So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 408
(390-427)
Chunki sifatning mabda`lari u zotiy shuundir. Va zotiy shuunning kamoli esa, biilmalyaqiyn zishuun zotning kamoliga va shunday loyiq bir kamoliga dalolat etadiki, u kamolning ziyosi shuun va sifatlar va ismlar va fe`llar va asarlar pardalaridan o’tgani holda, shu koinotda yana bu qadar husnni va jamolni va kamolni ko’rsatgan.
Xullas, shu daraja haqiqiy zotiy kamolotning qat`iy burhonlar ila vujudi sobit bo’lgandan so’ng, g’ayrga boqqan va o’xshash va zidlarga ustunlik jihati ila bo’lgan nisbiy kamolotning nima ahamiyati qolar, qay daraja so’niq bo’lishini anglaysan...
Ikkinchi Hujjat: Shu koinotga ibrat nazari ila boqilgan payt, vijdon va qalb sodiq bir qat`iyat ila his etarki: Shu koinotni bu daraja go’zallashtirgan va bezagan va mahosin navlari ila bezaganning nihoyat darajada bir jamol va kamoloti bordirki, shunday qilmoqda.
Uchinchi Hujjat: Ma`lumdirki; mavzun va muntazam va mukammal va go’zal san`atlar g’oyat go’zal bir dasturga tayanar. Mukammal va go’zal bir dastur esa, mukammal va go’zal bir ilmga va go’zal bir zehnga va go’zal bir ruh qobiliyatiga dalolat etar. Demak, ruhning ma`naviy go’zalligidirki, ilm vositasi ila san`atida maydonga keladi.
Xullas, shu koinot hadsiz moddiy mahosini ila bir ma`naviy va ilmiy mahosinning chakralaridir. Va u ilmiy va ma`naviy mahosin va kamolot, albatta hadsiz bir sarmadiy husn va jamolning va kamolning jilvalaridir.
To’rtinchi Hujjat: Ma`lumdirki, ziyoni berganning ziyodor bo’lishi lozim, nurlantirganning nuroniy bo’lishi kerak, ehson boylikdan kelar, lutf latifdan zuhur etar. Modomiki shundaydir, koinotga bu qadar husn va jamol bermoq va mavjudotga muxtalif kamolot bermoq; ishiq Quyoshni ko’rsatgani kabi, bir sarmadiy jamolni ko’rsatarlar.
Modomiki mavjudot zaminning yuzida buyuk bir daryo kabi kamolotning yog’dulari ila porlab o’tar. U daryo Quyoshning jilvalari ila porlagani kabi, shu oqib ketgan mavjudot ham husn va jamol va kamolning yog’dulari ila vaqtinchalik porlab ketar. Orqalaridan kelganlar ayni porlashi, ayni yog’dularni ko’rsatishlaridan tushuniladiki: Jarayon etgan suvning pufakchalaridagi jilvalar, go’zalliklar qandayki o’zlaridan emas, balki bir Quyoshning ziyosining go’zalliklari, jilvalaridir. Xuddi shuning kabi: Shu koinotning doimiy o’zgarishidagi vaqtincha porlagan mahosin va kamolot bir Shamsi Sarmadiy ismlari jamolining yog’dularidir.
نَعَمْ تَفَانِى الْمِرْاٰةِ زَوَالُ الْمَوْجُودَاتِ مَعَ تَجَلِّى الدَّاۤئِمِ مَعَ الْفَيْضِ الْمُلاَزِمِ مِنْ اَظْهَرِ الظَّوَاهِرِ اَنَّ الْجَمَالَ الظَّاهِرَ لَيْسَ مُلْكَ الْمَظَاهِرِ مِنْ اَفْصَحِ تِبْيَانٍ مِنْ اَوْضَحِ بُرْهَانٍ لِلْجَمَالِ الْمُجَرَّدِ لِـْلاِحْسَانِ الْمُجَدَّدِ لِلْوَاجِبِ الْوُجُودِ لِلْبَاقِى الْوَدُودِ ...
Beshinchi Hujjat: Ma`lumdirki, uch-to’rt muxtalif yo’ldan kelganlar ayni bir hodisani aytsalar, yaqiynni ifoda etgan tavotur darajasida u hodisaning qat`iy bo’lganiga dalolat etar.
Xullas mashrabcha va maslakcha va iste`dodcha va asrcha g’oyat muxtalif boshqa-boshqa butun muhaqqiqiynning muxtalif tabaqalaridan va avliyolarning muxtalif yo’llaridan va asfiyolarning muxtalif maslaklaridan va haqiqat olimlarining muxtalif mazhablaridan bo’lgan butun kashf va zavq va shuhud va mushohada ahli kashf va zavq va shuhud ila ittifoq etganlarki: Koinot mazharlarida va mavjudot oynalarida ko’rilgan mahosin va kamolot bitta Zoti Vojib-ul Vujud mukammalligining tajalliylaridir va ismlari jilvasining jamolidir.
Xullas bularning birligi tebranmas qat`iy bir hujjatdir.
Taxmin qilamanki: Shu ramzda zalolat ahlining vakili eshitmaslik uchun qulog’ini yopib qochishga majburdir. Zotan zulmatli boshlari ko’r shapalak kabi bu nurlarni ko’rishga chiday olmaslar. Unday bo’lsa, bundan so’ng ularni ko’p ham nazarga olmaymiz.
Аудио мавжуд эмас