So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 202
(194-214)
Yigirma Ikkinchi So’zning Ikkinchi Maqomi

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
اَللّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ ❊ لَهُ مَقَالِيدُ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضِ ❊ فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ❊ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ عِنْدَنَا خَزَائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُ اِلاَّ بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ ❊ مَا مِنْ دَابَّةٍ اِلاَّ هُوَ آخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا اِنَّ رَبِّى عَلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ

Muqaddima
Iymon asoslarining qutbi a`zami bo’lgan iymoni billohga doir "Qatra Risolasi"da shu mavjudotning har birisi ellik besh lison ila Janobi Haqning vujubi vujudiga va vahdoniyatiga dalolat va shahodatlarini qisqacha bayon etganmiz. Ham "Nuqta Risolasi"da Janobi Haq vujubining dalillari va vahdoniyatidan har birisi ming burhon kuvvatida to’rt kulliy burhon zikr etganmiz. Ham o’n ikki qadar arabiy risolalarimda Janobi Haqning vujubi vujudini va vahdoniyatini ko’rsatgan yuzlab qat`iy burhonlarni zikr etganimizdan, hozir ularga kifoyatan chuqur tadqiqotga kirishmaymiz. Yolg’iz shu Yigirma Ikkinchi So’zda Risolat-un Nurda qisqacha yozganim o’n ikki yog’duni iymoni billoh quyoshidan ko’rsatishga harakat qilamiz.
Birinchi Yog’du: Tavhid ikki qismdir. Masalan: Qandayki bir bozorga va bir shaharga buyuk bir zotning turli xil mollari kelsa, ikki turda uning moli bo’lgani bilinar. Biri ijmoliy, omiyonadirki: "Bu qadar azim molga undan boshqa hech kimning haddi emaski sohib bo’la olsin". Faqat bunday omi bir odamning nazoratida ko’p o’g’rilik bo’lishi mumkin. Parchalariga ko’p odamlar sohib chiqa olar. Ikkinchi tur shudirki, har mol ustida yozuvni o’qir, har bir to’p ustida imzoni tanir, har bir e`lon ustida muhrini biladiganday "Hamma narsa u zotnikidir" der. Mana shu holda har bir narsa u zotni ma`nan ko’rsatar.

Aynan shuning kabi: Tavhid ham ikki xildir:

Biri: Omi va zohiriy tavhiddirki, "Janobi Haq birdir, sheriki noziri yo’qdir, bu koinot unikidir".
Ikkinchisi: Haqiqiy tavhiddirki, har narsa ustida qudrati tamg’asini va rububiyati muhrini va qalami naqshini ko’rmoq ila to’g’ridan to’g’riga har narsadan uning nuriga qarshi bir deraza ochib uning birligiga va har narsa uning qudrati qo’lidan chiqqaniga va uluhiyatida va rububiyatida va mulkida hech bir jihat ila hech bir sheriki va yordamchisi bo’lmaganiga shuhudga yaqin bir yaqiyn ila tasdiq etib iymon keltirmoqdir va bir navi doimiy huzurni qo’lga kiritmoqdir. Biz ham shu So’zda u xolis va oliy haqiqiy tavhidni ko’rsatadigan yog’dularni zikr etamiz.
Аудио мавжуд эмас