So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 398
(390-427)
IKKINCHI QISM


بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
قُلْ هُوَ اللهُ اَحَدٌ - اَللهُ الصَّمَدُ
Shu Qismning Uch Maqsadi Bor

BIRINCHI MAQSAD
(Bir yulduzning ta`ziri ila yerga sukut etgan shirk va zalolat ahli vakili zarralardan yulduzlarga qadar hech bir yerda zarra miqdor shirkka yer topolmaganidan, u tarzdagi da`vodan voz kechib, faqat shayton kabi vahdatga doir shubhalar qilmoq uchun uch muhim savol ila ahadiyatga va vahdatga doir tavhid ahliga vasvasa qilmoq istadi.)
BIRINCHI SAVOL: Dinsizlik lisoni ila deydiki: "Ey tavhid ahli! Men o’z muakkallarim nomiga bir narsa topolmadim, mavjudotda bir hissa chiqarolmadim, maslagimni isbot etolmadim. Faqat siz nima bilan nihoyatsiz bir qudrat sohibi bir Vohidi Ahadni isbot qilmoqdasiz? Nima uchun uning qudrati ila barobar boshqa qo’llar qo’shilishini mumkin ko’rmayotirsiz?"
JAVOB: Yigirma Ikkinchi So’zda qat`iy isbot etilganki; butun mavjudot, butun zarralar, butun yulduzlar har biri Vojib-ul Vujudning va Qodiyri Mutlaqning vujubi vujudiga bittadan porloq burhondir. Butun koinotdagi silsilalarning har biri uning vahdoniyatiga bittadan qat`iy dalildir. Qur`oni Hakim hadsiz burhonlarida isbot etgani kabi, umumning nazariga eng zohir burhonlarni yanada ziyoda zikr etar. Jumladan:
وَلَئِنْ سَئَلْتَهُمْ مَنْ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ لَيَقُولُنَّ اللهُ
وَمِنْ اٰيَاتِهِ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ وَاخْتِلاَفُ اَلْسِنَتِكُمْ وَاَلْوَانِكُمْ
kabi juda ko’p oyatlari ila Qur`oni Hakim; arz va samovot xilqatini vahdoniyatga yaqqollik darajasida bir burhon ko’rsatadiki, istar-istamas idrokli bo’lgan har odam arz va samovot xilqatida zarurat darajasida Xoliqi Zuljalolini tasdiq etishga majburdirki, لَيَقُولُنَّ اللهُ der.
Birinchi Qismda qandayki bir zarradan boshlab to yulduzlarga va samovotga qadar tavhid muhrini ko’rsatdik. Qur`oni Hakim ham shu navi oyatlar ila yulduzlardan va samovotdan tutib to zarralarga qadar shirkni quvar. Shunday ishora etar va ma`nan der:
Samovot va arzni bunday muntazam xalq etgan bir Qodiyri Mutlaqning albatta san`atli asarlari doirasidan bo’lgan manzuma-i shamsiya shaksiz uning tasarrufi ostidadir. Modomiki u Qodiyri Mutlaq shamsni sayyoralari ila tasarrufi ostida tutar va tartiblar va itoat ettirar va aylantirar. Albatta u manzuma-i shamsiyaning bir bo’lagi va shams ila bog’langan Yer kurrasi ham tasarrufi ostida va tadbir va idorasidadir. Modomiki Yer kurrasi tasarrufi ostida va tadbir va idorasidadir; shaksiz yerning yuzida yozilgan va ijod etilgan va yerning mevalari va g’oyalari hukmida bo’lgan san`atli asarlar ham uning rububiyati va tarbiyasi qo’lidadir. Modomiki butun zaminning yuziga yoyilgan va sochilgan va yuzini porlatgan va ziynatlantirgan va har zamon yangilangan, kelib-ketgan va zamin ular ila to’lib bo’shalgan umum san`atli asarlar ilm va qudrat qo’lidadir va adolat va hikmatining mezoni ila o’lchanar va tartiblanar. Modomiki butun navlar uning qudrati qo’lidadir. Albatta u navlarning muntazam va mukammal fardlari va olamning kichik kichraytirilgan misollari va koinotdagi navlarning muvozanalari va olam kitobining kichkina mundarijalari hukmida bo’lgan juz`iy fardlari, shaksiz uning rububiyat va ijod ostidadir va idora va tarbiyasidadir.
Аудио мавжуд эмас