So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 404
(390-427)
Modomiki hashrning bahsi keldi. Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning hashrning isbotiga doir bayonining jazolatini va ifodasining quvvatini ko’rsatgan bir haqiqat nuktasini bayon etishga munosabat keldi. Shundayki:
Shu tafakkur natijasi ko’rsatadiki: Basharning muhokamasi va abadiy saodat qozonishi uchun kerak bo’lsa butun koinot buzilar va buzadigan va almashtiradigan bir qudrat ko’rinmoqda va bordir. Faqat hashrning martabalari bor. Bir qismiga iymon farzdir. Ma`rifati lozimdir. Boshqa qismi ruhiy va fikriy taraqqiyotning darajalariga ko’ra ko’rinar. Va ilm va ma`rifati lozim bo’lar. Qur`oni Hakim eng oddiy va oson bo’lgan qat`iy martaba va quvvatli isbot uchun eng keng va eng buyuk bir hashr doirasini ochadigan bir qudratni ko’rsatadi. Xullas, umumga iymon lozim bo’lgan hashrning martabasi shudirki: Insonlar o’lgandan so’ng ruhlari boshqa maqomlarga ketar. Jasadlari chirir. Faqat insonning jasadidan bir urug’, bir tuxum hukmida bo’lgan "ajb-uz zanab" ta`bir etilgan kichik bir juzi boqiy qolib Janobi Haq uning ustida inson jasadini hashrda xalq etar, uning ruhini unga yuborar. Xullas, bu martaba shu qadar osondirki, har bahorda millionlab misoli ko’rilmoqda. Xullas, ba`zan shu martabani isbotlash uchun Qur`on oyatlari shunday bir doirani ko’rsatadiki: Butun zarralarni hashru-nashr etadigan bir qudratning tasarrufini ko’rsatar. Ba`zan esa butun maxluqotni fanoga yuborib, yangidan keltiradigan bir qudrat va hikmatning asarlarini ko’rsatar. Ba`zan yulduzlarni tarqatib, samovotni parchalay oladigan bir qudrat va hikmatning tasarruflarini va asarlarini ko’rsatar. Ba`zan butun jonzotlarni o’ldiradigan, yangidan bir onda bir sa`y ila tiriltiradigan bir qudrat va hikmatning tasarruflarini va tajalliylarini ko’rsatar. Ba`zan butun ro’yi zaminda jonzot bo’lganlarni boshqa-boshqa hashru-nashr etadigan bir qudrat va hikmatning tajalliylarini ko’rsatar. Ba`zan Yer kurrasini butun-butun tarqatadigan, tog’larni uchiradigan, tartiblab yanada go’zal bir suratga aylantiradigan bir qudrat va hikmatning asarlarini ko’rsatar. Demak, harkasga iymoni va ma`rifati farz bo’lgan hashrdan boshqa ko’p hashr martabalarini ham u qudrat va hikmat ila qila olar. Rabboniy hikmat taqozo etgan bo’lsa, albatta insoniy hashru-nashr ila barobar umum ularni ham qiladi va yoxud ba`zi muhimlarini qilar.
BIR SAVOL: Demoqdasizki: "Sen So’zlarda tamsiliy qiyosni ko’p iste`mol etmoqdasan. Holbuki Mantiq fanicha tamsiliy qiyos yaqiynni ifoda etmaydi. Ishontiruvchi masalalarda mantiqiy burhon lozimdir. Tamsiliy qiyos, Fiqx Ilmi olimlaricha, kuchli ehtimol yetarli bo’lgan matlublarda iste`mol etilar. Hamda sen tamsillarni ba`zi hikoyalar suratida zikr etmoqdasan. Hikoya xayoliy bo’lar, haqiqiy bo’lmas, sodir bo’lganga muxolif bo’lar?"
JAVOB: Mantiq Ilmicha garchi "Tamsiliy qiyos qat`iy yaqiynni ifoda etmaydi" deyilgan. Faqat tamsiliy qiyosning bir navi borki, mantiqning yaqiyniy burhonidan juda quvvatlidir va mantiqning birinchi shaklining birinchi dalilidan yanada yaqiyniydir. U qism ham shudirki: Bir juz`iy tamsil vositasi ila bir kulliy haqiqatning uchini ko’rsatib, hukmni u haqiqatga bino etadi. U haqiqatning qonunini bir xususiy moddada ko’rsatadi. Toki u eng buyuk haqiqat bilinsin va juz`iy moddalar unga yo’naltirilsin. Masalan: "Quyosh nuroniyat vositasi ila birgina zot ekan, har porloq narsaning yonida mavjud" tamsili ila bir haqiqat qonuni ko’rsatiladiki, nur va nuroniy uchun qayd bo’lolmas. Uzoq va yaqin bir bo’lar. Oz va ko’p teng bo’lar. Makon uni zabt etolmas.
Ham masalan: "Daraxtning mevalari, yaproqlari bir onda, bir tarzda osonlik bilan va mukammal bo’lib bitta markazda, bir amriy qonun ila tashkili va tasviri" bir tamsildirki, muazzam bir haqiqatning va kulliy bir qonunning uchini ko’rsatar. U haqiqat va u haqiqatning qonunini g’oyat qat`iy bir suratda isbot etarki, u katta koinot ham shu daraxt kabi u haqiqat qonunining va u ahadiyat sirining bir mazharidir, bir javalon maydonidir.
Xullas, butun So’zlardagi tamsiliy qiyoslar bu turdandirlarki, qat`iy mantiqiy burhondan yanada quvvatli, yanada yaqiyniydirlar.
IKKINCHI SAVOLGA JAVOB: Ma`lumdirki: Balog’at fanida bir lafzning, bir kalomning haqiqiy ma`nosi boshqa bir qasd etilgan ma`noga faqat bir mulohaza vositasi bo’lsa, unga "kinoyali lafzlar" deyilar. Va "kinoyali" ta`bir etilgan bir kalomning asl ma`nosi sidq va kizb sababi emasdir. Balki kinoyali ma`nosidirki, sidq va kizb sababi bo’lar.
Аудио мавжуд эмас