So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 401
(390-427)
Ha, qandayki jismoniy narsalarga shisha va suv kabi moddalar oyna bo’lib, jismoniy bitta narsa u oynalarda bir kulliyat kasb etar. Xuddi shuning kabi: Nuroniy narsalarga va ruhoniyatga ham havo va efir va misol olamining ba`zi mavjudoti oynalar hukmida va chaqmoq va xayol tezligida bittadan sayru-sayohat vositasi suratiga o’tadilarki, u nuroniylar va u ruhoniylar xayol tezligi ila u toza oynalarda va u latif manzillarda kezarlar. Bir onda minglab yerlarga kirarlar. Va har oynada nuroniy bo’lganliklari va akslari ularning ayni va ularning xususiyatlariga sohib bo’lganliklari uchun jismoniyatning aksiga bo’lib, har yerda shaxsan bo’lar kabi hukm etarlar. Nursiz jismoniylarning akslari va misollari u jismoniyatning aynilari bo’lmagani kabi, xususiyatiga ham sohib emas, o’lik sanalarlar. Masalan: Quyosh mushahhas bir juz`iy bo’lgani holda, porloq ashyo vositasi ila bir kulliy hukmiga o’tar. Zamin yuzidagi butun porloq narsalarga, hatto har bir qatra suvga va shisha parchalariga bittadan aksini, bittadan misoliy quyoshni ularning qobiliyatiga ko’ra berar. Quyoshning harorat va ziyosi va ziyosidagi yetti rangi va zotining bir navi misoli har bir porloq jismda mavjud. Farazan quyoshning ilmi, idroki bo’lsa edi, har oyna uning bir navi manzili va taxti va o’rindig’i hukmida bo’lib, har narsa bilan shaxsan munosabatda bo’lar, har idrok sohibi ila oynalari vositasi ila, hatto ko’z qorachig’i ila bittadan telefon hukmida xabarlasha olardi. Bir narsa bir narsaga mone bo’lmasdi. Bir muxobara bir muxobaraga to’siq bo’lmasdi. Har yerda bo’lmoq ila barobar hech bir yerda bo’lmas edi.
Ajabo: Bir zotning ming bir ismidan yolg’iz Nur ismining moddiy va juz`iy va jonsiz bir oynasi hukida bo’lgan Quyosh bunday tashahhusi ila barobar kulliy yerlarda kulliy ishlarga mazhar bo’lsa, U Zoti Zuljalol ahadiyati zotiyasi ila barobar nihoyatsiz ishlarni bir onda qilolmasmi?
Ikkinchi Tamsil: Koinot bir daraxt hukmida bo’lgani uchun har bir daraxt koinotning haqiqatlariga misol bo’la olar. Xullas, biz ham shu uyimizning yonidagi muhtasham, muazzam chinor daraxtini koinotga bir kichik misol hukmida tutib, koinotdagi ahadiyat jilvalarini u bilan ko’rsatamiz. Shundayki:
Shu daraxtning hech bo’lmasa o’n ming mevasi bor. Har bir mevasining hech bo’lmasa yuzlab qanotli urug’i bor. Butun o’n ming meva va bir million urug’ bir onda, barobar bir san`at va ijodga mazhardirlar. Holbuki shu daraxtning asl urug’ida va ildizida va tanasida juz`iy va mushahhas va uqda-i hayotiya ta`bir etilgan Ilohiy irodaning bir jilvasi va Rabboniy amrning bir dasturi ila shu daraxtning tashkiliy qonunlarining markazlashtirilishi har shoxning boshida, har bir mevaning ichida, har bir urug’ning yonida bo’ladiki, hech birining bir narsasini nuqson qoldirmasdan, bir-biriga mone bo’lmasdan u bilan qilinar. Va u birgina iroda jilvasi va u amriy qonun ziyo, harorat, havo kabi tarqalib har yerga ketmaydi. Chunki ketgan yerlarning o’rtalaridagi uzun masofalarda va muxtalif san`atli asarlarda hech bir iz qoldirmaydi, hech bir asari ko’rilmaydi. Agar tarqalish ila bo’lsa edi, izi va asari ko’rilar edi. Balki bizzot bo’linmasdan va tarqalmasdan har birisining yonida mavjud. Ahadiyatiga va shaxsiyatiga u kulliy ishlar zid bo’lolmaydi. Hatto aytib bo’ladiki: U iroda jilvasi, u amriy qonun, u uqda-i hayotiya har birining yonida mavjud, ham hech bir yerda yo’q. Go’yo shu muhtasham daraxtda mevalar, urug’lar adadicha u amriy qonunning bittadan ko’zi, bittadan qulog’i bor. Balki daraxtning har bir juzi u amriy qonunning tuyg’ularining bittadan markazi hukmidadirki, uzun vositalarni parda qilib bir mone tashkil etmoq emas, balki telefon simlari kabi bittadan osonlashtirmoq vositasi va yaqinlashtirmoq bo’lar. Eng uzoq eng yaqin kabidir.
Modomiki shubhasiz Zoti Ahadi Samadning iroda kabi bir sifatining bitta juz`iy jilvasi, shubhasiz million yerda, millionlab ishlarga vositasiz mador bo’lar. Albatta Zoti Zuljalolning iroda va qudratining tajalliysi ila yaratilish daraxtini butun qismlari va zarralari ila barobar tasarruf etib bilishiga shuhud darajasida bilmoq lozim kelar.
Аудио мавжуд эмас