So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 195
(194-214)
Birinchi Burhon
Kel, har tarafga boq, hamma narsaga diqqat et! Butun bu ishlar ichida yashirin bir qo’l ishlamoqda. Chunki qara, bir dirham(Izoh1) qadar quvvati bo’lmagan bir urug’ kichikligida bir narsa minglab botmon yukni ko’tarmoqda. Zarra qadar idroki bo’lmagan(Izoh1) g’oyat hakimona ishlar qilmoqda. Demak bular o’z-o’zlariga ishlamayotirlar. Ularni ishlattirgan yashirin bir qudrat sohibi bordir. Agar o’zidan o’zi bo’lsa, butun boshdan oxirgacha bu ko’rganimiz mamlakatda har ish mo’`jiza, hamma narsa mo’`jizakor bir horiqo bo’lmog’i lozim keladi. Bu esa bir safsatadir.
Ikkinchi Burhon
Kel, butun bu tekisliklarni, bu maydonlarni, bu manzillarni ziynatlagan hamma narsalar ustiga diqqat et. Har birisida u yashirin zotdan xabar bergan ishlar bor. Xuddi har biri bittadan imzo, bittadan tamg’a kabi u g’aybiy zotdan xabar beradilar. Mana ko’zingning o’ngida, boq. Bir dirham paxtadan(Izoh2) nima qilmoqda. Boq, necha to’p movut va gazlama va gulli mato chiqdi. Boq, undan naqadar shirinliklar, aylana shirin konfetalar qilinmoqdaki, bizlar kabi minglab odam kiysa va yesa, yetadi. Hamda boq, bu temirni, tuproqni, suvni, ko’mirni, misni, kumushni, oltinni g’aybiy hovuchiga oldi, bir go’sht parchasi(Izoh3) qildi; boq ko’r... Xullas, ey aqlsiz odam! Bu ishlar shunday bir zotga maxsusdirki, butun bu mamlakat butun jihozlari ila uning quvvatining mo’`jizasi ostida turmoqda, har orzusiga rom bo’lmoqda.
Uchinchi Burhon
Kel, bu harakatlanadigan antiqa(Izoh4) san`atlariga boq! Har birisi shunday bir tarzda qilinganki, xuddi bu katta saroyning bir kichik nusxasidir. Butun bu saroyda nima bo’lsa, u kichkina harakatlanadigan uskunalarda mavjud. Hech mumkinmidirki, bu saroyning ustasidan boshqa birisi kelib, bu ajib saroyni kichik bir uskunada yerlashtirsin? Ham hech mumkinmidirki, bir qutti qadar bir uskuna butun bir olamni ichiga olgani holda, tasodifiy va yoxud g’oyasiz bir ish ichida bo’lsin? Demak butun ko’zing ko’rgan naqadar antiqa uskunalar bo’lsa, u yashirin zotning bittadan tamg’asi hukmidadirlar. Balki bittadan dallol, bittadan e`lonnoma hukmidadirlar. Hollari lisoni ila derlarki: "Biz shunday bir zotning san`atimizki: Butun bu olamimizni bizni qilgani va yengillik ila ijod etgani kabi osonlik ila qilib biladigan bir zotdir".
To’rtinchi Burhon
Ey qaysar birodar! Kel, senga yanada ajoyibini ko’rsataman. Boq, bu mamlakatda butun bu ishlar, bu narsalar o’zgardi, o’zgarmoqda, bir holatda turmayotir. Diqqat etki, bu ko’rganimiz jonsiz jismlar, hissiz quttilar bittadan mutlaq hokim suratini oldilar; xuddi har bir narsa butun narsalarga hukm etadi. Mana, bu yonimizdagi bu uskunaga boq;(Izoh5) go’yo amr etmoqda. Mana, uning ziynatlanishiga va ishlashiga lozim lavozimot va moddalar uzoq yerlardan yugurib kelmoqdalar. Mana, u yerga boq. U idroksiz jism(Izoh6) go’yo bir ishora etadi, eng katta bir jismni o’ziga xizmatkor qiladi, o’z ishlarida ishlattiradi. Yana boshqa narsalarni bularga qiyos et. Xuddi har bir narsa butun bu olamdagi yaratilganlarni musahhar etadi.
------------------------------------------------------------
(Izoh1) Daraxtlarni boshlarida toshigan urug’larga ishoradir.
(Izoh1) O’z-o’ziga yuksalmagan va mevalarning og’irligiga tayanmagan uzum shingillari kabi nozanin nabototning boshqa daraxtlarga latif qo’llar otib quchoqlashishlariga va ularga yuklanishlariga ishoradir.
(Izoh2) Tuxumga ishoradir. Masalan: Zarra kabi bir afyun urug’i, bir dirham kabi bir zardoli danaklari, bir qovun urug’i, qanday movutdan go’zalroq to’qilgan yaproqlar gazlamadan oqroq va sariq gullar qandalatlardan shirinroq va ko’ftalardan va konserva qutilaridan latifroq, lazizroq, shirinroq mevalarni rahmat xazinasidan keltiradilar, bizga taqdim etadilar.
(Izoh3) Unsurlardan hayvoniy vujudni xalq va nutfadan jonzotlarni ijod etishga ishoradir.
(Izoh4) Hayvonlarga va insonlarga ishoradir. Zero hayvon shu olamning kichik bir mundarijasi va inson mohiyati shu koinotning kichraytirilgan bir misoli bo’lganidan, xuddi olamda nima bo’lsa, insonda namunasi bordir.
(Izoh5) Uskuna mevador daraxtlarga ishoradir. Chunki yuzlab tazgohlarni, fabrikalarni ingichka shoxlarida toshiydiganday hayratnamo yaproqlarni, gullarni, mevalarni to’qiydi, bezaydi, pishiradi, bizlarga uzatadi. Holbuki chinor va qatron kabi muhtasham daraxtlar quruq bir toshda tazgohini otgan, ishlab turmoqdalar.
(Izoh6) Danaklarga, tuxumlarga, chivinlarning tuxumchalariga ishoradir. Masalan bir chivin bir qora daraxtning yaprog’ida tuxumini qoldirar. Birdan u katta qora daraxt yaproqlarini u tuxumlarga bir rahmi modar, bir beshik, asal kabi bir ozuqa ila to’la bir xazinaga aylantiradi. Xuddi u mevasiz daraxt u suratda jonli mevalar beradi.
Аудио мавжуд эмас