So’zlar | oltinchi so’z | 21
(19-22)
Agar Haqiqiy Malikiga sotilsa, uning yo’lida ishlatsang, aql shunday bir tilsimli kalitga aylanadiki, bu koinotning benihoyat rahmat xazinalarini va hikmat manbalarini ochadi va bu bilan egasini Abadiy saodatga erishtirgan bir Murshidi Rabboniy darajasiga yuksaladi.
Masalan, ko’z shunday bir tuyg’uki, ruh bu olamni ul deraza orqali tomosha qiladi.
Agar Janobi Haqqa sotmay, balki nafs yo’lida ishlatsang, o’tkinchi, davomsiz ba`zi go’zalliklarni, manzaralarni ko’rish bilan shahvat va nafsoniy havaslarga tuban, kaltabin bir xizmatkor bo’ladi. Agar ko’zni ko’zning sohibi bo’lmish Sone`i Basiriga sotsang va Uning yo’lida va Uning izni doirasida ishlatsang, u vaqt shu ko’z bu buyuk koinot kitobining bir mutolaachisi va bu olamdagi Rabboniy san`at mo’`jizalarining bir tomoshabini va bu Yer kurrasidek bir bog’da rahmat chechaklarining muborak bir asalarisi darajasiga yuksaladi.
Masalan, tildagi quvvai zoiqani Fotiri Hakiymga sotmasang, balki nafs yo’lida va me`da uchun ishlatsang, u vaqt me`daning oxuri va korxonasi uchun bir yugurdak darvozabondek, eng past darakaga tushadi, tubanlashadi. Agar Razzoqi Kariymga sotsang, u vaqt tildagi quvvai zoiqa Rahmati Ilohiya xazinalarining bir mohir noziri va Qudrati Samadoniya oshxonalarining bir shokir taftishchisi darajasiga yuksaladi.
Xullas, ey aql, diqqat qil! Mash`um bir qurol qayoqda-yu, koinot kaliti qayoqda?! Ey ko’z, go’zal nazar sol! Kaltabin bir xizmatkor qayoqda-yu, ilohiy kutubxonaning o’qimishli bir noziri qayoqda?! Va ey til yaxshiroq tot! Bir oxur xizmatchisi va bir korxona ta`qiqlovchisi qayoqda-yu, Rahmat xazinasining maxsus noziri qayoqda?!
Yana bular kabi boshqa tuyg’u va a`zolarni taqqoslab ko’rsang, anglaysanki, haqiqatan, mo’`min Jannatga loyiq va kofir Jahannamga muvofiq bir mohiyat kasb etadi. Va ularning har biri bunday qiymat olmog’ining sababi, mo’`min iymoni ila Xoliqining omonatini Uning yo’lida va izni doirasida iste`mol etmog’idir va kofir xiyonat qilib, nafsi ammora yo’lida ishlatmog’idir.
To’rtinchi foyda: Inson zaifdir, balolari ko’p; faqirdir, ehtiyoji juda ziyoda; ojizdir, hayot yuki juda og’ir. Agar Qodiyri Zuljalolga tayanib, tavakkul etmasa va unga ishonib, taslim bo’lmasa, vijdoni doimo azob ichida qoladi. Samarasiz mashaqqatlar, alamlar, taassuflar uni bo’g’adi. Yo mast-alast qiladi, yoki hayvonga aylantiradi.
Beshinchi foyda: Butun u a`zo va asboblarning ibodati va tasbehoti va u yuksak haqlari eng muhtoj bo’lgan bir vaqtingda Jannat mevalari suratida senga berilajagiga Ahli Zavq va Ahli Kashf, Ahli Ixtisos va Ahli Mushohada ittifoq etganlar.

Аудио мавжуд эмас