So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 207
(194-214)
Demak har bir jonzotda bir Ahadiyat tamg’asi, bir Samadiyat imzosi bordir. Ha, har bir jonzot hayot lisoni ila قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ اَللّهُ الصَّمَدُ o’qiydi. Bu ikki tamg’adan boshqa bir nechta muhim deraza ham bor. Boshqa bir yerda izoh etilgani uchun bu yerda qisqartirildi.
Modomiki shu koinotning har bir zarrasi bunday uch derazani va ikki tuynukni va hayot ham ikki eshikni birdan Vojib-ul Vujudning vahdoniyatiga ochmoqda, zarradan to shamsga qadar mavjudot tabaqalari Zoti Zuljalolning ma`rifat nurlarini ne surat ila nashr etganini qiyos eta olarsan.
Xullas, ma`rifatullohda ma`naviy taraqqiyotning darajalarini va huzurning martabalarini bundan angla va qiyos et.
Beshinchi Yog’du: Qandayki bir kitob agar yozma va maktub bo’lsa, uning yozilishiga bir qalam yetarlidir. Agar bosma va chop etilgan bo’lsa, u kitobning harflari adadicha qalamlar, ya`ni temir harflar lozimdir. Toki u kitob chop etilib vujud topsin. Agar u kitobning ba`zi harflarida g’oyat nozik bir xat ila u kitobning aksari yozilgan bo’lsa –Yosin Surasi Yosin lafzida yozilgani kabi- u vaqt butun u temir harflarning kichkinalari u birgina harfga lozimdir, toki chop etilsin. Aynan shuning kabi: Shu koinot kitobini Samadoniyat qudrat qalamining yozuvi va Zoti Ahadiyatning maktubi desang, vujub darajasida bir yengillik va keraklik darajasida bir maqbuliyat yo’liga borasan. Agar tabiatga va sabablarga mol etsang, imkonsizlik darajasida qiyin va mahol darajasida mushkulotli va hech bir vahima qabul etmagan xurufotli shunday bir yo’lga borasanki; tabiat uchun har bir parcha tuproqda, har bir qatra suvda, har bir parcha havoda milliardlab ma`daniy matbaalar va hadsiz ma`naviy fabrikalar bo’lishi lozim. Toki hisobsiz gulli, mevali san`atli asarlarning tashkilotiga mazhar bo’la olsin. Yoxud hamma narsani qamragan bir ilm, har narsaga qodir bir quvvat ularda qabul etmoq lozim kelar. Toki shu san`atli asarlarga haqiqiy asos bo’la olsin. Chunki tuproqning va suvning va havoning har bir parchasi aksar nabototga manba bo’la olar. Holbuki har bir o’simlik -mevali bo’lsin, gulli bo’lsin- tashkiloti shu qadar muntazamdir, shu qadar o’lchovlidir, shu qadar bir biridan mumtozdir, shu qadar kayfiyatcha bir-biridan boshqadirki; har birisiga yolg’iz unga maxsus bittadan boshqa ma`naviy fabrika yoki boshqa bittadan matbaa lozimdir. Demak, tabiat misdarlikdan masdarlikka chiqsa har bir narsada butun narsalarning uskunalarini yonida saqlashga majburdir. Xullas bu tabiatparastlik fikrining asosi shunday bir xurofotdirki, xurofotchilar ham undan uyaladilar. O’zini aqlli deb o’ylagan zalolat ahlining qanday nihoyatsiz bo’lmag’urli bir aqlsizlik iltizom etganlarini ko’r, ibrat ol!..
Al-hosil: Qanday bir kitobning har bir harfi o’z nafsini bir harf qadar ko’rsatib va o’z vujudiga birgina surat ila dalolat etar va o’z kotibini o’n kalima ila ta`rif etar va ko’p jihatlar ila ko’rsatar. Masalan: "Mening kotibimning go’zal xati bor: qalami qizildir, undaydir bundaydir",- der. Aynan shuning kabi: Shu kitobi kabiri olamning har bir harfi o’ziga hajmi qadar dalolat etar va o’z surati qadar ko’rsatar. Faqat Naqqoshi Azaliyning ismlarini bir qasida qadar ta`rif etar va kayfiyatlari adadicha ishora barmoqlari ila u ismlarni ko’rsatar, musammosiga shahodat etar. Demak ham o’zini, ham butun koinotni inkor etgan safsatachi kabi bir ahmoq yana Sone`i Zuljalolning inkoriga ketmasligi kerak!..
Oltinchi Yog’du: Xoliqi Zuljalolning qandayki maxluqotining har bir fardining boshida va san`atli asarlarining har bir qismining yuzida ahadiyatining tamg’alarini qo’ygandir. (Qandayki o’tgan yog’dularda bir qismini ko’rding.) Shuning kabi har bir navning ustida ko’p ahadiyat tamg’asi, har bir kull ustida ko’plab vohidiyat muhri, to butun olam ustida har xil vahdat imzosi g’oyat porloq bir suratda qo’ygandir. Xullas, juda ko’p tamg’alardan va muhrlardan va imzolardan yer yuzi sahifasida bahor mavsumida joriy etilgan bir tamg’a, bir muhrni ko’rsatamiz. Shundayki:
Аудио мавжуд эмас