So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 196
(194-214)
Agar u yashirin zotni qabul etmasang, butun bu mamlakat toshida, tuprog’ida, hayvonida, insonga o’xshash maxluqlarda u zotning butun hunarlarini, san`atlarini, kamolotlarini bir-bir (u narsalarga) berasan. Mana, aqling uzoq ko’rgan bitta mo’`jiznamo zotning badaliga, milliardlab u kabi mo’`jiznamo, ham bir-biriga zid, ham bir-biriga o’xshash, ham bir-biri ichida bo’lsin; bu intizom buzilmasin, oraliqni qorishtirmasinlar. Holbuki bu katta mamlakatda ikki barmoq qorishsa, qorishtirar. Chunki bir qishloqda ikki rais, bir shaharda ikki hokim, bir mamlakatda ikki podshoh bo’lsa, qorishtirar. Qayerda qoldiki, hadsiz mutlaq hokim barobar bo’lsin!
Beshinchi Burhon
Ey vasavasali birodar! Kel, bu azim saroyning naqshlariga diqqat et va butun bu shaharning ziynatlariga boq va butun bu mamlakatning tartibini ko’r va butun bu olamning san`atlarini tafakkur et! Mana boq: Agar nihoyatsiz mo’`jizalari va hunarlari bo’lgan yashirin bir zotning qalami ishlamasa, bu naqshlari boshqa idroksiz sabablarga, ko’r tasodifga, kar tabiatga berilsa, u vaqt yo bu mamlakatning har bir toshi, har bir o’ti shunday mo’`jiznamo naqqosh, shunday bir horiquloda kotib bo’lishi lozim keladiki, bir harfda ming kitobni yozib bilsin, bir naqshda millionlab san`atlarni qo’yib bilsin. Chunki boq bu toshlardagi naqshga, (Izoh1)har birisida butun saroyning naqshlari bor, butun shaharning intizom qonunlari bor, butun mamlakatning tashkilot dasturlari bor. Demak bu naqshlarni qilmoq butun mamlakatni qilmoq qadar horiqodir. Unday bo’lsa har bir naqsh, har bir san`at u yashirin zotning bir e`lonnomasidir, bir muhridir.
Modomiki bir harf kotibini tanitmasdan qo’ymas. San`atli bir naqsh naqqoshini bildirmasdan qo’ymas. Qanday bo’ladiki: Bir harfda katta bir kitobni yozgan, bir naqshda ming naqshni naqsh etgan naqqosh o’z kitobi ila va naqshi ila bilinmasin?
Oltinchi Burhon
Kel, bu keng tekslikka chiqamiz(Izoh2). Mana u tekislik ichida yuksak bir tog’ bor. Ustiga chiqamiz, toki butun atrofi ko’rilsin. Ham hamma narsani yaqinlashtiradigan go’zal durbinlarni ham birga olamiz. Chunki bu ajib mamlakatda g’aroyib bo’lmoqda. Har soatda hech aqlimizga kelmagan ishlar bo’lmoqda. Xullas boq! Bu tog’lar va tekisliklar va shaharlar birdan o’zgarmoqda. Ham qanday o’zgarmoqda.. shunday bir tarzdaki: Millionlab bir-biri ichida ishlar g’oyat muntazam suratda o’zgarmoqda. Xuddi millionlab turli-tuman matolar bir-biri ichida barobar to’qilayotganday juda ajib o’zgarishlar bo’lmoqda. Boq, shu qadar o’rganib qolganimiz va taniganimiz gulli-mulli narsalar yo’qoldilar. Muntazam ravishda o’rinlariga va mohiyat jihatidan ularga o’xshash, faqat surat jihatidan boshqa-boshqalari keldilar. Xuddi shu tekislik, tog’lar bittadan sahifa; yuz minglab boshqa-boshqa kitoblar ichida yozilmoqda. Ham xatosiz, nuqsonsiz bo’lib yozilmoqda. Xullas, bu ishlar yuz daraja maholdirki o’z-o’ziga bo’lsin. Ha, nihoyat darajada san`atli, diqqatli shu ishlar o’z-o’ziga bo’lmog’i ming daraja maholdirki; o’zlaridan ziyoda san`atkorlarini ko’rsatmoqdalar.
---------------------------------------------------------------
(Izoh1) Yaratilish daraxtining mevasi bo’lgan insonga va o’z daraxtining dasturini va mundarijasini toshigan mevaga ishoradir. Zero qudrat qalami olamning buyuk kitobida nima yozgan bo’lsa, ijmolini mohiyati insoniyada yozgandir. Qadar qalami tog’ kabi bir daraxtda nima yozgan bo’lsa, tirnoq kabi mevasida ham joylashtirgandir.
(Izoh2) Bahor va yoz mavsumida zaminning yuziga ishoradir. Zero yuz minglab muxtalif maxluqotning toifalari bir-biri ichida barobar ijod etilar, ro’yi zaminda yozilar. Xatosiz, qusursiz, kamoli intizom ila almashtirilar. Minglab dasturxoni Rahmon ochilar, ko’tarilar, yangi yangi kelar. Har bir daraxt bittadan vositachi, har bir bo’ston bittadan qozon hukmiga o’tar.
Аудио мавжуд эмас