So’zlar | sakkizinchi so’z | 28
(27-31)
Xullas, bu odam fahmining kaltaligidan, aqlsizligidan anglamayaptiki, bu oddiy bir ish emas, bu ishlar tasodifiy bo’la olmas, bu ajib ishlarning ichida g’aroyib sirlar bor. Va juda buyuk bir ishlattiruvchi bor ekanini u anglay olmadi. Hozir uning qalbi, ruhi va aqli bu alamli vaziyatdan yashirin faryodu fig’on etgani holda, nafsi ammorasi go’yo hech narsa bo’lmaganday johillik qilib, ruh va qalbning yig’isidan qulog’ini berkitib, o’zini o’zi aldab, bir bog’chada yurganday, u daraxtning mevalarini yeya boshladi. Holbuki, u mevalarning bir qismi zaharli va zararli edi.
Bir hadisi qudsiyda Janobi Haq buyurganki: اَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْدِى بِى ya`ni: "Qulim meni qanday tanisa, uning-la shunday muomala qilaman".
Mana bu badbaxt odam badgumonligi va aqlsizligi tufayli ko’rganlarini oddiy va aynan haqiqat deb o’yladi va o’shanday muomala ko’rdi. Va ko’rmoqda. Va ko’rajak! Na o’lsaki, qutulsa. Va na yashamoqda, shu holda azob chekmoqda. Biz ham bu mash`umni bu holda qoldirib, qaytamiz. To boshqa do’stning holidan xabar olamiz.
Mana, bu muborak aqlli zot ketmoqda. Ammo birodari kabi siqilmayapti. Chunki go’zal axloqli bo’lganidan, go’zal narsalarni o’ylar, go’zal xayollar surar, o’ziga o’zi dalda beradi. Ham birodari kabi zahmat va mashaqqat chekmaydi. Chunki, nizomni biladi, itoat etadi. Yengillik ko’radi. Osoyishtalik va xotirjamlik ichra erkin ketmoqda. Bir bog’chaga duch keldi. Ichida go’zal gullar va mevalar bor. Parvarish qilinmagani uchun badbo’y narsalar ham yo’q emasdi. Do’sti ham bunday bir yerga kirgan edi. Ammo badbo’y narsalarga e`tibor berib, mashg’ul bo’lgan, ko’nglini aynitgan, hech istirohat etmay chiqib ketgan edi. Bu zot esa, "Har narsaning yaxshisiga boq", qoidasiga amal qilib, badbo’y narsalarga hech nazar solmadi. Yaxshi narsalardan yaxshi istifoda etdi. Yaxshi dam olib, chiqib ketdi.
So’ngra tobora bu ham avvalgi birodari kabi bir sahroi azimga kirdi. Birdan hujum etgan arslonning ovozini eshitdi. Qo’rqdi. Ammo birodari kabi qo’rqmadi. Chunki yaxshi gumon qilib va go’zal fikrlab: "Bu sahroning bir Hokimi bor. Bu arslon u Hokimning amri ostidagi bir xizmatkor bo’lmog’ining ehtimoli bor," deb o’ylab tasalli topdi. Lekin yana qochdi. To oltmish arshin chuqurligidagi bir suvsiz quduqqa to’qnashdi, o’zini quduqqa otdi. Birodari kabi qo’li o’rtadagi bir daraxtga yopishdi; havoda muallaq qoldi. Qarasa, ikki hayvon u daraxtning ikki ildizini kemirmoqdalar. Yuqoriga boqdi — arslon; pastga boqdi — bir ajdarhoga ko’zi tushdi. Xuddi do’sti kabi bir ajib vaziyatni ko’rdi. Bu ham dahshatga tushdi. Lekin do’stining dahshatidan ko’ra ming daraja yengil... Chunki go’zal axloqi unga go’zal fikr bergan va go’zal fikr esa unga har narsaning go’zal jihatini ko’rsatmoqda.

Аудио мавжуд эмас