So’zlar | oltinchi so’z | 20
(19-22)
— Yo’q! Podshoh kim ekan? Men mulkimni sotmayman, kayfimni buzmayman...
Bir oz zamon o’tgach, birinchi odam shunday bir martabaga chiqdiki, har kim uning holiga havas qilardi. Podshohning lutfiga noil bo’lib, xos saroyida saodat ila yashamoqda. Ikkinchisi shunday bir holga giriftor bo’lganki, ham har kim unga achinib, ham "Shunga loyiq edi!" demoqda. Chunki xatosining natijasi bo’lib, ham saodati va mulki ketdi, ham jazo va azob chekmoqda.
Mana, ey serhavas nafs! Bu misol ko’zgusi bilan haqiqatning yuziga boq.
Ul podshoh — azal-abad Sultoni bo’lmish Rabbing, Xoliqingdir.
Va ul xo’jaliklar, uskunalar, asboblar, mezonlar — hayoting davomida sen ega bo’lgan mulkingdir va u mulking ichidagi jism, ruh va qalbing va ular ichidagi ko’z va til, aql va xayol kabi zohiriy va botiniy hislaringdir.
Va ul Yovari Akram esa — Rasuli Kariymdir.
Va ul Farmoni Ahkom esa, Qur`oni Hakiymdirki, biz bahs etgan azim tijoratni bu oyat ila e`lon etmoqda:
اِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اَنْفُسَهُمْ وَاَمْوَالَهُمْ بِاَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ
Va ul serg’alayon jang maydoni esa — shu bo’ronli dunyo yuzidirki, tinch turmaydi, o’zgarib turadi, buziladi va har bir insonga shunday fikr beradi: "Modomiki, har narsa qo’limizdan chiqar ekan, foniy bo’lib, g’oyib bo’lar ekan, ajabo, boqiyga aylantirib, davom ettirmoqning chorasi yo’qmi?" deb o’ylar ekan, birdan Qur`onning samoviy sadosi eshitiladi. Deydiki: "Ha, bor. Bo’lganda ham, besh marotaba foydali bir shaklda, go’zal va rohatbahsh bir chorasi bor".
SAVOL: Nima ekan?
JAVOB: Omonatni haqiqiy sohibiga sotmoq. Bunday sotishda besh daraja foyda ustiga foyda bor.
Birinchi foyda: Foniy mol boqiylashadi. Chunki, Qayyumi Boqiy bo’lgan Zoti Zuljalolga berilgan va Uning yo’lida sarf etilgan bu zavolli umr boqiyga aylanadi. Boqiy mevalar beradi. U vaqt umr daqiqalari xuddi urug’lar, danaklar hukmida zohiran foniy bo’ladi, chiriydi, lekin Baqo Olamida saodat chechaklari bo’lib ochiladi. Va nav-nihol bo’lib,. har biri Barzoh Olamida ziyodor, munis manzara suratini oladi.
Ikkinchi foyda: Jannat kabi bir haq beriladi.
Uchinchi foyda: Har bir a`zo va hislarning qiymati birdan mingga chiqadi. Masalan, aql bir quroldir. Agar uni Janobi Haqqa sotmay, balki nafs yo’lida ishlatsang, shunday bir mash`um, zararli va ozor beruvchi bir qurol bo’ladiki, o’tmish zamonning hazin alamlarini va kelajak zamonning dahshatlarini sening bu bechora boshingga yuklaydi, barakotsiz va zararli qurol darakasiga tushadi. Mana shuning uchun, fosiq odam aqlning ozori va azobidan qutulmoq uchun ko’pincha yo sarxushlikka, yo kayfu safoga qochadi.

Аудио мавжуд эмас