So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 411
(390-427)
BESHINCHI RAMZ: Besh nuqtadir:
Birinchi Nuqta: Zalolat ahlining vakili derki: "Hadislaringizda dunyo la`natlangan, "o’laskaning go’shti" ismi ila yod etilgandir. Ham butun avliyolar va haqiqat ahli dunyoni tahqir etadilar. "Yomondir, chirkindir" deydilar. Holbuki sen butun Allohning kamolotiga mador va hujjat uni ko’rsatmoqdasan va oshiqona undan bahs etmoqdasan?
JAVOB: Dunyoning uch yuzi bor:
Birinchi yuzi: Janobi Haqning ismlariga boqar. Ularning naqshlarini ko’rsatar. Harfiy ma`no ila ularga oynadorlik etar. Dunyoning shu yuzi hadsiz Samadoniy maktublardir. Bu yuzi g’oyat go’zaldir. Nafratga emas, ishqqa loyiqdir.
Ikkinchi yuzi: Oxiratga boqar. Oxiratning dalasidir, Jannatning ekinzoridir, rahmatning gul bog’chasidir. Shu yuzi ham avvalgi yuzi kabi go’zaldir. Tahqirga emas, muhabbatga loyiqdir.
Uchinchi yuzi: Insonning havaslariga boqqan va g’aflat pardasi olgan va dunyo ahlining zavqu istaklarining o’yinchog’i bo’lgan yuzdir. Shu yuz chirkindir. Chunki foniydir, zoildir, alamlidir, aldatar. Xullas, hadisda vorid bo’lgan tahqir va haqiqat ahlining etgani nafrat bu yuzdadir.
Qur`oni Hakimning koinotdan va mavjudotdan ahammiyatkorona, tahsinkorona bahsi esa avvalgi ikki yuzga boqar. Sahobalarning va boshqa ahlullohning marg’ub dunyolari avvalgi ikki yuzdadir.
Hozir, dunyoni tahqir etganlar to’rt sinfdir:
Birinchisi: Ma`rifat ahlidirki, Janobi Haqning ma`rifatiga va muhabbat va ibodatiga to’siq bo’lgani uchun tahqir etar.
Ikkinchisi: Oxirat ahlidirki, yo dunyoning zaruriy ishlari ularni uxroviy ishlardan man etgani uchun va yoxud shuhud darajasida iymon ila Jannatning kamolot va mahosiniga nisbatan dunyoni chirkin ko’rar. Ha, Hazrati Yusuf Alayhissalomga go’zal bir odam nisbat etilsa yana chirkin ko’ringani kabi, dunyoning naqadar qiymatdor mahosini bo’lsa, Jannatning mahosiniga nisbat etilsa, hech hukmidadir.
Uchinchisi: Dunyoni xor ko’rar. Chunki qo’liga o’tmas. Shu tahqir dunyoning nafratidan kelmaydi, muhabbatidan kelib chiqadi.
To’rtinchisi: Dunyoni xor ko’rar. Zero dunyo qo’liga o’tmoqda. Faqat turmasdan ketmoqda. U ham achchiqlanmoqda. Tasalli topmoq uchun tahqir etar. "Chirkindir" der. Shu tahqir esa, u ham dunyoning muhabbatidan kelib chiqmoqda. Holbuki maqbul tahqir udirki, oxirat sevgisidan va ma`rifatullohning muhabbatidan kelib chiqar.
Demak, maqbul tahqir avvalgi ikki qismdir. Janobi Haq bizni ulardan qilsin. Omin, bi hurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Аудио мавжуд эмас