So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 213
(194-214)
نَعَمْ، اِنَّ نَاظِمَ الْكَاۤئِنَاتِ بِهٰذَا النِّظاَمِ اْلاَتَمِّ اْلاَكْمَلِ هُوَ نَاظِمُ هٰذَا الدِّينِ بِهٰذاَ النِّظَامِ اْلاَحْسَنِ اْلاَجْمَلِ، سَيِّدُنَا نَحْنُ مَعَاشِرَ بَنِى اٰدَمَ وَمُهْدِينَا اِلَى اْلاِيمَانِ نَحْنُ مَعاَشِرَ اْلمُؤْمِنِينَ، مُحَمَّدٌ بْنُ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ عَلَيْهِ اَفْضَلُ الصَّلَوَاتِ وَاَتَمُّ التَّسْلِيمَاتِ مَادَامَتِ اْلاَرْضُ وَالسَّمٰوَاتُ. فَاِنَّ ذٰلِكَ الشَّاهِدَ الصَّادِقَ الْمُصَدَّقَ يَشْهَدُ عَلٰى رُؤُوسِ اْلاَشْهَادِ مُناَدِياً، وَمُعَلِّماً ِلاَجْيَالِ الْبَشَرِ خَلْفَ اْلاَعْصَارِ وَاْلاَقْطَارِ، نِداَءً عُلْوِياًّ بِجَمِيعِ قُوَّتِهِ وَبِغَايَةِ جِدِّيَّتِهِ وَبِنِهَايَةِ وُثُوقِهِ وَبِقُوَّةِ اِطْمِئْناَنِهِ وَبِكَمَالِ اِيمَانِهِ: (اَشْهَدُ اَنْ لاَ اِلٰهَ اِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ)

Quyoshlar Quvvatida O’n Ikkinchi Yog’du: Shu Yigirma Ikkinchi So’zning O’n Ikkinchi Yog’dusi shunday haqiqatlar dengizidirki butun yigirma ikki So’z faqat uning yigirma ikki qatrasi va shunday nurlar manbaidirki, shu yigirma ikki So’z u quyoshdan faqat yigirma ikki yog’dusidir. Ha, u yigirma ikki adad So’zlarning har birisi Qur`on samosida porlagan birgina oyat yulduzining bir yog’dusi va Furqon dengizidan oqqan bir oyatning irmog’idan birgina qatrasi va bir Kitobullohning buyuk xazinasida har biri bir javharlar sanduqchasi bo’lgan oyatlarning birgina oyatining birgina gavharidir. Xullas, O’n To’qqizinchi So’zning O’n To’rtinchi Qatrasida bir oz ta`rif etilgan u Kalomulloh Ismi A`zamdan, Arshi A`zamdan, rububiyatning eng buyuk tajalliysidan tushib, azalni abadga bog’laydigan, farshni arshga bog’laydigan bir kenglik va yuksaklik ichida butun quvvati ila va oyatlarining butun qat`iyati ila takroran لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ der, butun koinotni shohid etar va shahodat ettirar. Ha لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ بَرَابَرْ مِيزَنَدْ عَالَمْ Darhaqiqat u Qur`onga salim bir qalb ko’zi ila boqsang ko’rajaksanki: Olti tomoni shunday porlar, shunday shaffofdirki hech bir zulmat, hech bir zalolat, hech bir shak va shubha, hech bir hiyla ichiga kirishga va gunohsizlik doirasiga kirishga joy topolmas. Chunki ustida mo’`jizalik muhri; ostida burhon va dalil; orqasida tayanch nuqtasi mahzi vahiyi Rabboniy; oldida ikki dunyo saodati; o’ngida aqlni gapirtirib tasdiqini ta`min, chapida vijdonni shohid etib taslimini tasbit, ichi shaksiz sof Rahmoniy hidoyat, usti ko’rish darajasida xolis iymon nurlari, mevalari biaynalyaqiyn insoniyat kamoloti ila ziynatlangan asfiyo va muhaqqiqiyni avliyo va siddiqiyn bo’lgan u g’ayb lisonining siynasiga qulog’ingni yopishtirib tinglasang chuqurdan chuqur g’oyat munis va ishontiruvchi, nihoyat jiddiy va yuksak va burhon ila jihozlangan samoviy bir sado eshitajaksanki, shunday bir qat`iyat ila لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ der va takror etarki, haqqalyaqiyn darajasida aytganini aynalyaqiyn kabi bir ilmi yaqiniy senga ifoda va ifoza etadi.
Al-hosil: Har birisi bittadan quyosh bo’lgan Rasuli Akram Alayhisalotu Vassalam ila Furqoni Ahkom-ki bir olami shahodatning lisoni bo’lib ming mo’`jizalar ichra butun anbiyo va asfiyoning tasdiqlari ostida Islomiyat va risolat barmoqlari ila ishora etib butun quvvati ila ko’rsatgan bir haqiqati...
Boshqasi: G’ayb olamining lisoni hukmida qirq mo’`jizalik jihatlari ichida koinotning butun taqviniy oyatlarining tasdiqlari ostida haqqoniyat va hidoyat barmoqlari ila ishora etib butun jiddiyat ila ko’rsatgan ayni haqiqati.. ajabo u haqiqat quyoshdan yanada yaqqol, kunduzdan yanada zohir bo’lmasmi?
Ey zalolat-olud qaysar odamcha!(Izoh) Tilla qo’ng’izdan yanada so’niq aqling ila qanday shu quyoshlarga qarshi kela olasan? Ulardan istig’no eta olasan? Uflamoq ila ularni so’ndirishga urinasan? Tuuuf! tuf.. sening u munkir aqlingga... Qanday u ikki g’ayb va shahodat lisoni butun olamlarning Rabbi va shu koinotning sohibi nomiga va Uning hisobiga aytgan so’zlarni va da`volarni inkor eta olasan? Ey bechora va chivindan yanada ojiz, yanada qiymatsiz! Sen kimsanki, shu koinotning Sohibi Zuljalolini yolg’onlamoqqa urinmoqdasan?
Аудио мавжуд эмас