So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 199
(194-214)
Mana, ey birodar! Modomiki shu mamlakatda, ya`ni shu muhtasham saroyda bir birlik alomati bordir, bir vahdat muhri bor. Chunki bir qism narsalar bir ekan, ihotasi bor. Bir qism ko’p sonli bo’lsa –faqat bir-biriga o’xshagani va har tarafda bo’lgani uchun- bir tur birligi ko’rsatmoqda. Vahdat esa bir vohidni ko’rsatar. Demak ustasi ham, egasi ham, sohibi ham, sone`i ham bir bo’lmog’i lozim kelar. Bu bilan barobar sen bunga diqqat etki, bir g’ayb pardasidan qalingina bir ip chiqmoqda.(Izoh1) Boq, so’ngra minglab iplar undan uzangan. Har bir ipning boshiga boq. Bittadan olmos, bittadan nishon, bittadan ehson, bittadan hadya toqilgan. Harkasga ko’ra bittadan hadya bermoqda. Ajabo bilasanmiki, bunday g’arib bir g’ayb pardasidan bunday g’arib ehsonlarni, hadyalarni shu maxluqlarga uzotgan zotni tanimaslik, unga tashakkur etmaslik naqadar devonacha bir harakatdir. Chunki uni tanimasang istar-istamas deysanki: "Bu iplar uchlaridagi olmoslarni, boshqa hadyalarni o’zlari qilmoqdalar, bermoqdalar". U vaqt har ipga bir podshohlik ma`nosini bermoq lozim keladi. Holbuki ko’zimizning o’ngida bir g’aybiy qo’l u iplarni ham qilib u hadyalarni ularga toqmoqda. Demak butun bu saroyda hamma narsa o’z nafsidan ziyoda u mo’`jiznamo zotni ko’rsatadi. Uni tanimasang, butun bu narsalarni inkor etmoq ila hayvondan yuz daraja pastga tushasan.
To’qqizinchi Burhon
Kel, ey aqlini ishlatmaydigan birodar! Sen shu saroyning sohibini tanimaysan va tanimoq ham istamaysan. Chunki aqldan uzoq ko’rmoqdasan. Uning hayratlanarli san`atlarini va holatini aqlga sig’ishtirolmaganingdan inkorga ketmoqdasan. Holbuki asl aqldan uzoq ko’rmoq, asl mushkulot va haqiqiy qiyinchiliklar va dahshatli kulfatlar uni tanimaslikdadir. Chunki uni tanisak, butun bu saroy, bu olam bitta narsa kabi oson bo’lar, rohat bo’lar, bu o’rtadagi arzonlik va to’kinlikka mador bo’lar. Agar tanimasak va u bo’lmasa, u vaqt har bir narsa butun bu saroy qadar mushkul bo’lar. Chunki hamma narsa bu saroy qadar san`atlidir. U vaqt na arzonlik va na to’kinlik qolar. Balki bu ko’rgan narsalarimizning birisi qo’limizga emas, hech kimning qo’liga o’tmas edi. Sen yolg’iz shu ipga toqilgan shirin konserva quttisiga boq.(Izoh2) Agar uning yashirin mo’`jiznamo oshxonasidan chiqmasa edi, hozir qirq tiyin ila olganimiz holda, yuz so’mga ham ololmas edik.
Ha, butun aqldan uzoq ko’rmoq, mushkulot, qiyinchilik, halokat balki maholiyat uni tanimaslikdadir. Chunki qanday bir daraxtga bir ildizda, bir qonun ila bir markazda hayot beriladi. Minglab mevalarning shakllanishi bir meva kabi osonlik paydo etar. Agar u daraxtning mevalari boshqa-boshqa markazga va ildizga boshqa-boshqa qonun ila bog’lansa, har bir meva butun daraxt qadar mushkul bo’lar. Ham qanday butun qo’shinning jihozlanishi bir markazda, bir qonunda, bir fabrikadan chiqsa, miqdorcha bir askarning jihozlanishi qadar osonlashar. Agar har bir askarning boshqa-boshqa yerlarda jihozlanishi qilinsa, olinsa, har bir askarning jihozlanishi uchun butun qo’shinning jihozlanishiga lozim fabrikalar bo’lishi lozimdir.
Aynan bu ikki misol kabi: Shu muntazam saroyda, shu mukammal shaharda, shu taraqqiylashgan mamlakatda, shu muhtasham olamda butun bu narsalarning ijodi bitta zotga berilgan payt shu qadar oson bo’lar, shu qadar yengillik paydo etarki ko’rganimiz nihoyatsiz arzonlikka va to’kinlikka va saxovatga sababiyat berar. Bo’lmasa hamma narsa shu qadar qimmat, shu qadar qiyin bo’ladiki, dunyo berilsa birisini qo’lga kiritib bo’lmas.
----------------------------------------------
(Izoh1) Qalin bir ip mevador daraxtga, minglab iplar esa shoxlariga va iplar boshidagi olmos, nishon, ehson, hadyalar esa gullarning qismlariga va mevalarning navlariga ishoradir.
(Izoh2) Konserva qutisi qudrat konservalari bo’lgan qovun, tarvuz, anor, sut qutisi hindiston yong’og’i kabi rahmat hadyalariga ishoradir.
Аудио мавжуд эмас