, chalkashtirma. Ham insonlar hayvonlar kabi mavjudot, o’z hollariga tashlab qo’yilmaganlar, balki vazifador ma`murdirlar. Bir Hakiymi Rahiymning nazaridadirlar. Ularning alam va mashaqqatlarini o’ylab, ruhingga alam chektirma. Va ularning Xoliqi Rahiymining rahmatidan ilgari shafqatingni surma. Ham senga dushmanlik vaziyatini olgan mikrobdan to vabo, to’fon va qurg’oqchilik va zilzilaga qadar butun narsalarning tizginlari u Rahiymi Hakiymning qo’lidadir. U Hakiymdir, behuda ish qilmas. Rahiymdir, rahimiyati ko’pdir. Qilayotgan har ishida bir navi lutf bor".
Ham yana deydi: "Shu olam garchi foniydir, lekin abadiy bir olamning kerakli narsalarini yetishtiradi. Garchi zoildir, o’tkinchidir, lekin boqiy mevalar beradi, boqiy bir zotning boqiy ismlarining jilvalarini ko’rsatadi. Va garchi lazzatlari oz, alamlari esa ko’pdir, lekin Rahmoni Rahiymning iltifotlari zavolsiz haqiqiy lazzatlardir. Alamlar esa savob jihati ila ma`naviy lazzat yetishtiradi. Modomiki mashru` doira ruh va qalb va nafsning barcha lazzatlariga, safolariga, kayflariga kifoyadir. G’ayri mashru` doiraga kirma. Chunki u doiradagi bir lazzatning ba`zan ming alami bor. Ham haqiqiy va doimiy lazzat bo’lgan Rahmoniy iltifotlarni boy berishga sababdir.
Ham zalolatning yo’lida, sobiqan bayon etilganidek, insonni asfali sofiliynga shunday sukut ettiradiki, hech bir madaniyat, hech bir falsafa unga chora topa olmaganlari va u chuqur zulmat qa`ridan hech bir bashar taraqqiyoti, hech bir fan kamoloti insonni chiqara olmagani holda, Qur`oni Hakim iymon va solih amal ila u asfali sofiliynga sukutdan insonni a`loyi illiyinga chiqarar va qat`iy dalillar ila chiqarishini isbot etadi va u chuqur quduqni ma`naviy taraqqiyotning pog’onalari ila va ruhiy yuksalishning jihozlari ila to’ldiradi.
Ham basharning uzun va qiyin va notinch bo’lmish abad tarafidagi yo’lchiligini g’oyat darajada yengil etar va osonlashtirar. Ming, balki ellik ming yillik masofani bir kunda bostiradigan vositalarni ko’rsatar.
Аудио мавжуд эмас