So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 212
(194-214)
Masalan: Qandayki nuqsonsiz bir qasrning mukammal bo’lgan naqsh va bezatilishlari orqalarida bir usta ishlarining mukammaliyatini ko’rsatar. U ishlarning mukammaliyati u foil ustaning martabalarini ko’rsatgan unvonlarni va ismlarining mukammaliyatini ko’rsatar. Va u ismlar va unvonlarining mukammaliyati u ustaning san`atiga doir sifatlarining mukammaliyatini ko’rsatar va u san`at va sifatlarining mukammaliyati u san`at sohibining shuuni zotiya deyilgan qobiliyat va zotiy iste`dodining mukammaliyatini ko’rsatar va u shuun va zotiy qobiliyatning mukammaliyati u ustaning zotiy mohiyatining mukammaliyatini ko’rsatgani kabi... Aynan shuning kabi: Shu nuqsonsiz, futursiz هَلْ تَرَى مِنْ فُطُورٍ siriga mazhar bo’lgan shu olamda ko’ringan asarlar shu koinotning muntazam mavjudotida bo’lgan san`at esa shubhasiz bir muassiri zil-iqtidorning ishlarining mukammalligiga dalolat etar. U ishlarning mukammalligi esa, shaksiz u Foili Zuljalolning ismlarining mukammalligiga dalolat etar. U ismlarning mukammalligi esa, zarurat darajasida u ismlarning musammo-i zuljamolining sifatining kamoliga dalolat va shahodat etar. U sifatining kamoli esa, ochiqchasiga u mavsufi zulkamolning qobiliyatlarining kamoliga dalolat va shahodat etar. U qobiliyatlarining kamoli esa, bihaqqalyaqiyn u haqiqiy fe`l sohibining zotining kamoliga shunday dalolat etarki, butun koinotda ko’ringan butun kamolot navlari uning kamoliga nisbatan so’niq zaif bir soya suratida bir Zoti Zulkamolning mukammaligining dalillari va jalolining ramzlari va jamolining ishoralari bo’lganini ko’rsatar.
Quyoshlar Quvvatida O’n Birinchi Yog’du: O’n To’qqizinchi So’zda ta`rif etilgan va buyuk kitobning oyati kubrosi va u Qur`oni Kabirdagi ismi a`zami va u koinot daraxtining urug’i va eng munavvar mevasi va u olam saroyining quyoshi va Islom Olamining munavvar to’lin oyi va Ilohiy rububiyatning saltanatining dalloli va koinot tilsimining hikmatli kashshofi bo’lgan Sayyidimiz Muhammad-ul Amin Alayhissalotu Vassalam butun anbiyoni soyasi ostiga olgan risolat qanoti va butun Islom Olamini himoyasiga olgan Islomiyat qanotlari ila haqiqatning tabaqalarida uchgan va butun anbiyo va mursalinni, butun avliyo va siddiqiynni va butun asfiyo va muhaqqiqiynni orqasiga olib butun quvvati ila vahdoniyatni ko’rsatib, arshi ahadiyatga yo’l ochib ko’rsatgan iymoni billoh va isbot etgani Allohning birligini hech vahima va shubhaning haddi bormiki, yopa olsin va parda bo’la olsin? Modomiki O’n To’qqizinchi So’zda va O’n To’qqizinchi Maktubda u qat`iy burhonning ma`rifat obi hayotidan o’n to’rt Qatra va o’n to’qqiz Ishora ila u zoti mo’`jiznamoning mo’`jizalarining navlari ila barobar qisqacha bir daraja tarif va bayon etganmiz. Shu yerda shu ishora ila kifoyalanib, u vahdoniyatning qat`iy burhoniga guvohlik bergan va sidqiga shahodat etgan asoslarga ishora suratida bir salovoti sharifa ila xatm etamiz.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى مَنْ دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِكَ وَوَحْدَانِيَّتِكَ وَشَهِدَ عَلٰى اَوْصَافِ جَلاَلِكَ وَجَمَالِكَ وَكَمَالِكَ اَلشَّاهِدُ الصَّادِقُ الْمُصَدَّقُ وَالْبُرْهَانُ النَّاطِقُ الْمُحَقَّقُ، سَيِّدُ اْلاَنْبِيَاۤءِ وَالْمُرْسَلِينَ، اَلْحَامِلُ سِرَّ اِجْمَاعِهِمْ وَتَصْدِيقِهِمْ وَمُعْجِزَاتِهِم.. وَاِمَامُ اْلاَوْلِيَاۤءِ وَالصِّدِّيقِينَ، اَلْحَاوِى سِرَّ اِتِّفَاقِهِمْ وَتَحْقِيقِهِمْ وَكَرَامَاتِهِمْ.. ذُوالْمُعْجِزَاتِ اْلباَهِرَةِ وَالْخَوَارِقِ الظَّاهِرَةِ وَالدَّلاَئِلِ الْقَاطِعَةِ الْمُحَقَّقَةِ الْمُصَدَّقَةِ لَهُ.. ذُوالْخِصَالِ الْغَالِيَةِ فِى ذَاتِهِ، وَاْلاَخْلاَقِ الْعَالِيَةِ فِى وَظِيفَتِهِ، وَالسَّجَايَا السَّامِيَةِ فِى شَرِيعَتِهِ الْمُكَمَّلَةِ الْمُنَزَّهَةِ عَنِ الْخِلاَفِ، مَهْبِطُ الْوَحْىِ الرَّبَّانِىِّ بِاِجْمَاعِ الْمُنْزِلِ وَالْمُنْزَلِ وَالْمُنَزَّلِ عَلَيْه، سَيَّارُ عَالَمِ الْغَيْبِ وَالْمَلَكُوتِ، مُشَاهِدُ اْلاَرْوَاحِ وَمُصَاحِبُ الْمَلٰۤئِكَةِ، اَنْمُوذَجُ كَمَالِ الْكَاۤئِنَاتِ شَخْصاً وَنَوْعاً وَجِنْساً، اَنْوَرُ ثَمَرَاتِ شَجَرَةِ الْخِلْقَةِ، سِرَاجُ الْحَقِّ، بُرْهَانُ الْحَقِيقَةِ، تِمْثَالُ الرَّحْمَةِ، مِثَالُ الْمَحَبَّةِ، كَشَّافُ طِلْسِمِ الْكَاۤئِنَاتِ، دَلاَّلُ سَلْطَنَةِ الرُّبوُبِيَّةِ، الْمُرْمِزُ بِعُلْوِيَّةِ شَخْصِيَّتِهِ الْمَعْنَوِيَّةِ اِلٰۤى اَنَّهُ نَصْبُ عَيْنِ فَاطِرِ الْعَالَمِ فِى خَلْقِ الْكَاۤئِنَاتِ، ذُو الشَّرِيعَةِ الَّتِى هِىَ بِوُسْعَةِ دَسَاتِيرِهَا وَقُوَّتِهَا تُشِيرُ اِلٰۤى اَنَّهَا نِظَامُ نَاظِمِ الْكَوْنِ وَوَضْعُ خَالِقِ الْكَاۤئِنَاتِ.
Аудио мавжуд эмас