So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 405
(390-427)
Agar u kinoyali ma`no to’g’ri bo’lsa, u kalom sodiqdir. Asl ma`nosi yolg’onchi bo’lsa ham, sidqini buzmas. Agar kinoyali ma`no to’g’ri bo’lmasa, asl ma`nosi to’g’ri bo’lsa, u kalom yolg’onchidir. Masalan: Kinoyali misollaridan: (Falonning tavil-un najod) deyilar. Ya`ni: "Qilichining kamari, bandi uzundir". Shu kalom u odamning qomatining uzunligiga kinoyadir. Agar u odam uzun bo’lsa, qilichi va kamari va bandi bo’lmasa ham, yana bu kalom sodiqdir, to’g’ridir. Agar u odamning bo’yi uzun bo’lmasa, garchi uzun bir qilichi va uzun bir kamari va uzun bir bandi bo’lsa, yana bu kalom yolg’ondir. Chunki asl ma`nosi qasd etilgan emas.
Xullas, O’ninchi So’zning va Yigirma Ikkinchi So’zning hikoyalari kabi, boshqa So’zlarning hikoyalari kinoyalar qismidandirlarki, bag’oyat to’g’ri va g’oyat sodiq va haqiqatga uyg’un bo’lgan hikoyalarning oxirlaridagi haqiqatlar u hikoyalarning kinoyalarining ma`nolaridir. Asl ma`nolari uzoqni yaqinlashtiradigan misollardir. Qanday bo’lsa bo’lsin, sidqiga va haqqoniyatiga zarar bermas. Ham u hikoyalar bittadan tamsildirlar. Yolg’iz umumga tushuntirmoq uchun hol lisoni, qol lisoni suratida va ma`naviy shaxs bir moddiy shaxs shaklida ko’rsatilgandir.

UCHINCHI MAQSAD
Umum zalolat ahlining vakili Ikkinchi Savoliga(Izoh) qarshi qat`iy va qanoatli va ilzom etuvchi javobni olgandan so’ng, shunday uchinchi bir savol etmoqda, deydiki: Qur`onda:
اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ
اَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ
kabi kalimalar boshqa xoliqlar, rahiymlar bo’lganini xabar berar. Ham demoqdasizki: "Olam Xoliqining nihoyatsiz kamoloti bor. Butun kamolot navlarining eng nihoyat martabalarini jome`dir". Holbuki narsalarning kamoloti ziddi ila bilinar. Alam bo’lmasa, lazzat bir kamol bo’lmas. Zulmat bo’lmasa, ziyo bilinmas, firoq bo’lmasa visol lazzat bermas va hokazo?
Javob: Birinchi qismga "besh ishora" ila javob beramiz:
BIRINCHI ISHORA: Qur`on boshdan oxirigacha tavhidni isbot etgani va ko’rsatgani uchun bir qat`iy dalildirki, Qur`oni Hakimning u navi kalimalari sizning fahm etganingiz kabi emasdir. Balki
اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ deyishi "Xoliqiyat martabalarining eng go’zalidadir" demakdirki, boshqa Xoliq bo’lganiga hech dalolati yo’q. Balki Xoliqiyatning boshqa sifatlar kabi ko’p martabalari bor.
اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ demoq "Xoliqiyat martabalarining eng go’zal, eng muntaho martabasida bir Xoliqi Zuljaloldir" demakdir.
IKKINCHI ISHORA: اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ kabi ta`birlar Xoliqlarning ko’pligiga boqmaydi. Balki maxluqiyatning navlariga boqadi. Ya`ni "hamma narsani hamma narsaga loyiq bir tarzda, eng go’zal bir martabada xalq etadigan bir Xoliqdir". Qandayki shu ma`noni اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ kabi oyatlar ifoda etar.
UCHINCHI ISHORA:
اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ , اَللهُ أَكْبَرُ
خَيْرُ الْفَاصِلِينَ
خَيْرُ الْمُحْسِنِينَ
kabi ta`birlardagi muvozanat Janobi Haqning bo’lgan sifat va ishlari boshqa u sifat va ishlarning namunalariga sohib bo’lganlar bilan muvozanat va ustun tutmoq emasdir. Chunki butun koinotda jin va ins va malakda bo’lgan kamolot uning kamolotiga nisbatan zaif bir soyadir, qanday muvozanatga kela olar? Balki muvozanat insonlarning va boxusus g’aflat ahlining nazariga ko’radir. Masalan:
------------------------------------------------------
(Izoh) Ikkinchi maqsadning boshidagi savol demakdir. Bo’lmasa, xotimaning oxiridagi bu kichkina savol emasdir.
Аудио мавжуд эмас