So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 399
(390-427)
Modomiki har bir jonzot tadbir va tarbiya qo’lidadir. Albatta u jonzotning vujudini tashkil etgan hujayralar va kichik donachalar va a`zo va asablar; shaksiz uning ilm va qudrati doirasidadir. Modomiki har bir hujayra va qondagi har bir kichik donacha uning taxti amridadir va tasarrufi ostidadir va uning qonuni ila harakat etarlar. Albatta butun bularning asos moddalari va butun ulardagi san`at naqshlariga va to’qilgan naqshlarga makiklar va yoylar hukmida bo’lgan zarralar ham albatta uning qudrat qo’lida va ilmi doirasidadir va uning amri ila, izni ila, quvvati ila muntazam harakat qilar, mukammal vazifalar bajararlar. Modomiki har bir zarraning harakati va vazifa bajarishi uning qonuni ila, izni ila, amri iladir. Albatta tashahhusoti vajhiya va harkasning yuzida harkasdan uni ajratadigan bittadan farqli alomat bo’lishi va siymolar kabi ovozlarda, tillarda boshqa-boshqa farqlar bo’lishi, shaksiz uning ilm va hikmati iladir. Xullas, shu silsilaga mabda` va muntahoni zikr etib ishora etgan shu oyatga boq:
وَمِنْ اٰيَاتِهِ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ وَاخْتِلاَفُ اَلْسِنَتِكُمْ وَاَلْوَانِكُمْ اِنَّ فِى ذٰلِكَ َلاٰياَتٍ لِلْعَالِمِينَ
Hozir deymiz: Ey shirk ahlining vakili! Xullas, koinot silsilasi qadar quvvatli burhonlar tavhid maslagini isbot etar. Va bir Qodiyri Mutlaqni ko’rsatar. Modomiki samovot va arz yaratilishi bir Sone`i Qodiyrni va u Sone`i Qodiyrning nihoyatsiz bir qudratini va u nihoyatsiz bir qudratning nihoyatsiz bir kamolda bo’lganini ko’rsatar. Albatta sheriklardan mutlaq ehtiyojsizlik bor. Ya`ni, hech bir jihatda sheriklarga ehtiyoj yo’q. Ehtiyoj bo’lmagani holda nima uchun bu zulmatli maslakda ketmoqdasiz? Nima majburiyatingiz borki, u yerga kirmoqdasiz? Hamda sheriklarga hech bir ehtiyoj bo’lmagani va koinot ulardan mutlaq ehtiyojsizlikda bo’lganlari holda, uluhiyatda sheriklik kabi rububiyat va ijod sheriklari ham imkonsizdirlar, vujudlari maholdir. Chunki samovot va arzning Sone`idagi qudrat ham nihoyat kamolda, ham nihoyatsiz bo’lganini isbot etdik. Agar sherik topilsa, mutanohiy boshqa bir qudrat u nihoyatsiz va g’oyat kamoldagi qudratni mag’lub etib, bir qism yer zabt etmoq va unga nihoyat bermoq va ma`nan ojiz qoldirib, hadsiz bo’lgani holda chegaralamoq va hech bir majburiyat bo’lmasdan bir mutanohiy narsa nihoyatsiz bir narsaga nihoyatsiz bo’lgani bir vaqtda nihoyat bermoq va mutanohiy qilmoq lozim keladiki; bu mahollarning eng noma`quli va imkonsizliklarning eng qavat-qavatidir.
Ham sheriklar "mustag’niyatun anha" va "mumtaniyatun bizzot", ya`ni hech ularga ehtiyoj bo’lmagani kabi, vujudlari mahol bo’lganliklari holda ularni da`vo etmoq yolg’iz ma`nosiz iddiodir. Ya`ni aqlan, mantiqan, fikran u da`voni qildiradigan bir sabab bo’lmagani uchun ma`nosiz so’zlar hukmidadir. Usul ilmicha "tahakkumiy" ta`bir etilar. Ya`ni ma`nosiz xayoliy da`vodir. Kalom ilmi va usul ilmining dasturlaridandirki, deyilar:
لاَعِبْرَةَ لِلاِحْتِمَالِ الْغَيْرِ النَّاشِى عَنْ دَلِيلٍ وَلاَينُاَفِى اْلاِمْكَانُ الذَّاتِىُّ الْيَقِينَ الْعِلْمِىَّ
Ya`ni: “Bir dalildan, bir nishondan kelib chiqmagan bir ehtimolning ahamiyati yo’q. Qat`iyan ilmga shak qo’shmas. Shubhasiz hukmni tebratmas”. Masalan; zotida Barla dengizi (ya`ni Eg’irdir Ko’li) imkon va ehtimol borki, yog’ga aylangan bo’lsin. Faqat modomiki bir alomatdan u imkon va ehtimol o’rtaga chiqmaydi, uning vujudiga va suv bo’lganiga, qat`iy ilmimizga ta`sir etmas, shak va vasvasa bermas.
Xullas, buning kabi mavjudotning har tarafidan, koinotning har burchagidan so’radik: Birinchi Qismda ko’rsatilgani kabi zarralardan yulduzlarga qadar va Ikkinchi Qismda ko’rilgani kabi; samovot va arz yaratilishidan to siymolardagi tashahhusotga qadar qaysi narsadan so’ralgan bo’lsa, hol lisoni ila vahdoniyatga shahodat va tavhid muhrini ko’rsatdi. Sen ham ko’rding...
Аудио мавжуд эмас