So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 412
(390-427)
UCHINCHI QISM


بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
Shu Uchinchi Qism Ikkinchi Nuqtadir. U ham Ikki Qismdir.
BIRINCHI QISM
وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ siricha: Hamma narsadan Janobi Haqqa qarshi derazalar hukmida ko’p taraflar bor. Butun mavjudotning haqiqatlari, butun koinotning haqiqati Allohning ismlariga tayanar. Har bir narsaning haqiqati bir ismga va yoxud ko’p ismlarga tayanar. Ashyodagi sifatlar, san`atlar ham har biri bittadan ismga tayanadi. Hatto haqiqiy hikmat fani "Hakiym" ismiga va haqiqatli tib fani "Shofiy" ismiga va muhandislik fani "Muqoddir" ismiga va hokazo har bir fan bir ismga tayangani va unda nihoyat topgani kabi, butun fanlar va bashariyat kamoloti va komil inson tabaqalarining haqiqatlari Ilohiy ismlarga tayanar. Hatto muhaqqiqiyni avliyoning bir qismi deganlar: "Haqiqiy ashyoning haqiqatlari Allohning ismlaridir. Ashyoning mohiyati esa u haqiqatlarning soyalaridir". Hatto bitta jonzotda yolg’iz zohiran yigirma qadar Alloh ismlari naqshining jilvalari ko’rina olar. Shu nozik va chuqur va juda buyuk va keng haqiqatni bir tamsil ila fahmga yaqinlashtirishga harakat qilamiz. Ikki-uch boshqa-boshqa elak ila elamoq suratida tahlil etamiz. Naqadar uzun bayon etsak yana qisqadir. Zerikmaslik kerak. Shunday:
Qandayki g’oyat mohir bir tasvirchi va haykaltarosh bir zot g’oyat go’zal bir gul ila va inson latif jinsidan g’oyat go’zal bir ayolning surat va haykalini qilmoq istasa, avvalo u ikki narsaning umumiy shakllarini ba`zi xatlar ila tayin etar. Shu tayini bir tartiblash iladir, bir taqdir ila qilar. Geometriya qonunlariga asoslangan holda hudud tayin etar. Shu tartiblash va taqdir bir hikmat va ilm ila qilinganligini ko’rsatadiki, tartiblamoq va hududlamoq fe`llari ilm va hikmat sirkuli ila aylanar. Unday bo’lsa, tartiblash va hududlash orqasida ilm va hikmat ma`nolari hukm etar. Unday bo’lsa ilm va hikmat sirkuli o’zini ko’rsatar. Mana, o’zini ko’rsatdiki, u hududlar ichida ko’z, quloq, burun, yaproq va mayingina popukchalar kabi narsalarning tasvirini boshladi. Hozir ko’rmoqdasizki, ichidagi sirkulning harakati ila tayin etilgan a`zolar san`atkorona va inoyatkorona tushmoqda. Unday bo’lsa u ilm va hikmat sirkulini aylantirgan, orqada sun` va inoyat ma`nolari bor, hukm etarlar va o’zlarini ko’rsatadilar. Xullas shundandirki, bir husn va ziynatga qobiliyat ko’rsatadi. Unday bo’lsa, sun` va inoyatni ishlattirgan tahsin irodasi va ziynatlash qasdidir. Unday bo’lsa ular hukm etadilarki, ziynatlashga, oydinlatishga boshladi. Bir tabassum vaziyatini ko’rsatdi va hayotdorlik suratini berdi. Albatta shu tahsin va oydinlatish ma`nosini ishlattirgan lutf va karam ma`nosidir. Ha, u ikki ma`no unda shu daraja hukm etarki, xuddi u gul jimslashgan bir lutf, u haykal jismlashgan bir karamdir. Hozir bu lutf va karam ma`nosini ishlattirgan va harakatlantirgan "tavaddud va taarruf" ma`nolaridir. Ya`ni: O’zini hunari ila tanittirmoq va xalqqa o’zini sevdirmoq ma`nolari orqada hukm etadi. Bu tanittirmoq va sevdirmoq, albatta marhamat ko’rsatish mayli va ne`matlantirish irodasidan keladi. Modomiki rahmat va ne`matlantirish irodasi orqada hukm etadi. Unday bo’lsa u haykalni ne`matning navlari ila to’ldiradi, ziynatlaydi, u gulning suratini ham bir hadyaga toqadi. Xullas, u haykalning qo’llarini, quchog’ini va cho’ntaklarini qiymatdor ne`matlar ila to’ldirdi va u gul suratini ham bir mujavharotga toqdi. Demak bu rahmat va ne`matlantirish irodasini ishlattirgan marhamat etmoq va shafqat ko’rsatmoqdir. Ya`ni "achinmoq va shafqat etmoq" ma`nosi rahmat va ne`matni harakatlantiradi.
Аудио мавжуд эмас