So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 204
(194-214)
Xullas, agar aqling so’nmagan bo’lsa, qalbing ko’r bo’lmagan bo’lsa tushunasanki; bir narsani mukammal osonlik va intizom ila hamma narsa qilgan va hamma narsani mukammal mezon ila va intizom ila san`atkorona bir xil narsa qilgan hamma narsaning Sone`iga xos va Xoliqi Kulli Shayga maxsus bir tamg’adir. Masalan ko’rsang: G’aroyib ishlar qiladigan bir zot bir dirham paxtadan yuz to’p movut va ipak yoki gazlama kabi har xil boshqa matolarni u birgina dirham paxtadan to’qimoq ila barobar; holva, paxlava kabi ko’p taomlarni ham undan qilmoqda. So’ngra ko’rsangki u zot temirni va toshni, asalni va yog’ni, suvni va tuproqni hovuchiga olar, bir go’zal oltin qilar. Albatta qat`iyan hukm etajaksanki u zot shunday o’ziga xos bir san`atga sohibdir. Butun Yerning unsurlari uning amriga musahhar va butun tuproqdan yaratilganlar uning hukmiga boqar. Ha, hayotdagi qudrat va hikmatning ko’rinishi bu misoldan ming daraja yanada g’aribdir.
Mana hayot ustidagi ko’p tamg’alardan birgina tamg’a...
Uchinchi Yog’du: Boq, shu koinoti sayyolada, shu mavjudoti sayyorada kezgan jonzotlarga! Ko’rasanki: Butun jonzotlardan har bir jonzot ustida Hayyi Qayyumning qo’ygan ko’p muhrlari bordir. U muhrlardan bir muhri shudirki: U jonzot, masalan shu inson xuddi koinotning kichraytirilgan bir misoli, yaratilish daraxtining bir samarasi va shu olamning bir urug’idayki, olamdagi navlarning aksar namunalarini o’zida jamlagandir. Go’yo u jonzot butun koinotdan g’oyat hassos me`zonlar ila suzilmish bir qatradir. Demak, shu jonzotlarni xalq etmoq va unga Rab bo’lmoq uchun butun koinotni tasarrufi ostida tutmoq lozim kelar.
Xullas, agar aqling vahimalarda bo’g’ilmagan bo’lsa tushunasanki: Bir qudrat kalimasini, masalan "asal arisi"ni aksar narsalarga bir navi kichik mundarija qilmoq va bir sahifada, masalan "inson"da shu koinot kitobining aksar masalalarini yozmoq, ham bir nuqtada, masalan kichkina "anjir urug’i"da katta anjir daraxtining dasturini qayd etmoq va bir harfda, masalan "inson qalbi"da shu koinotning sahifalarida ko’ringan va ihota etgan butun ismlarining asarlarini ko’rsatmoq va bir urug’ donasi qadar o’rin egallagan "insonning eslash qobiliyatida" bir kutubxona qadar yozuv yozdirmoq va butun kavniy hodisalarning batafsil mundarijasini u quvvachada qayd etmoq, albatta va albatta Xoliqi Kulli Shayga xos va bu koinotning Rabbi Zuljaloliga maxsus bir muhrdir.
Xullas, jonzotlar ustida bo’lgan juda ko’p Rabboniy muhrlardan birgina muhr shunday nurini ko’rsatsa va uning oyatlarini shunday o’qittirsa, ajabo birdan butun u muhrlarga boqa olsang, ko’ra olsang: سُبْحَانَ مَنِ اخْتَفَى بِشِدَّةِ الظُّهُورِ demaysanmi?
To’rtinchi Yog’du: Boq, shu samovotning dengizida suzgan va shu zaminning yuzida sepilgan rang-barang mavjudotga va turli-tuman san`atli asarlarga diqqat et! Ko’rasanki; har biri ustida Shamsi Azaliyning taqlid qabul etmas imzolari bordir. Qandayki hayotda tamg’alari, jonzotlarda muhrlari ko’rinadi va bir ikkitasini ko’rdik. Tiriltirish ustida ham shunday imzolari bordir. Misol chuqur ma`nolarni fahmga yaqinlashtirganidan bir misol ila shu haqiqatni ko’rsatamiz.
Masalan, Quyosh sayyoralardan tut to qatralarga qadar, to shishaning kichik parchalariga qadar va qorning porloq zarrachalariga qadar shu Quyoshning misoliyasidan va aksidan bir imzosi Quyoshga maxsus nuroniy bir asari ko’rinadi. Shoyat u hadsiz narsalarda ko’ringan quyoshchalarini Quyoshning aksining jilvasi va aksining ko’rinishi bo’lganini qabul etmasang, u payt har bir qatrada va ziyoga ma`ruz har bir shisha parchasida va ishiqqa muqobil har shaffof bir zarrachada, tabiiyki, haqiqiy bir Quyoshning vujudini shaxsan qabul etmoq kabi g’oyat darajada bir devonalik ila nihoyatsiz bir axmoqlikka tushishing lozim kelar.
Аудио мавжуд эмас