So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 396
(390-427)
Birinchi Qismning Kichik bir Ilovasi

اَفَلَمْ يَنْظُرُوۤا اِلَى السَّمَاۤءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَزَيَّنَّاهَا ila oxir oyat
ثُمَّ انْظُرْ اِلٰى وَجْهِ السَّمَاۤءِ كَيْفَ تَرٰى سُكُوتًا فِى سُكُونَةٍ، حَرَكَةً فِى حِكْمَةٍ، تَلَئْلُئاً فِى حَشْمَةٍ، تَبَسُّمًا فِى زِينَةٍ، مَعَ اِنْتَظَامِ الْخِلْقَةِ، مَعَ اِتِّزَانِ الصَّنْعَةِ، تَشَعْشُعُ سِرَاجِهَا، تَهَلْهُلُ مِصْبَاحِهَا، تَلَئْلُؤُ نُجُومِهَا، تُعْلِنُ ِلاَهْلِ النُّهٰى، سَلْطَنَةً بِلاَۤ اِنْتِهَاۤءٍ
اَفَلَمْ يَنْظُرُوۤا اِلَى السَّمَاۤءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَزَيَّنَّاهَا ila oxir oyat

Bu oyatning bir navi tarjimasi bo’lgan
ثُمَّ انْظُرْ اِلٰى وَجْهِ السَّمَاۤءِ كَيْفَ تَرٰى سُكُوتًا فِى سُكُونَةٍ tarjimasidir. Ya`ni oyati karima diqqat nazarini samoning ziynatli va go’zal yuziga o’girmoqda. To nazar diqqati ila samoning yuzida favqulodda sukunat ichida bir sukutni ko’rib, bir Qodiyri Mutlaqning amr va tashiri ila u vaziyatni olganini anglasin. Bo’lmasa agar o’z-o’zlariga bo’lsalar edi, bir-biri ichida u dahshatli hadsiz jismlar, u g’oyat katta kurralar va g’oyat tez harakatlari ila shunday bir shovqinni chiqarishi lozim ediki, koinotning qulog’ini kar etar edi. Ham shunday bir harju-marj zilzilasi ichida qorishiqlik bo’lar ediki, koinotni tarqatar edi. Yigirmata buyvol bir-biri ichida harakat etsa naqadar shovqinli bir harju-marjga sababiyat berishi ma`lum. Holbuki Yer kurrasidan ming marta katta va zambarak o’qidan yetmish marta tez harakat etganlar yulduzlar ichida bor bo’lganini astronomiya aytadi. Xullas, sukunat ichidagi jismlarning sukutidan Sone`i Zuljalolning va Qodiyri Zulkamolning qudrat va tashir darajasini va yulduzlarning unga taslim va itoat darajasni angla.
حَرَكَةً فِى حِكْمَةٍ Ham samoning yuzida hikmat ichida bir harakatni ko’rishni oyat amr etmoqda. Ha, g’oyat ajib va azim u harakat g’oyat nozik va keng hikmat ichidadir. Qandayki bir fabrikaning charxlarini va uskunalarini bir hikmat ichida aylantirgan bir san`atkor fabrikaning azamat va intizomi darajasida san`at va mahorati darajasini ko’rsatar. Xuddi shuning kabi: Katta Quyoshga sayyoralar ila barobar fabrika vaziyatini bergan va u mudhish azim kurralarni sopqon toshlari kabi va fabrika charxlari kabi atrofida aylantirgan bir Qodiyri Zuljalolning qudrat va hikmati darajasi u nisbatda nazarga namoyon bo’lar.
تَلَئْلُئاً فِى حَشْمَةٍ تَبَسُّمًا فِى زِينَةٍ Ya`ni: Ham samovot yuzida shunday bir hashamat ichida bir porlamoq va bir ziynat ichida bir tabassum borki, Sone`i Zuljalolning naqadar muazzam bir saltanati, naqadar go’zal bir san`ati bo’lganini ko’rsatar. Flot bayrami kunlarida kasratli elektr chiroqlari sultonning hashamati darajasini va madaniyat taraqqiyotida mukammallik darajasini ko’rsatgani kabi, katta samovot u hashamatli, ziynatli yulduzlari ila Sone`i Zuljalolning san`at mukammalligini va san`at go’zalligini shunday qilib diqqat nazariga ko’rsatadilar.
مَعَ اِنْتِظَامِ الْخِلْقَةِ مَعَ اِتِّزَانِ الصَّنْعَةِ Ham deydiki: Samoning yuzidagi maxluqotning intizomini nozik mezonlar ichida san`atli asarlarning mavzuniyatini ko’r va anglaki: Ularning Sone`i naqadar Qodiyr va naqadar Hakiym bo’lganini bil.
Аудио мавжуд эмас