So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 415
(390-427)
IKKINCHI NUQTANING IKKINCHI QISMI
Zalolat ahli vakili tutinadigan va zalolatini unga bino etadigan hech bir narsa topolmagani va ilzom etilgan payti deydiki:
"Men dunyo saodatini va hayot lazzatini va madaniyat taraqqiyotini va san`at go’zalligini, o’zimcha, oxiratni o’ylamaslikda va Allohni tanimaslikda va dunyo sevgisida va hurriyatda va o’ziga tayanishda bilganim uchun insonlarning aksarisini bu yo’lga shaytonning himmati ila yo’lladim va yo’llayotirman".
Javob: Biz ham Qur`on nomidan deymizki: Ey bechora inson! Esingni yig’! Zalolat ahli vakilini tinglama! Agar unga quloq solsang, ziyoning shu qadar katta bo’larki, tasavvuridan ruh, aql va qalb titrar. Sening qarshingda ikki yo’l bor:
Biri: Zalolat ahli vakili ko’rsatgan shaqovatli yo’ldir.
Boshqasi: Qur`oni Hakim ta`rif qilgan saodatli yo’ldir. Xullas, shu ikki yo’lning juda ko’p muvozanatlarini ko’p So’zlarda, xususan Kichik So’zlarda ko’rding va anglading. Endi maqom munosabati ila mingdan bir muvozanatlarini yana ko’r, angla. Shundayki:
Shirk va zalolatning va fisq va safohatning yo’li insonni nihoyat darajada sukut ettiradi. Hadsiz alamlar ichida nihoyatsiz og’ir bir yukni zaif va ojiz beliga yuklaydi. Chunki inson Janobi Haqni tanimasa va Unga tavakkal qilmasa, u payt inson g’oyat darajada ojiz va zaif, nihoyatsiz darajada muhtoj, faqir, hadsiz musibatlarga ma`ruz, alamli, qayg’uli bir foniy hayvon hukmida bo’lib, butun sevgan va aloqa paydo etgan barcha narsalardan doimiy ravishda ayriliq alamlarini cheka-cheka, oxirida boqiy qolgan barcha ahbobini alamli bir firoq ichra tashlab, qabrning zulmatiga yolg’iz holda ketar. Ham hayoti muddatida g’oyat juz`iy bir ixtiyor va kichik bir iqtidor va qisqacha bir hayot va oz bir umr va so’niq bir fikr ila nihoyatsiz alamlar ila va armonlar ila foydasiz to’qnashar va hadsiz orzular va maqsadlarini ro’yobga chiqarish uchun samarasiz, bekordan-bekorga urinar. Ham o’z vujudini ko’tara olmagani holda ulkan dunyo yukini bechora beliga va boshiga yuklab olar. Hali Jahannamga bormasdanoq Jahannam azobini chekar.
Ha, shu ayanchli alamni va dahshatli ma`naviy azobni his etmaslik uchun zalolat ahli ibtoli his navidan g’aflat sarxushligi ila vaqtinchalik his etmas. Faqat his etadigan vaqtida, ya`ni qabrga yaqin qolgan vaqtida birdan his etar. Chunki Janobi Haqqa haqiqiy abd bo’lmasa, o’zini o’ziga sohib deb o’ylar. Holbuki, u juz`iy ixtiyor, u kichik iqtidori ila shu to’fonli dunyoda vujudini idora etolmaydi. Hayotiga zararli mikrobdan tortib to zilzilaga qadar minglab toifa dushmanlarni hayotiga qarshi hujum holatida ko’rar. Ayanchli bir qo’rquv dahshati ichida har vaqt o’ziga mudhish ko’ringan qabr eshigiga boqadi. Ham bu vaziyatda ekan, insoniyat e`tibori ila inson navi ila va dunyo ila aloqador bo’lgani holda, dunyoni va insonni Hakiym, Aliym, Qodiyr, Rahiym, Kariym bir zotning tasarrufida tasavvur etmagani hamda ularni tasodif va tabiatga havola etgani uchun dunyoning ahvoli va insonning ahvoli uni doimo rohatsiz qilar. O’z alami ila barobar insonlarning alamini ham chekar. Dunyoning zilzilasi, vabosi, to’foni, qurg’oqchilik va ochligi-yu qahatchiligi, fano va zavoli unga g’oyat azoblovchi va qorong’uli bittadan musibat suratida uni azoblar.
Ham shu holdagi inson marhamat va shafqatga loyiq emasdir. Chunki o’z-o’ziga bu dahshatli vaziyatni berayotir. Sakkizinchi So’zda o’raga tushgan ikki birodar holining muvozanatida aytilganidek, qandayki bir odam go’zal bir bog’da, go’zal bir ziyofatda, go’zal ahboblar ichida pok, shirin, nomusli, yoqimli, mashru` bir lazzat va xursandchilikka qanoat etmasdan, g’ayri mashru` va iflos bir lazzat uchun chirkin va murdor bir sharobni ichsa, mast bo’lib o’zini qish o’rtasida jirkanch bir joyda va hatto yirtqichlar orasida xayol etsa, titrab baqirib chaqirsa, marhamatga loyiq bo’lmaydi. Chunki nomus ahli va muborak do’stlarini yirtqich tasavvur etar, ularga qarshi haqorat etar. Ham ziyofatdagi laziz taomlarni va toza idishlarni iflos, kir toshlar tasavvur etar, sindirishni boshlar. Ham majlisda muhtaram kitoblarni va ma`nodor maktublarni ma`nosiz va oddiy naqshlar tasavvur etar, yirtib oyoq ostiga otar va hokazo... Bunday bir shaxs qanday marhamatga haqdor emas, balki ta`zirga loyiqdir.
Аудио мавжуд эмас