So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 409
(390-427)
TO’RTINCHI RAMZ: Bir narsaning lazzati, husni, jamoli o’xshash va zidlariga boqmoqdan ziyoda mazharlariga boqarlar. Masalan: Karam go’zal va xush bir sifatdir. Kariym bo’lgan zot boshqa ikrom etganlarga ustunlik jihati ila olgan lazzati nisbiyadan ming marta yanada xush bir lazzatni ikrom etgan odamlarning zavqlanishlari ila, sevinchlari ila olar. Ham bir shafqat va marhamat sohibi shafqat etgan maxluqlarining istirohatlari darajasida haqiqiy bir lazzat olar. Masalan: Bir volidaning bolasining xursandchiliklaridan va istirohatlaridan shafqat vositasi ila olgan lazzati shu daraja quvvatlidirki, ularning rohati uchun ruhini fido etar darajasiga keltirar. Hatto u shafqatning lazzati tovuqni bolalarini himoya etmoq uchun arslonga tashlatar.
Xullas, modomiki oliy vasflardagi haqiqiy lazzat va husn va saodat va kamol tengdosh va zidlarga qaramaydi. Balki mazharlar va aloqadorlariga boqadi. Albatta Hayyi Qayyum va Hannoni Mannon va Rahiym va Rahmon bo’lgan Zoti Zuljamol va Kamolning rahmatidagi jamol esa marhumlarga boqar. Marhamatiga mazhar bo’lganlarning, xususan boqiy Jannatda nihoyatsiz rahmat va shafqat navlariga mazhar bo’lganlarning saodatlari darajasiga va ne`matlanishlariga va sevinchlariga ko’ra u Zoti Rahmonir rahiym unga loyiq bir tarzda bir muhabbat, bir sevmoq kabi (unga loyiq shuunot ila ta`bir etilgan) ulviy, muqaddas, go’zal, munazzah ma`nolari bordir. "Muqaddas lazzat, muqaddas ishq, munazzah sevinch, muqaddas niyat" ta`bir etilgan, shariatning ruxsati bo’lmaganidan yod etolmaganimiz g’oyat munazzah, muqaddas shuunoti bordirki, har biri koinotda ko’rganimiz va mavjudot mobaynida his etganimiz ishq va sevinch va sururdan nihoyatsiz darajalarda yanada yuksak, yanada ulviy, yanada muqaddas, yanada munazzah bo’lganini ko’p yerlarda isbot etganmiz. U ma`nolarning bittadan yog’dulariga boqmoq istasang, keladigan tamsillarning durbini ila boq:
Masalan: Qandayki sahovatli, oliyjanob, mushfiq bir zot go’zal bir ziyofatni g’oyat faqir va och va muhtoj bo’lganlarga bermoq uchun sayohat etgan go’zal bir kemasiga yozar. O’zi esa ustida sayr etar. U faqirlarning minnatdorona ne`matlanishlari va u och bo’lganlarning mutashakkirona zavqlanishlari va u muhtoj bo’lganlarning sanokorona mamnuniyatlari; qay daraja u karim zotni masrur va mufarrah etar, qay daraja uning xushiga ketganini anglaysan.
Xullas, kichkina bir dasturxonning haqiqiy sohibi bo’lmagan va bir tarqatuvchi ma`mur hukmida bo’lgan bir insonning xursandchiligi bunday bo’lsa, jin va insni va hayvonotni olam fazosi dengizida sayru-sayohat ettirgan va bir safina-i Rabboniya bo’lgan katta zaminning ustiga mindirib, yuzida hadsiz yeguliklar navlari jamlangan bir dasturxonni yozib, butun jonzotlarni kichik bir nonushta navida u ziyofatga da`vat etmoq ila barobar, g’oyat mukammal va butun lazzat navlari jamlangan, sarmadiy, abadiy bir oxirat yurtida Jannatlarni, har birisini bittadan ne`mat dasturxoni qilib hadsiz lazzatlarni va latifalarni jamlangan bir tarzda nihoyatsiz bir zamonda, nihoyatsiz muhtoj, nihoyatsiz mushtoq, nihoyatsiz bandalariga haqiqiy yemoq uchun ziyofat ochgan bir Rahmoni Rahiymga oid va ta`birida ojiz bo’lganimiz muqaddas ma`nolarning muhabbatini va rahmati natijalarini qiyos eta olasan.
Ham masalan: Mohir bir san`atparvar, mahoratini ko’rsatishni sevadigan bir usto go’zal, plastinkasiz gapiradigan grammofon kabi bir san`atni ijod etgandan so’ng, uni qurib tajriba etadi, ko’rsatadi. U san`atkorning o’ylagan va istagan natijalarini eng mukammal bir tarzda ko’rsatsa, uning mujidi naqadar faxrlanar, naqadar mamnun bo’lar, nadaraja xushiga ketar. O’z-o’ziga "Barakalloh" der.
Xullas, kichkina bir inson ijodsiz, faqat yuzaki bir san`atchiligi ila bir grammofonning go’zal ishlashi ila bunday mamnun bo’lsa, ajabo bir Sone`i Zuljalol katta koinotni, bir musiqani bir grammofon hukmida ijod etgani kabi, zaminni va zamin ichidagi butun jonzotlarni va ayniqsa jonzotlar ichida insonning boshini shunday bir Rabboniy grammofon va bir Ilohiy musiqa tarzida qilganki, bashar hikmati u san`at qarshisida hayratidan barmog’ini tishlaydi.
Аудио мавжуд эмас