So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 201
(194-214)
Hatto barmog’ini ham bir obi kavsar chashmasi kabi qilar, undan obi hayot ichirmoqda. Boq, shu saroyning yuksak gumbazida muhim chiroq,(Izoh1) uning ishorasi ila bir ekan ikkita bo’lmoqda. Demak, bu mamlakat butun mavjudoti ila uning ma`muriyatini taniydi. Uni "g’aybiy mo’`jiznamo bir zotning eng xos va to’g’ri bir tarjimonidir, saltanatining bir dalloli va tilsimining kashshofi va amrlarining tablig’iga amin bir elchisi" bo’lganini biladiganday, uni tinglab itoat etmoqdalar. Xullas, bu zotning har so’ylagan so’zini atrofidagi butun aqli boshida bo’lganlar: "Ha, ha to’g’ridir" derlar, tasdiq etarlar. Balki shu mamlakatda tog’lar, daraxtlar, butun mamlakatlarni ishiqlantirgan katta nur chirog’i(Izoh2) u zotning ishora va amrlariga bosh egishi bilan, "Ha, ha har deganing to’g’ridir" derlar.
Xullas, ey ahmoq birodar! Shu podshohning xos xazinasiga maxsus ming nishon toshigan shu nuroniy va muhtasham va juda jiddiy zotning butun quvvati ila butun mamlakatning oldin kelganlarining tasdiqlari ostida bahs etgan bir Mo’`jiznamo Zotdan va zikr etgan vasflaridan va tablig’ etgan amrlarida hech bir jihat ila xilof va hiyla bo’lishi mumkinmi? Bunda haqiqatga xilof narsa mumkin bo’lsa, shu saroyni, shu chiroqlarni, shu jamoatni ham vujudlarini, ham haqiqatlarini yolg’onlamoq lozim keladi. Agar hadding bo’lsa bunga qarshi e`tiroz barmog’ingni uzotib ko’r, qanday barmog’ing burhon quvvati ila sinib, sening ko’zingga suqilishini ko’rasan.
O’n Ikkinchi Burhon
Kel, ey bir parcha aqli boshiga kelgan birodar! Butun o’n bir burhon quvvatida bir burhon yana ko’rsataman. Xullas boq. Yuqoridan tushgan va harkas unga hayratidan yoki hurmatidan mukammal diqqat ila boqqan shu nuroniy farmonga(Izoh3) boq. U ming nishonli zot uning yonida turgan, u farmonning ma`nosini umumga bayon etmoqda. Xullas, shu farmonning uslublari shunday bir tarzda porlamoqdaki, harkasning tahsin nazarini jalb etadi va shunday jiddiy, ahamiyatli masalalarni zikr etmoqdaki, harkas quloq solishga majbur bo’lmoqda. Chunki butun bu mamlakatni idora etgan va bu saroyni qilgan va bu ajoyibotlarni izhor etgan zotning ishlarini, fe`llarini, amrlarini, vasflarini bir-bir bayon etmoqda. U farmonning butunida eng buyuk imzo bo’lgani kabi, boq, har bir satrida, har bir jumlasida taqlid etilmas bir imzo bo’lgani kabi, ifoda etgan ma`nolar, haqiqatlar, amrlar, hikmatlar ustida ham u zotga maxsus bittadan ma`naviy muhr hukmida unga xos bir tarz ko’rinmoqda.
Al-hosil: U Farmoni A`zam quyosh kabi u Zoti A`zamni ko’rsatar, ko’r bo’lmagan ko’rar.
Xullas, ey birodar! Aqling boshingga kelgan bo’lsa, bu qadar yetar... Agar bir so’zing bo’lsa, hozir ayt. U qaysar odam javoban dediki: "Men sening bu burhonlaringga qarshi yolg’iz deyman: "Alhamdulillah ishondim. Ham quyosh kabi porloq va kunduz kabi oydin bir tarzda ishondimki: Shu mamlakatning bitta Maliki Zulkamoli, shu olamning bitta Sohibi Zuljaloli, shu saroyning bitta Sone`i Zuljamoli bo’lganini qabul etdim. Alloh sendan rozi bo’lsinki, meni eski qaysarligimdan va devonaligimdan qutqarding. Keltirgan burhonlaringning har birisi bir o’zi bu haqiqatni ko’rsatishga yetarli edi. Faqat har bir burhon kelishi ila yanada ravnaqdor, yanada shirin, yanada xush, yanada nuroniy, yanada go’zal ma`rifat tabaqalari, tanimoq pardalari, muhabbat derazalari ochilgani uchun kutdim, tingladim".
Tavhidning buyuk haqiqatini va "Amantu Billah" iymoniga ishora etgan tamsil hikoyasi tugadi. Fazli Rahmon, fayzi Qur`on, nuri iymon soyasida haqiqiy tavhidning quyoshidan tamsiliy hikoyadagi o’n ikki burhonga muqobil o’n ikki yog’du ila bir muqaddimani ko’rsatamiz.
وَ مِنَ اللّهِ التَّوْفِيقُ وَ الْهِدَايَةُ

---------------------------------------------------------
(Izoh1) Muhim chiroq Oydirki, uning ishorasi ila ikki parcha bo’lgan. Ya`ni: Mavlono Jomiyning degani
kabi:"Hech yozuv yozmagan u ummiy zot barmoq qalami ila samo sahifasida bir alif yozmish, bir qirqni ikki ellik qilmish". Ya`ni, bo’linishdan avval qirq bo’lgan mimga o’xshar, bo’linishdan so’ngra ikki hilol bo’ldi, ellikdan iborat bo’lgan ikki nunga o’xshadi.
(Izoh2) Katta bir nur chirog’i Quyoshdirki yerning sharqqa qaytib aylanishi bilan yangidan Quyoshning ko’rinishi, quchog’ida Payg’ambarning (S.A.V.) yotishi bilan asr namozini qilmagan Imomi Ali (R.A.) u mo’`jizaga binoan asr namozini vaqtida o’qigan.
(Izoh3) Nuroniy farmon Qur`onga va ustidagi imzo esa i`joziga ishoradir.
Аудио мавжуд эмас