So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 402
(390-427)
O’n Oltinchi So’zda isbot va izoh etilgani kabi deymizki: Modomiki, Quyosh kabi ojiz va musahhar maxluqlar va ruhoniy kabi modda ila chegaralangan nim-nuroniy san`atli asarlar va shu chinor daraxtining ma`naviy nuri, ruhi hukmida bo’lgan uqda-i hayotiyasi va tasarruf markazi bo’lgan amriy qonunlar va irodaviy jilvalar nuroniyat siri ila bir yerda ekan va bitta juz`iy mushahhas bo’lganliklari holda juda ko’p yerlarda va juda ko’p ishlarda shubhasiz bo’la olarlar. Va modda ila chegaralangan bir juz`iy bo’lganliklari holda, mutlaq bir kulliy hukmini olarlar. Va bir onda bir juz`iy ixtiyor ila juda ko’p muxtalif ishlarni shubhasiz kasb etarlar. Sen ham ko’rmoqdasan va inkor etolmaysan.
Ajabo: Moddadan mujarrad va muallo, ham qaydning chegaralishidan va kasofatning zulmatidan munazzah va mubarro, ham shu umum nurlar va shu butun nuroniyat uning muqaddas ismlari nurlarining xira bir soyasi va shu`lasi, ham umum vujud va butun hayot va ruhlar olami va barzoh olami va misol olami nim-shaffof bittadan jamolining oynasi, ham sifatlari muhita va shuunoti kulliya bo’lgan bitta Zoti Aqdasning kulliy iroda va mutlaq qudrat va muhit ilmi ila zohir bo’lgan sifatlar tajalliysi va fe`llarning jilvasi ichidagi ahadiyatining tavajjuhidan qaysi narsa saqlana olar? Qaysi ish unga og’ir kela olar? Qaysi yer undan yashirina olar? Qaysi fard undan uzoq qola olar? Qaysi shaxs kulliyat kasb etmasdan unga yaqinlasha olar? Hech ashyo undan yashirina olarmi? Hech bir ish bir ishga mone bo’larmi? Hech bir yer uning huzuridan xoli qolarmi? Ibn Abbos Raziyallohu Anhning degani kabi: "Har bir mavjudga boqar bittadan ma`naviy ko’rishi va eshitar bittadan ma`naviy eshitishi" bo’lmasmi? Ashyo silsilasi uning amrlar va qonunlarining tezlik bilan jarayonlariga bittadan sim, bittadan tomir hukmiga o’tmasmi? Monelar va to’siqlar uning tasarrufiga sabab va vosita bo’lmasmi? Sabablar va vositalar yolg’iz zohiriy bir parda bo’lmasmi? Hech bir yerda bo’lmagani holda, har yerda bo’lmasmi? Hech yer olish va makon tutishga muhtoj bo’larmi? Hech uzoqlik va kichiklik va vujud tabaqalarining pardalari uning yaqinligiga va tasarrufiga va shuhudiga mone bo’la olarmi? Ham hech moddiylarning, mumkinlarning, nursizlarning, kasirlarning, qaydlilarning, hududlanganlarning xossalari va moddaning va imkonning va kasofatning va kasratning va qaydli bo’lmoqlikning va hududlanganlikning maxsus va xos lozimlari bo’lgan o’zgarmoq, almashmoq, yer tutmoq va bo’linmoq kabi amrlar; moddadan mujarrad va Vojib-ul Vujud va Nur-ul Anvor va Vohidi Ahad va qaydlardan munazzah va hududlardan mubarro va kamchiliklikdan muqaddas va nuqsondan muallo bir Zoti Aqdasga ilova qilinishi mumkinmi? Ojizlik hech unga yarasharmi? Kamchilik hech uning izzat domoniga yaqinlasharmi?
IKKINCHI MAQSADNING XOTIMASI
Bir zamon ahadiyatga doir bir tafakkurda bo’lganim zamon uyimning yonidagi chinor daraxtining mevalariga boqdim: Arabcha matnli bir tafakkur silsilasi qalbga keldi. Qanday kelgan bo’lsa, shunday arabcha yozib, so’ngra qisqa bir ma`nosini aytaman. Xullas:

نَعَمْ فَاْلاَثْمَارُ وَالْبُذُورُ مُعْجِزَاتُ الْحِكْمَةِ، خَوَارِقُ الصَّنْعَةِ، هَدَايَا الرَّحْمَةِ، بَرَاهِينُ الْوَحْدَةِ، بَشَاۤئِرُ لُطْفِهِ فِى دَارِ اْلاَخِرَةِ، شَوَاهِدُ صَادِقَةٌ، بِاَنَّ خَلاَّقَهَا لِكُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ، بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ، كُلُّ اْلاَثْمَارِ وَالْبُذُورِ مَرَايَاءُ الْوَحْدَةِ فِى اَطْرَافِ الْكَثْرَةِ، اِشَارَاتُ الْقَدَرِ، رُمُوزَاتُ الْقُدْرَةِ، بِاَنَّ تاَكَ الْكَثْرَةَ مِنْ مَنْبَعِ الْوَحْدَةِ، تَصْدُرُ شَاهِدَةً لِوَحْدَةِ الْفَاطِرِ فِى الصُّنْعِ وَالتَّصْوِيرِ، ثُمَّ اِلَى الْوَحْدَةِ تَنْتَهِى ذَاكِرَةً لِحِكْمَةِ الْقَادِرِ فِى الْخَلْقِ وَالتَّدْبِيرِ، وَكَذَا هُنَّ تَلْوِيحَاتُ الْحِكْمَةِ بِاَنَّ صَانِعَ الْكُلِّ بِكُلِّيَّةِ النَّظَرِ اِلىَ الْجُزْئِىِّ يَنْظُرُ، ثُمَّ اِلٰى جُزْئِهِ، اِذْ اِنْ كَانَ ثَمَرًا فَهُوَ الْمَقْصُودُ اْلاَظْهَرُ مِنْ خَلْقِ هٰذَا الشَّجَرِ فَالْبَشَرُ ثَمَرٌ لِهٰذِهِ الْكَاۤئِنَاتِ، فَهُوَ الْمَطْلُوبُ اْلاَزْهَرُ لِخَالِقِ الْمَوْجُودَاتِ. وَالْقَلْبُ كَالنُّوَاةِ فَهُوَ الْمِرْاٰةُ اْلاَنْوَرُ لِصَانِعِ الْكَاۤئِنَاتِ ...مِنْ هٰذِهِ الْحِكْمَةِ صَارَ اْلاِنْسَانُ اْلاَصْغَرُ فِى هٰذِهِ الْمَخْلُوقَاتِ هُوَ الْمَدَارُ اْلاَظْهَرُ لِلنَّشْرِ وَالْمَحْشَرِ فِى هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتِ وَالتَّخْرِيبِ وَالتَّبْدِيلِ لِهٰذِهِ الْكَاۤئِنَاتِ
Аудио мавжуд эмас